Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet34/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
avi word1

n — Rk

ga teng, bunda к detaldagi mumkin bo'lgan nuqsonlar soni, R — nazorat qilinadigan parametrlar darajasining soni.

Yeyilishga uchraydigan yuzalar soni ko'p bo'lgan murakkab detallar uchun mumkin bo'lgan holatlar soni ancha katta qiymatni tashkil qiladi. Masalan, ZIL-130 avtomobilining uzatmalar qutisining oraliq vali, nazorat-saralash texnik shartlariga muvofiq o'nta ko'rsatkich bo'yicha tekshirilgan nuqsonlar 1024 varianlda, birlamchi valda 2048 variantda, ikkilamchi val flanesida 256 variantda sodir bo'lishi mumkin. Haqiqatda esa bir necha nuqsonning birgalikda sodir bo'lish hollari ancha kam bo'ladi, chunki ko'pchilik birikma detallar yuzalarining yeyilishi bir-biriga uzviy bog'liq. Bu ma'lum darajada detal nuqsonlarining tabiiy ravishda birga sodir bo'lish holatlarini kamayishiga olib keladi.

Avtomobillarni ta’mirlash amaliyoti shuni ko'rsatadiki, de­tallarda u yoki bu xildagi nuqsonlarning sodir bo'lishi va ularning birgalikda uch rash i tasodifly xaraktcrga ega. Detallarni ta'mirlash

jarayoni ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi. Masalan, ta'mir- lanadigan detallar sonining ortishi detallarni u yoki bu nuqson bilan ta'mirlashga tushish qonuniyatlarining paydo bo 1 ish iga olib keladi, bu qonuniyat ta’mirlanadigan detallar soni ma'lum bir doimiy qiymatga yetganda barqarorlashadi. Ta’mirlashga tushadigan detallarning soni barqaror bo'lmasa, detallar nuqsonlarini na­zorat — saralash, ularni yaroqlilik darajasi bo'yicha guruhlarga ajratish, ta'mirlanadigan detallarning ish xususiyatlarini tiklashni tashkil qilish ancha murakkablashadi. Lekin ta'mirlash korxonalari amaliyotida katta miqdordagi bir xildagi detallarni ta'mirlash jarayonini o'rganish, bu muammoni hal qilish imkonini beradi. Turli texnik holatdagi detallar ustida marshrut texnologiyasi sohasi bo'yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatdiki, korxonaning ishlab chiqarish sharoitini hisobga olib, ta’mir­lanadigan dctallar guruhidagi ko'pchilik nuqsonlar marshrutlarga birlashtirilib, ularni marshrutlar texnologiyasi asosida tashkil qilingan ta'mirlash usulini qo'llash mumkin ekan.

Detaldagi muayyan nuqsonning qayta paydo bo4ish chastotasi. Detaining barcha texnik holatida, unda sodir boMishi mumkin bo'lgan nuqsonlar guruhini aniqlash talab etiladi. Detallarda uchraydigan bunday nuqsonlarning eng asosiylari texnologik marshrutlami ishlab chiqish uchun baza bo'lib xizmat qiladi. Baza nuqsonlar detallarning haqiqiy holatiga yaqin bo'lib, ular yakka texnologik jarayon asosida bartaraf etiladi. Nuqsonlar u yoki bu xilining namoyon bo'lishi, nuqsonlarni marshrutlar bo'yicha guruhlashga va uiarni marshrutlar bo'yicha bartaraf etishga asos bo'lib xizmat qiladi.

Detal sirtlarining funksional bogManishi. Deta! sirtlari funksional bog'lanishining mazmuni shundan iboratki: birinchidan, mar- shrutga kiruvchi detal nuqsonlari alohida bartaraf etilganda, ta’mirlangan detal uchun zarur bo'lgan aniqlikni ta’miniash mu­rakkab, chunki ta'mirlashda qo'llaniladigan asbob va uskunalardan katta aniqlik talab etiladi; ikkinchidan, detaldagi asosiy nuqsonni bartaraf etilishi, ikkinchi nuqsonni avtomatik ravishda bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin.

Birinchi holatda, detaining ish chizmasi, uning texnik shartlari batafsil o'rga n ishni talab qiladi, chunki ta’mirlanadigan detal turli sirtlarining o'zaro joy lash ish i ruxsat etilgan qo'yimlar chegarasida sodir bo'lishi lozim. Detalni ishlatish davrida uning o'rnatish bazasi shikastlanishi mumkin. Detaining bu nuqsonini, ta'mirlash korxonasi sharoitida, ruxsal etilgan qo'yimlar chegarasidan chiqmasdan ta'mirlash juda murakkab. Chegaradan chiqib ketilsa, birikmaning normal ishlashi buziladi, oqibatda ta’mirlangan 9 — Aviomobillarni ta'mirlash 129 avtomobil resursi pasayadi. Shuning uchun detalni ta'mirlashda o‘rnatish bazasini tanlashga katta ahamiyat berish lozim. Agar detallarni joylashlirishda chetga chiqish sodir bo'lsa, bunday detallarni shu sirtni ta’mirlash mumkin bo'lgan marshrutga qo'shish lozim.

Ikkinchi holatda, detallarning sirtlari o'zaro shunday konstruk- tiv bog'langanki, ularning birortasidagi nuqson bartaraf ctilsa, ayni vaqtda ikkinchisidagi nuqson ham bartaraf bo'ladi. Asosiy operatsiyalarni bajarishdagi bunday holat, ularni bajarishdagi umumiylikni ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu usul (a'mirlashda uchraydigan eng ilg‘or usullardan hisoblanadi.

Texnologik o'xshashlik belgisi bir marshrutda bir necha nuq- sonni birlashtirish, ularni bartaraf etish bir yoki turli texnologik usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Ta'mirlash fondi detallarining texnologik o'xshashlik belgisi bo'yicha tasniflda asosiy ta'mirlash operatsiyaiari va ish o'rinlarining umumiyligidan tashqari sexda ta'mirlash jarayonini tashkil ctishni va uskunalarning joylashishini ham hisobga olish lozim. Ta’mirlash texnologik marshrutlarini shakllantirishda ortiqeha trans­port xarajatlarini kamaytirishga harakat qilish lozim. Detal­larni ta'mirlash uchastkalari orasidagi masofani qisqartirish texnologik marshrutlarni ishlab chiqishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham detallarni la’mirlashga ixtisoslashgan yangi korxonalarni loyilialashda uskunalarning joylashtirilishi guruhlar bo'yicha emas, tipaviy lexnologik jarayonlar bo'yicha amalga oshiriladi. Masalan, 21L-130 avtomobili uzatmalar qutisining yctaklovchi vali shlitsalarining yeyilishi bartaraf ctilganda ayni paytda old sharikli podshipnik o'tirish bo'ynining yeyilishi ham bartaraf etiladi Bu texnologik jarayonda yeyilgan shlitsali qism kesib tashlanib, uning o'rniga yangisi presslanib, keyin payvand- lanadi.

Yeyilgan detallar o‘lchamlaridagi bog'lanish. Ta’mirlash fondi detallarining holatini xarakterlovchi navbatdagi tasnif belgisi bo'lib, detal turli sirtlarining yeyilishi orasidagi bog'lanish zichligi hisoblanadi. Bu miqdoriy belgi bo'lib, detalda turli nuqsonlar namoyon bo'lishida, proporsionallikka qat’iy rioya qilinishini ifodalaydi. Nuqsonlar orasidagi bog'lanish zichligi o'zaro bog'lanish koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu belgi bo'yicha nuqsonlar o'zaro kuchli boglansa, ular umumiy ta'mirlash texnologik marshrutlariga birlashtiriladi.

Nuqson va nuqsonlar majmuasining texnologik o'xshashiigi.

Ta’mirlash fondi detallarini tasniflashdan shunday marshrutlar shakllantiriladiki, bunda detallarni ta’mirlash texnologik masalalari va ularning yechimi urnumiylashtiriladi. Shuning uchun detallarning ahvolini xarakterlovchi belgilar bilan birga, ular nuqsoni va nuqsonlar majmuyini texnologik o'xshash bo'lmagan guruhlarga ajratish belgisini ham kiritish zarur.

Turli texnik holatda boMgan detallarni ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligi. Detaldagi turli nuqsonlarni bartaraf etish samaradorligini aniqlash: chegaraviy, ahamiyatli va kam ahamiyatli turlarga bo'linadi. Nuqsonlarning bunday bo‘linishi detaldagi nuqsonning har biri detaldan foydalanish samaradorligi va xavfsizliligiga ta'siri bo'yicha ко'rib chiqiladi.

Chegaraviy nuqsoni bo'lgan detaldan vazifasi bo'yicha yoki xavfsizlik talablariga muvofiq amalda foydalanish mumkin emas.

Kam ahamiyatli nuqsonli detaldan maqsadi bo'yicha foydala­nish mumkin va bu uning ishlash muddatiga ta’sir ko'rsatmaydi.

Nuqsonlar majmuyini aniqlashda ularning har biri alohida ko'rib chiqiladi. Nuqsonlar kam ahamiyatli, ahamiyatli, kritik ho­latga ekvivalent bo'lgan chegaraviy holatda bo'lishi mumkin. Agar detalni ta’mirlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmasa, u yaroqsizga chiqariladi. Ya'ni detalni ta’mirlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligining marshrut bo'yicha holati- ning asosiy belgilari tasnifi hisoblanadi.

Detallar guruhini ta'mirlash maqsadga muvofiqligi aniqlab olingandan so'ng, ularni ta'mirlashning maqbul varianti tanlanadi. Detallarni ta'mirlash variantlari quyidagicha: yakka texnologik marshrut bo'yicha, uning tarkibiga barcha guruhni ta’mirlash uchun iqtisodiy jihatdan maqbul bo'lgan nuqsonlar kiradi; bir necha marshrutda, uning asosida bu nuqson bo'yicha ta’mirlanishga tush ish ehtimoli katta bo'lgan detallar kiradi; ishlab chiqilgan marshrutlar bo'yicha ta'mirlash shakllangan va nuqsonli guruhlarga birlashtirilgan ta’mirtalab detallarni o'z ichiga oladi.

Detallarni ta’mirlash texnologik jarayoni operatsiyalar miqyo- sida tuziladi.

Detal uchun mos texnik shartlarni bajarish uchun texnologik bazalar ta’mirlanishi yoki yeyilmagan sirtda yordamchi bazalar tanlanishi lozim. Yordamchi bazata’mirlanadigan yuzalarning texnik shartlari bilan uzviy bog'langan bo'lib, ular konstruktiv baza bo'lib xizmat qiladi. Masalan, g'ildirak gupchagi podship- niklarining uyasi konstruktiv baza hisoblanib, doimo yeyilishga uchraydi. Tormoz barabanining yeyilmagan o'tqazish yuzasi esa podshipnik uyasi bilan texnik shartlar asosida bog'langan bo'lib, texnologik baza vazifasini bajarishi mumkin. Bu yuzalar detallarni ta'mirlash uchun yordamchi baza sifatida qabul qilinadi.

Ishlov berish bazasi bclgilanib, ta'mirlangandan va la’mirlash usuli tanlangandan so'ng operatsiyalar sxemasi va tartibi, so'ng marshrut kartasi tuziladi. Buning uchun har bir operatsiya uchun dastlab uskuna, moslama, yordamchi, kesish va o‘lchash asboblari tanlanadi. Operatsiya kartalari ishlab chiqilgunga qadar, talab etilgan vaqtni ko'rsatuvchi kolonkalar (ustunlar) to'ldirilmaydi. Marshrut kartasida opcratsiyaning qisqacha mazmuni, bajariladigan ishlarning to'liq hajmi ko'rsatiladi. Marshrut kartasi barcha operatsiya kartalari tuzilih, barcha operatsiyalar bo'yicha tayyorgarlik-tugatish va bir dona detalni tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlangandan so'ng to'ldiriladi.

Operatsiya kartalari marshrut kartasida ko'rsatilgan tartibda barcha operatsiyalar uchun tuziladi. Opcratsiyalar o'tishlarga bo‘li- nadi.

O'tishlarda detalni o'rnatish va qotirish usullari aniq ko'rsa- tiladi. O'tishda bajariladigan ish ishlov beriladigan yuzaning nonieri bo’yicha ko'rsatiladi. Ishlov berish o'lchami eskizda ko'rsatiladi.

Har bir o'tish uchun yordamchi, kcsuvchi va o‘lchash asbob­lari, korxona kodi; hisob ma'lumotlari, ya’ni ishlov berish diametri yoki ish yo'li; ishlov berish uzunligi va kengligi, ishlov berishga qoldiriladigan qo‘yim, kesish chuqurligi va boshqalar ko'rsatiladi. Eskizlar kartasida har bir o'tish uchun ishlov berish yuzasining nomeri ko'rsatiladi.

Ishlov berish rejiini va har bir o'tish uchun sarflangan vaqt aniqlangandan so'ng, operatsion kartaga operatsiyani texnik ine’yor- lash kiritiladi.

Texnologik uskuna texnologik jarayonni belgilangan vaqt oralig'ida, detallar ta'mirlash sifatini ta'minlagan holda ta'mirlash xarajatlari ning tahliliga asoslanib tanlanadi.

Xarajatlar tahlili quyidagilarni nazarda tutadi: muayyan ishlab chiqarish sharoitida bir xil talabga javob bcruvchi va bir xil nia- salalar yechilishini ta’minlovchi uskunalar variantlarini solish- tirish; axborotlardan foydalanishga asoslangan variantlnmi tanlash; korxonaning rivojlanish rejasi; buyumga bo'lgan texnik talablar; ta'mirlanadigan buyumning miqdori va ta'mirlash muddati; tcxno- logik uskunalar sotib olish va ularni ishlatishga sarflangan xarajatlar; texnika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi talahlariga rioya qilish.

Texnologik uskunani tanlash detallarning tipaviy sirtlarini va yig'ish birliklarining shakllanishini tahlil qilish, ularga ishlov berish usullarining samaraliroqlarini aniqlash, buyumning vazifasidan va uning parametrlarini aniqlashdan iborat.

Detallarning yeyilgan sirtlariga ishlov berishning samaraliroq usuli ni tanlash quyidagilarni nazarda tutadi: detallarning tipaviy

shikastlangan sirtlarini turkumlarga ajratish va konstruktiv- lexnologik jihatdan o‘xshash boMgan sirtlarni aniqlash; shikast­langan yuzalarga ishlov bcrishga konkurent boMgan detallarni ro’yobga chiqarish; har bir usuldan foydalanish samaradorligini baholovchi ko'rsatkichlar tizimini belgilash; ta'mirlanadigan detaining konstruktiv-texnologik xususiyatlariga, detaining funksional xususiyatlarini ta'mirlash darajasiga, ishlov berish usullarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari konkurensiyasiga bog'liq holda ishlov berish usullarining qo'llanilishiga chegara qo'yish.

Tahlil natijalari asosiy vaqt; bir dona mahsulot ishlab chi­qarish uchun sarflangan vaqt; turli usullarda bajarilgan ishlar xarajatlari nisbati ko'rinishida keltirilishi lozim. Ko'rsatkichlar qiymatlari past bo'lgan variant eng yaxshi variant hisoblanadi.

Uskuna uning funksional ahamiyati va texnik imkoniyatlarini hisobga olib, asosiy parametrlari bo'yicha tanlanadi. Asosiy parametrni xarakterlovchi fizik miqdor uskuna va unda ishlov beriladigan buyumning o'lchami o'rtasidagi o'zaro bog'lanish bilan xarakterlanadi. Uskuna variantlari jarayonni mexanizatsiyalash va avtomatlash darajasiga qarab tanlanadi. U quyidagiga asoslangan: texnologik jarayon uchun sarflangan xarajatlar minimal qiymatga ega boMishi; jarayon mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlash- tirilganda uskuna xarajatlarini qoplash muddati qisqa boMishi zarur.

Uskunaga bo'lgan yillik talab, buyumga ishlov berishda sarf­langan moddiy xarajatlar va buyumga ishlov berishdagi vaqt sar- fining tahlili bo'yicha yillik ish hajmidan aniqlanadi. Uskunadan foydalanishda yillik keltirilgan xarajatlar uni ishlatish va yasash xarajatlari o'lchami bilan aniqlanadi. Uskunani ishlatishga va detal yasashga sarflangan xarajatlaming ish unumi va aniqligi bo'yicha tasniflanishi uskuna tomonidan uning funksional vazifasining bajarilishi va ishlab chiqarishga joriy etilgan davri bilan xarakter­lanadi.

Uskunaning ish unumi ma'lum sifatga ega bo'lgan buyumga ishlov berish vaqtini tahlil qilish yo'li bilan aniqlanadi. Texnologik qurilmani tanlashda quyidagi ishlar kompleksi bajariladi: detaining konstruktiv xarakteristikalari (gabarit o'lchamlari, materiali, aniqligi va boshqalar) hamda detallarni ta’mirlashning tashkiliy va texnologik sharoitlari (bazalash sxemasi va detaining qotirilishi, texnologik operatsiya turi, ta’mirlash jarayonining tashkiliy tomonlari) tahlil etiladi; texnologik qurilmalarning eng maqbul tizimini aniqlash va qurilmadan foydalanish коеffitsiyentini_ oshirish uchun texnologik operatsiyalar guruhlanadi. Guruhlash qurilma tizimlarini ishlatish xarakteristikasidan kelib chiqadi, unga

qurilmaning tuzilmasini aniqlash kiradi. Qurilma har bir konstruksiyasining ish bilan ta’minlanganligi ma'lum muddat oralig‘ida buyum ishlab chiqarish hajmini tahlil qilib amalga oshiriladi; tanlangan qurilma tuzilmasi, qurilmalar tizimiga daxldor ekanligi aniqlanadi.

Texnologik qurilmalar tizimiga quyidagi tizimlarni tegishli deb hisoblash mumkin: qismlarga ajralmaydigan maxsus qurilmalar, universal-moslash qurilmalari, universal yig'ish qurilmalari, yig'ish-taqsimlash qurilmalari, universal-moslanmaydigan quril­malar, ixtisoslashgan moslovchi qurilmalar. Qurilmalar tizimi turli xildagi ishlarni bajarish uchun mo'ljallangan texnologik qurilmalar kompleksidan tuziladi. Tanlanadigan tuzilmalarning qurilmalar tizimiga tegishli ekanligi ishlab chiqarishning quyidagi iqtisodiy va tashkiliy talablaridan kelib chiqib belgilanadi: buyum ishlab chiqarishni joriy etish muddati va mehnat sarfi, buyumni ishlab chiqarishning davomiyligi, buyum ishlab chiqarishni joriy etish davrining tashkiliy shakli; texnologik uskunaga qo'yilgan dastlabki talablar aniqlanadi; qo'yilgan talablarga javob beruvchi quril- malarning tuzilmasi tanlanadi yoki, u nomenklaturada mavjud bo'lmasa, texnologik qurilma yarutishga va yasashga topshiriq bcriladi. Qurilmaning tuzilmasi (konstruksiyasi) ushbu texnologik opc- ratsiyaning standartlashtirilganligini va tipaviy yechimga ega bo'lishini; buyumning gabarit o'lchamlari, zagotovka va material turi, parametrlar va yuzalarning konstruktiv xarakteristikalarini; baza- lashtirishning texnologik sxemalari, buyumning qotirilishi, usku­naning xarakteristikasi, ishlab chiqarish hajmini hisobga olib aniq­lanadi.

Texnologik qurilma tizimini texnik-iqtisodiy asoslashda quyidagi ko'rsatkichlar e’tiborga olinishi lozim: texnologik qurilma birligining ish bilan ta'minlanganlik koelTitsiyenti; texnologik opcratsiyalarni jihozlashdagi xarajatlar.

Texnologik qurilma birligining ish bilan ta’minlanganlik koefTitsi- yenti quyidagi formuladan hisoblanadi:



bunda: T& texnologik operatsiyani bajarishda kalkulatsiya bo'yicha bir dona buyumga ishlov berish vaqti; N — qurilma birligiga to'g'ri keluvchi bir oylik ishlab chiqarish dasturi; 7j— qurilmaning bir oyda ishlashi mumkin bo'lgan vaqt fondi.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish