Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet32/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
avi word1

Detallar guruhini miqdoriy jihatdan baholash. Bundaharbir tipaviy guruh namunasi uchun nuqsonlarning paydo bo'lish chastotasi va ular bir nechtasining birgalikda sodir bo'lishi hisobga olingan holda ishlab chiqarish (yakka holda. seriyalab va ommaviy) turi aniqlanadi.

  1. Chizmalar va texnik shartlar, ishlab chiqarish dasturi va ishlab chiqarish turiga muvofiq guruhning tipaviy namunalari tahli! etiladi. Detallarni ta’mirlash marshrutlari variantlarining texnologik sxemalari ishlab chiqiladi.

  2. Texnologik bazalar tanlash. Texnologik bazalarni tanlash bazalashtirish aniqligi va puxtaligi bilan baholanadi.

  3. Nuqsonlarni bartaraf etish usullarini tanlash. Bu bosqichda ularning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari ham aniqlanadi.

  4. Ishlov berish texnologik marshrutlarining variantlarini tuzish. Bunda operatsiyalar tartibi va operatsiyalar uchun zarur uskunalar guruhi tanlanadi.

  5. Texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish. Bu bosqichga quyidagilar kiradi: texnologik operatsiyalarning ratsional tuzilishini ta’minlash; operatsiyaning strukturasini tanlash; operatsiyadagi o'tishlarning maqbul ketma-ketligini belgilash; talab etilgan sifatni ta’minlash sharoitida maqbul ish unumini ta’minlovchi uskunalarni tanlash; texnologik uskunalaming ish bilan ta'minlanganligini hisoblash; qurilmaning tuzilmasini tanlash; tanlangan tuzilma qurilmasining standart sistemaga tegishli ekanligini aniqlash; ishlov berishga va operatsiyalararo qo'yimlarni hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlarni aniqlash va ularning hisobini amalga oshirish; vaqt me’yorini va ishni bajaruvchilarning razryadlarini belgilash.

  6. Detallarni ta ’mirlash jarayonining maqbul variantlarini tanlash. Tipaviy texnologik jarayonlar variantlarining aniqligi, ish unumi va iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

  7. Tipaviy texnologik jarayonlarni rasmiylashtirish. Zarur boMgan texnologik hujjatlar ishlab chiqiladi, kelishiladi va tasdiqlanadi. Texnologik jarayonlarni tabaqalashtirishning eng yuqori bosqichi — standartlashtirish hisoblanadi.



Tipaviy texnologik jarayonlarni standartlashtirish

Tipaviy texnologik jarayonlarni standartlashtirishdan asosiy maqsad: turkumlashtirishning huquqiy shakllarini belgilash; ishlab chiqiladigan hu[jatlaming soni va hajmini qisqartirish; texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda mehnat sarfini kamaytirishdan iborat.

Standartlar tipaviy texnologik jarayonlar uchun ishlab chiqi- lib, ularning tarkibiga buyumning yuqori sifatini ta’minlovchi texnologik operatsiyalar kompleksi va buyumning sifatini ta’min- lash uchun ahamiyatga molik boMgan texnologik operatsiyalar kiradi.

Bunday standart ishlab chiqiladigan buyumlarning sifatini va mehnat unumini, buyumning operatsiyalar orqali o'tish mar- shrutini va asosiy texnologik jihoz vositalarini hamda nazorat va sinash vositalarini belgilovchi ko'rsatkichlarni va ulanga qo'yilgan talablarni nazarda tutadi. Standartlashtiriladigan texnologik ele- mentlar qatoriga: texnologik operatsiyalarning tarkibi va ketma- ketligi; opcratsiyalararo talablar; texnologik opcratsiya; texnik jihozlash vositalari; ishlov berish rejimlari; bazalash sxemalari; lexnologik hujjatlar va hokazolar kiradi.

Tipaviy texnologik jarayon standartida buyumning asosiy ko'rsatkichi (materialning qalinligi, uning mexanik xususiyatlari, shakli, qoplama qalinligi va boshqalar)ga bog'liq bo'lgan holda operatsiyalar, uskunalar, texnologik qurilmalar, ishlov berish rejimi, materiallar va boshqalarga qo'yiladigan talablar nazarda tutiladi.

Ulardan tashqari, texnologik jarayonlaming standartlariga tushuntirish va to'lg'izish kiritish maqsadida ma'lumotnoma materi- allari kiritilishi ham mumkin. Ularga tavsiya ctilgnn texnologik jihozlash vositalari ro'yxati; texnologik jihoz vositalarining umumiy chizmalari; ish o'rinlarining joylashishini ko'rsatuvchi tipaviy sxemalar va uskunalar; uskuna va qo'llaniladigan qurilmalarni mukammallashtirish bo'yicha tavsiyalar kiradi.

Ishlab chiqarish obyekti o'zgarganda texnologik siklda ham o'zgarish sodir bo'ladi, alohida texnologik jarayonlar va opcratsiya- larning bajarilishi esa o'zgarmasdan qoladi. Tipaviy texnologik jarayonlar uchun ishlab chiqilgan standartlar, ayrim qo'shim- chalar kiritish yo'li bilan, yangi texnologiyani ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.

U yoki bu konstruktor-texnologik belgilari bo'yicha, bir xil detallar guruhini ishlab chiqarish texnologiyasini soddalashtirish maqsadida detallarga guruhlab ishlov beriladi.

Guruhiab ishlov berish masalalari operatsiyalarning ixtisos- lashishi, texnologik konsentratsiyalanishi, operatsiyalarning asosiy va ko'makchi elementlarini birlashtirish va shu kabilardan iborat. Bu guruh usulining prinsipial asosi bo'lib, detallar, bajariladigan ishlar va texnologik jarayonlaming tasniflanishi va guruhlanishi; guruh mosiamalari va asbobiarni moslash, maqsadli modellash- tirish va uskunani ixtisoslashtirish, guruhli oqim liniyalarini qo'l- lashdan iborat.

Guruhli texnologik jarayon, lexnologik operatsiyalar guruhidan iborat bo'lib, detallar guruhini umumiy texnologik marshrut bo'yicha yasalishini ta'minlaydi. Guruhli texnologik marshrutda ayrim namunalar yoki butun guruh ba’zi opcratsiyalarni bajarmasdan o'tishni istisno qiladi.

Guruh (operatsiya) bo'yicha detallarga ishlov berish usku- nalar, qurilmalar, texnologik jarayon va uni moslashning umumiyligi bilan xarakterlanadi. Guruhni tashkil qilishda detaining gabarit o'lchamlari ahamiyatga ega, chunki u uskunaning tipini va texnologik uskunaning o'lchamlarini aniqlaydi. Undan tashqari, ishlov beriladigan yuzalarning geometrik shakllari, bazalash- tirishning umumiyligi, ishlov beriladigan yuzalarning aniqligi va tozaligi, zagotovkaning bir jinsliligi, seriyalilik darajasi, jarayonning tejamkorligi hisobga olinadi.

Mexanik ishlov berish guruhli jarayonlarini tashkil etishda guruhdagi xarakterli detal baza sifatida qabul qilinadi, u kompleks detal deb ataladi. Kompleks deganda mavjud yoki shartli detal tushunilib, uning tuziIishida ushbu guruli buyumlari uchun xarakterli bo'lgan barcha asosiy elementlar mavjud bo'lib. detaining konstruktiv-texnologik vakili hisoblanadi.

Guruhli jarayonni va asboblar guruhini moslash uchun kom­pleks detaldan foydalaniladi. Guruhli moslash deganda guruhdagi barcha buyumlarga ishlov bcrishni ta’minlovchi dastgohni va uning uskunasini uncha murakkab bo'lmagan moslash yo'li bilan tayyor­lash jarayoni tushuniladi. Dcmak, uncha murakkab bo'lmagan qo'shimcha moslash talab qiladigan uskunalardan tuzilgan kompleks detal uchun tuzilgan texnologik jarayonni guruhdagi istalgan buyumga ishlov berishda qo'llash mumkin.

(4A) Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari va turlari

Davlat standarti (GOST) texnologik hujjatlarning 14 nomdagi turini nazarda tutadi, ulardan eng muhimlari quyidagilar hisob­lanadi.

Marshrut kartasi (MK) texnologik jarayonni ifodalab berish uchun mo'ljallangan bo'lib, tarkibiga obyektni nazorat qilish va texnologik ketma-ketlikda barcha operatsiyalar bo'yicha ko'chishi kiradi. Unda uskunalar, qurilmalar to‘g'risida, belgilangan formalarda mehnat va boshqa me’yoriy ma'lumotlar keltiriladi va ulardan ishlab chiqarishni rejalashtirishda foydalaniladi.

Operatsiya kartasi (OK) buyumni yasash (ta’mirlash) texnologik jarayon operatsiyalarining mazmunini ifodalash uchun mo'ljallangan bo'lib, unda operatsiyalar o'tishlarga bo'lingan bo'lib, texnologik ishlov berish rejimlari, texnologik jihozlash vositalari to'g'risidagi ma'lumotlar, hisobiy me'yorlar va mehnat me’yorlari keltiriladi. Oddiy hollarda ish uslublarini va vaqt me'yorini tahlil qilish uchun undan ko'rsatma kartasi sifatida foydalaniladi.

Eskizlar kartasi (EK) texnologik jarayon ni va uning elemcnt- larini grafik ifodalash uchun qo'llaniladi.

Texnologik ko'rsatma (TK) ish uslublari, nazorat usuli. uskuna va asboblardan foydalanish qoidalari, xavfsizlik choralari, texnologik jarayonni bajarishda sodir bo'ladigan fizik-kimyoviy hodisalarni ifodalash uchun mo'ljallangan.



  1. Yakka va tipaviy texnologik jarayonlar deganda nirnani tushunasiz?

  2. Istiqbolli texnologik jarayonlaming mazmuni nimalardan iborat?

  3. Texnologik jarayonlarni turkumlashtirish va standartlashtirishning ma'nosi nima?

  4. Tipaviy texnologik jarayonlarni loyihalash bosqichlarini tushuntirib bering.

  5. Tipaviy texnologik jarayonlarni standartlashtirishning ma'nosi nima?

  6. Guruhli lexnologik jarayonni standartlaslitirishning mazmuni nimalarga asoslanadi?

7 Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish texnologik hosqichlari nimalardan luzilgan?



Detallarni ta'mirlash texnologik jarayonlarini loyihalash


  1. Download 1,77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish