Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet44/78
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#552098
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
Iymon qo\'shigi

Nazorat savollari

  1. Yonilg'i nasosi ni sinash texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Yonilg'i nasosi plunjerlari va gilzalarining yeyilish xarakteri va sabablari nimalardan iborat?

  3. Plunjer jiiftligining gidravlik zichligi qanday tekshiriladi?

  4. Plunjer juftligini ta’mirlashning qanday usullari mavjud?

  5. So'rish klapani va uning uyasining germetikligi qanday lekshi- riladi, bu birikmaning gidravlik sinovi qanday olib boriladi?

  6. Aylanishlar chastotasini rostlashdan maqsad nima?

  7. Forsunkani ta'mirlashning qanday usullari mavjud?

  8. Yonilg'i nasosi qanday sinaladi?

  9. Karburatomi ta'mirlashning qanday usullari mayjud‘,

  10. Havo tozalagich qanday ta'mirlanadi?

4.10^ Moy lash tizimi qismlarining nosozliklari va ' ularni ta'mirlash

  1. Moy nasosini ta’mirlash

Moylash tizimi uchun xos bo'lgan nosozliklar quyidagiJardan iborat: moy nasosi detallarining va filtrlari ning yeyilishi; klapanlar rostlanishining buzilishi; qismlarning gcrmetikligining buzilislii; tizimning ifloslanislii.
Moy nasosi ning texnik holati uning yetaklovchi valining nomi­nal aylanishlar chastotasidagi va ish bosimidagi ish unumi hamda saqlagich klapanining ocliilish bosinii bilan xaraktcrlanadi.
Moy nasosini tekshirishdan va ta’mirlashdan avval, u yaxshiiab yuviladi va tashqi ko'zdan kechiriladi. Nazorat paytida vallar, vtulkalarning yeyilishi va boshqa nosoz.liklar aniqlanadi. Undan so'ng nasosning ish unumi va saqlagich klapanining ochilishi stendda tekshiriladi. Bunda moyning qovushoqligi tekshiriladi. Nasos ta'mirlangandan so'ng sinash paytidagi qovushoqlik qizitilgan motor moyining qovushoqligiga mos bo'lishi lozim. Sinov natija­lari nasosni ta'mirlashga zaruriyat bor-yo‘qligini ko'rsatadi. Nasosni ta’mirlashga zaruriyat tug'ilsa, uni qismlarga ajratish, dctallarini yuvish, dctallardagi nuqsonlar va yeyilgan joylarini aniqlash kerak. Moy nasosi birikkan detallarining yeyilgan joylari 4.15- rasmda ko'rsatilgan.
Motor ishi davomida moy nasosi ning korpusi va shestcrna qirralari, o'rindiq devori, shestema tishlari qirralarining birikuvclii joylari, yetaklovchi val vtulkasini o'tqazish joyi va yctaklanuvchi shestema barmoqlari yeyiladi. Ulardan tashqari, saqlagich klapanining uyasi ham yeyiladi, rczbalar shikastlanishi, darzlar

/, 2, 3, 4— korpusdagi; 5, 6— qop- qoqdagi; 7— vtulka va vallardagi.
7

4.15- rasm. Moy nasosidagi birikkan detallarning yeyilgan joylari:
paydo bo'lishi mumkin.
Moy nasosining korpusi yeyil- ganda nasosning ish unumi kes- kin pasayadi. Saqlagich klapani­ning yeyilishi uning gcrmctik- ligining buzilishiga va bosimning pasayishiga olib keladi. Qopqoqdn yuza 5 (4.15- rasm) va vtulkaning qopqoq bilan birikish joyi 6ycyi- ladi. Yetaklovchi va yetaklanuvchi shcstcrnalarning chetlari va tishlarining balandligi va qalinligi bo'yicha yeyilish sodir bo'ladi, oqibatda moy nasosining ish

unumi pasayadi. Moy nasosining ish unumiga shesterna tishlarining qalinligi bo'yicha yeyilishi sezilarli ta’sir ko'rsaimaydi. Nasos vtulkalari tashqi yuzalarining yeyilishi ularning korpusga, qopqoqqa va yetaklanuvchi shesternaga bo'lgan o'tqazishining bo'shashiga, ichki yuzalarining yeyilishi esa vtulkalar va yetaklovclii val hamda yetaklanuvchi shesterna barmoqlari orasidagi tirqishning oshib, kengayishiga sabab bo'ladi.
Yetaklanuvchi shesterna barmog'i korpus va yetaklanuvchi shesterna vtulkasi tutashgan joyida yeyiladi. Moy nasosining yetaklovchi vali vtulka bilan birikish joyida yeyiladi. Bu nuqson o'z vaqtida bartaraf etilmasa, tirqish keskin oshib ketadi va korpus hamda shestemalar tez yeyila boshlaydi. Valda esa shlislar yoki shponka uyalari yeyiladi.
Saqlash klapanining yuzalarida chiziqli o'yilishlar, mahalliy yeyilishlar sodir bo'ladi, natijada klapanning germetikligi buziladi. Bunda klapanlarga smolasimon moddalaming o'tirib qolishi sabab bo'ladi. Sharikli klapanlarda halqasimon chuqurcha va chiziqchalar paydo bo'ladi. Klapan prujinalari uzoq muddat ishlaganda yeyiladi, ularning elastikligi buziladi, ayrim hollarda sinib ketishi ham mumkin.
Korpusning qopqoq bilan birikkan joylarining yeyilishi silliqlab bartaraf etiladi.
Nasos korpusining yeyilgan uya (quduq)larini ta’mirlash ancha murakkab. Bunday quduqlarni mis, nikel, mis yoki jezni suyuqlantirib qoplab, epoksid smolalari bilan yelimlab hamda uyalarni yo'nib, ularga vkladishlar presslab ta’mirlash mumkin. Quduqlarni yo'nib, unga vkladish presslash usuli nasos korpusini ta'mirlashning eng oson usuli hisoblanadi.
Val vtulkasi va shesterna barmog'ini o'rnatish teshigining yeyilishi razvyorstkalab unga kattalashtirilgan olehamda vtulka presslab ta’mirlanadi. Zoldirli klapanlar o'tqazish joylarining yeyilish izlari izlar yo'qolguncha zenkerlanadi va uning uyasi zoldir bilan cho'ktiriladi.
Plunjer tipidagi yeyilgan klapanlar ishqalab-silliqlanadi. Korpusda aniqlangan darzlar payvandlanadi yoki qattiq kavshar bilan kavsharlanadi. Chekka yuzasi yeyilgan moy nasosining qopqoqlari silliqlanadi. Vtulka tcshiklari razvyorstkalanadi va unga kattalashtirilgan o'lchamdagi vtulka presslanadi. Tashqi yuzalari yeyilgan vtulkalar korpusda yoki qopqoqda cho'ktirish yo'li bilan ta'mirlanadi. Agar uning ichki yuzasi yeyilgan bo'lsa, uni almashtirish lozim. Yeyilgan barmoq va valiklar suyuqlantirib qoplanadi, yo'niladi, so'ng bo'yinlari silliqlanadi, shlitslar frezalab ta’mirlanadi. Nasos qabul qiluvchisining to'ri uzilgan yoki yirtilgan, lining korpus bilan birikish joyining zichligi buzilgan boMishi mumkin. To'rning yirtilgan qismi kavsharlanadi. Bunda toMning ta’mirlanadigan qismi, umumiy maydonning 10% dan kam boMishi lozim. Aks holda to'ryangisiga almashtiriladi. Moy nasosi yuritmasida yeyilgan kronshtcyn odatdagi usullar bilan ta'mirlanadi.
Moy nasosini xordalash va sinash. Ta'mirlangan moy nasosi maxsus stendda xordalanadi, sinaladi va rostlanadi. Nasosni sinash paytida bcgona shovqin chiqmasligi, detallar qizimasligi. dctallar tutashgan joylardan va saqlash klapanidan moy sizmasligi lozim. Xordalashdan soMig saqlash klapani rostlanadi. Moy nasosi ta’mirlangandan so'ng uning ish unumi normal aylanishlar chastotasida va texnik shartlarga muvofiq qarshi bosimga tekshiriladi. Ko'pchilik avtomobillarning moy nasoslari faqat hosil qiladigan bosimi bo'yicha sinaladi.

  1. Moy fillrlarini ta'mirlash

Motorlarning moy filtrlarida quyidagi nosozliklar uchraydi: rotor bo'yinlari va vtulkalarning yeyilishi, forsunka icshiklarining tiqilib qolishi va sentrifuga rotorining moyni qabul qiluvchi quvurlarida himoya to'rlarining yeyilishi va rotor aylanishlar chastotasining pasayishi; klapanlar, rczbalarning yeyilishi, llltr korpusida darzning paydo bo'lishi, qalpoqlarning dcfornia- tsiyalanishi; qistirmalaming shikastlanishi.
Qistirmalaming shikastlanishi filtr klapanlari rostlanishining buzilishiga va moyning sizishiga sabab boMadi.
Agar sentrifuga rotori va vtulkalar yeyilgan bo'lsa, o‘q yeyilish izlari yo'qolguncha jilvirlanadi, rotor korpusiga ta’mir o'lchamlari bo'yicha vtulka presslanadi Rotor korpusi qiyin aylansa yoki tiqilib qolsa, vtulkalami shabcrlashga ruxsat etiladi. Vtulkalar presslangandan so'ng maxsus kombinatsiyalashgan razvyorstka bilan ishlov bcriladi. Korpus va qopqoqda darz bo'lsa yoki sinsa, korpus va qopqoq almash­tiriladi. Soplo tcshiklari mis sim hilan tozalanadi va ularning o'tkazuvchanlik xususiyati karburator jiklorlarini tarirovkalash asboblari bilan tekshiriladi. Filtr korpusidagi darzlar bimetall clektrodlar bilan payvandlanadi. Klapan uyalarining va pnijinalarining shikastlanishi moy nasosining saqlash klapanini ta'mirlashdagidck olib boriladi. Filtrlarning ezilgan qalpoqlari to'g'rilanadi, bo'ynidagi darzlar esa qattiq kavsharlar bilan kavsharlanadi.
Sentrifuga yo'nilgandan soMig, uning o'tkazuvchi klapani rostlanadi, rotorning germetikligi va uning aylanishlar chastotasi tekshiriladi. Sentrifuga nominal aylanishlar chastotasida, normal ish unumiga ega bo'lgan scntrifugaga qarshi bosimda moy nasosi bilan birgalikda germetiklikka va o'tkazuvchanlik xususiyati tekshiriladi.

  1. Moy radiatorlarini ta'mirlash

Moy radiatorida ko'pincha naychalaming ichiga iflosliklar tiqilib qoladi va moy to'planadigan joylarda cho'kmalar yig'iladi, oqibalda radiatorning o‘tkazuvchanlik xususiyati kamayadi, moyning temperaturasi ko'tariladi. Moyning yuqori temperaturasida uning qovushoqligi pasayadi va moylash xususiyati yomonlashadi, bu esa, o‘z navbatida, detallarning yeyiiishini, moyning eskirishini tezlashtiradi. Moy radiatorini ta'mirlashdan oldin kaustik soda- ning 5— I0%li eritmasida 2—3 soat davomida qaynatiladi, so'ng issiq suvda yuviladi. Moy radiatorining naychalaridagi cho'kmalar yuvish vositalari eritmasi bilan tozalanadi.

Naychalar va radiatorning moy to'planadigan joylaridan moyning sizishini uning shikastlangan joylarini kavshar bilan tez kavsharlab bartaraf etiladi. Radiatorning ezilgan joylari, uzilgan tasmasi to'g'rilanadi. Butun uzunligi bo'yicha jez kavshar bilan kavsharlab qo'yiladi. Radiator ta’mirlangandan so'ng gerrnetikligi tekshiriladi.
Sovitish tizimi qismlarini ta'mirlash
Avtomobil motorlarini sovitish tizimida quyidagi nosozliklar uchraydi: suvg'ilofi devorlarida, radiator baklarida va naychalarida quyqaning yopishib qolishi, ifloslanishi, radiator baklaridan va naychalaridan sovitish suyuqligining sizishi, suv g'ilofl devorlarida darz paydo bo'lishi, termostatning shikastlanishi, ventilator va suv nasosi alohida detallarining yeyilishi. Bu nosozliklar motor issiqlik rejimining buzilishiga va uning qizib ketishiga sabab bo'ladi.

  1. Radiatorni ta'mirlash

Radiatorning asosiy nuqsonlari quyidagilardan iborat: naychalaming egilishi va uzilib ketishi; naychalaming tayanch plastinkalardan ajralib ketishi; sovitish plastinkalarining shikast­lanishi; pastki va yuqorigi baklarning darz ketishi. Nosozliklarning ko'pchiligi tashqi ko'zdan kechirish va siqilgan havo kiritilgan radiatorni suvli vannaga tush irish bilan aniqlanadi.
O'zagi qismlarga ajratilniaydigan radiatorning shikastlangan naychalari tayanch plastinalardan maxsus kavsharlagich yoki kavsharlash lampasi yordamida ajratib olinadi. Sovitish plas- tinkalaridan naychalar qizdirilgan nixrom sim bilan ajratib olinadi.
Bunda nixrom sim 800—900° С temperaturagacha qizdiriladi va naychaga kiritiladi. Undan so'ng ajratilgan naycha kiritilgan nixrom sim bilan radiatordan chiqarib olinadi.
Naychani nixrom sim bilan ajratib olish uchun u payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg'amiga ulanadi (4.16-rasm). Quvur ichidagi sim qismi havodagiga qaraganda kamroq qiziydi. Shuning uchun ham simdan ajralib chiqayotgan issiqlikdan yaxshiroq foydalanish uchun simni o'zakka nisbatan siljitish lozim.
Ta’mirlangan naycha germetiklikka sinaladi. Yangi yoki ta’mirlangan naychalardan foydalanilganda ularni faqat tayanch plastinkalarga kavsharlash lozim. Shu sababli radiatorning sovitish xususiyati keskin pasayadi. Shuning uchun ham texnik shartlarga muvofiq naychalar umumiy sonining 20—25%idan katta boMniagan qismini almashtirishga ruxsat etiladi. Agar shikastlangan quvurlar soni ko'proq bo'lsa, radiator o'zagi yaroqsiz hisoblanadi yoki qaytadan yig'iladi.
Radiatorning cho'yandan yasalgan yuqorigi va pastki bakchasidagi darzlar bimetall elektrod bilan payvandlanadi yoki epoksid smolasi asosidagi yelimlar bilan yelimlab ta’mirlanadi. Ra­diator ta'mirlangandan so'ng germctiklikka sinaladi.
Ventilator va suv nasosini ta'mirlash jarayoni oMqazish joylarini ta’mirlash, zichlovchi qistirmalarni almashtirish. darzlarni pay­vandlash yoki yelimlash, krestovinalar va parraklarni to'g'rilash, qotirish joylarini tortib qo'yish va statik muvozanatlashdan iborat. Ventilatorni ta’mirlashda parraklarning shakli va berilgan qiyshiqlik burchagi saqlab qolinishi kerak.
/—radiator naychasi; 2— nixrom sim; 3 — payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg'ami.

4.16- rasm. Radiatorning sovitish naychasini nixrom sim yordamida chiqarib olish:
Termostatni ta'mirlash. Termostatning asosiy nuqsonlariga kla­panning qiyshayishi, shtokning ajralib qolishi, taxlama clementida darzning paydo bo'lishi, osma plastinkaning cgilishi kiradi. Nosozliklarni termostatni issiq suvga botirib aniqlash mumkin. Soz termostatda

klapan ochilishining boshlanishi va toMiq ochilishi ma’lum temperaturada sodir boMadi. Termostatdagi nuqsonlar shtok yoMini rostlash, detallarni bolg‘alash va kavsharlash bilan bartaraf etiladi.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish