Ufl Nazorat savoUari
Detallarni ta'mirlashda elektroliz jarayoni nima maqsadda qo'llaniladi?
Galvanik usulda ta'niirlashning qanday turlari qo'llaniladi?
Xromlash qanday olib boriladi?
Yuzani xromlashga tayyorlash nimalardan iborat?
Xromlash va g‘ovakli xromlash jarayoni nimadan iborat?
G'ovakli xrom qatlanilari qaysi yo'sinda olib boriladi?
Xromlashdan sn‘ng detallarga qanday ishlov beriladi?
(^3.12?) Detallarni plastmassa va yelimlar yordamida ' ' ta'mirlash
Umumiy ma'lumotlar. Detallarni ta'mirlashda keyingi vaqtlarda har xil plastmassalar va yelimlar keng qo'llanilmoqda. Plastmas- salarning qo'llanilishi materiallaming keng miqyosdagi ijobiy xususiyatlaridan foydalanishga asoslangan. Bunday xususiyatlarga detallarni ta'mirlash yoki yasashning oddiyligi, yaxshi friksion, antifriksion va dielektrik sifatlari, mustahkamligi, moy, benzin, suv va tebranishga turg’unligi kiradi.
Asosi yuqori molekular organik birikmalardan iborat mate- riallar plastmassalar deb ataladi. Ular yuqori temperatura va bosim ta’sirida awaldan belgilangan shaklni hosil qiladi va bu shaklni odatdagi sharoitda saqlay oladi. Plastmassalarning asosi sun'iy (sintetik) yoki tabiiy smolalar boMib, ular bog'lovchi material vazifasini bajaradi hamda uning kimyoviy, fizik, mexanik va boshqa xususiyatlarini belgilaydi. Bog'love hi elementlardan tashqari, plastmassa tarkibiga to'ldiruvchilar, plastiklovchilar, qotirgichlar, bo'yoqlar, tezlatkichlar va maxsus xususiyat beruvchi boshqa qo'shilmalar ham kiradi.
To'ldirgichlar (metall qirindilari, portlandsement, paxta qog'ozi lo'qimalari, asbest, sluda, grafit va boshqalar) plastmassalarning fizik-mexanik, friksion yoki antifriksion xususiyatlarini yaxshi lash, issiqlikka chidamliligini oshirish hamda mahsulotlaming tannarxini arzonlashtirish maqsadida qoMlaniladi.
Plastiklovchilar (dibutilftolat, olein kislotasi va boshqalar) polimerlarga qovushqoqlik va oquvchanlik xususiyatini berish uchun xizmat qiladi.
Qotirgichlar (aminlar, magneziy, ohak va boshqalar) polimer- lami qattiq va erimaydigan holatga o'tkazishga yordam beradi.
Bo'yoqlar (nigrozin, oxra, mo'miyo, surik va boshqalar) polimerlarga rang beradi.
Plastmassalar kimyoviy tabiati bo'yicha termoreakiiv (reakto- plastlar) va termoplastik (termoplast) guruhlarga bo'linadi. Reaktoplastlar deb, shunday plastmassalarga ayliladiki, ular qizdi- rilib, sovitilgandan so'ng issiqlikda va suyuqlikda erimaydigan holatga o'tadi. Termoplastlar smola bo'lib, isitilganda plastik holatga, sovitilganda esa qattiq holatga o'tadi. Bu jarayon qaytariluvchi jarayon hisoblanadi.
Yelimli tarkiblar ta'mirlash korxonalari amaliyotida qo’zg'almas birikmalar hosil qilish uchun qo'llaniladi. Masalan, friksion (ishqalanuvchi) ustquymalarni yelimlashda, darzlarni, tirnalgan joylarini bekitishda, galvanik vannalarni qoplashda, himoya qoplamalari berishda qo'llaniladi.
Detallarni kavsharlash ham ajralmas birikmalar hosil qilish uchun qo'llaniladi. Kavsharlashda detallarda hosil qilingan tirqishga kiritilgan suyuqlantirilgan oraliq metall bilan o‘zaro la'sirda bo'lib, kristallanish natijasida kavshar choki hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |