Detallarni epoksid kompozitsiyasi bilan ta'mirlash.
Detallarni epoksid asosidagi polimer materiallar bilan ta’mirlashda asosiy bogMovchi komponent ED-6 yoki EA-5 markali epoksid smolasi hisoblanadi. ED-6 epoksid smolasi qovushoq jigarrang massa bo'lib, asosan, detallarni ta’mirlashda qo'llaniladi. 116
ED-6 asosidagi epoksid kompozitsiyasini tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: massa bo'yicha 100 qism smolaga, 10—15 qism dibutil- ftolat (plastiklovchi), 160 qismgacha toldiruvchi va 7—8 qism polietilenpoliamid (qotiruvchi) qo'shiladi. To'ldirgichlar temir kukuni (160 qism), aluminiy upasi (20 qism), 500 markali sement (120 qism) dan iborat. Epoksid smolasi idishda 60—80°C temperaturagacha isitiladi, plastiklovchi qo'shib aralashtirilgandan so'ng esa to'ldirgichlar qo'shib, yana aralashtiriladi. Qotirgichlar kompozitsiyani ishlatish oldidan qo'shilishi kerak, chunki shundan so'ng aralashmadan 20—30 minut ichida foydalanish lozim, Epoksid smolalari —70 dan +120°C oralig'ida ishlovchi detallarni ta’mirlashda qo'llaniladi.
Epoksid asosidagi aralashmalar korpus detallar (silindrlar bloki, agregat karterlari va boshqalar) dagi darz va teshiklarni ta’mirlash, qo'zg'almas va rezbali birikmalarni tiklash uchun qo'llaniladi. Misol tariqasida, darzni ta'mirlash jarayonini ko'rib chiqamiz. Darzning chegarasini cheklash uchun uning chetlarini 2—3 mm li parma bilan teshib, so'ngra butun darz bo‘yicha chuqurligi 2—3 mm bo'lgan 60—70“ li faska ochiladi. Detaining yuzasi darzning ikki tomoni bo'yicha 40—50 mm kenglikda yaltiraguncha tozalanadi, kertik qilinadi va asetonda yog'sizlantiriladi. Shisha matodan darzni 20—25 mm kenglikda yopuvchi yamoq tayyorlanadi. Detaining ta'mirlanadigan yuzasiga epoksid smolasi asosida tayyorlangan tarkib 0,1—0,2 mm qalinlikda surtilgandan so'ng yamoq solinadi va ustidan rolik yurgiziladi. Epoksid tarkibning temperaturaga bog'liq holda qotish vaqti 1 soatdan 24 soatgacha (18...20 °C da qotish vaqti 24 soat, 60 *C da 4—5 soat, 100 °C da esa 1—2 soat) bo'lishi mumkin.
Ta’mirlash korxonalarida detallarni polimer materiallar yordamida ta’mirlash ishlari quyish (bosim ostida, markazdan qochma), presslash, metall buyumlarga yupqa qatlamli qoplamalarni purkash yo'li bilan amalga oshiriladi.
Detallarni yelimlab ta’mirlash
Ta’mirlash korxonalari amaliyotida detallarni ta’mirlashda ВС-ЮТ, ВС-350, 88H va БВ xildagi yelimlar keng ko'lamda ishlatiladi.
BC-10 yelimidan ilashish muftalaridagi yetaklovchi disklarning friksion ustquymalarini yopishtirishda foydalaniladi. BC-10 yelimi bilan har xil metallar (po'lat, cho'yan, aluminiy, mis va boshqalar)ni va 200—300°C temperaturada ishlaydigan metallmas materiallar (shisha, tekstolit, asbest materiallar va boshqalar) ni yopishtirish mumkin. Mazkur yelimning qotish temperaturasi 180 °C ni, detallarni yopishtirishdagi bosimi 0,2—0,5 MPa ni tashkil qilib, shu tartibda yopishtiriladigan detallar 2 soat davomida ushlab turiladi.
BC-350 yelimi ko'p tarkibli suyuq eritma bo'lib, poMat, mis, duraluminiy va issiqlikka chidamli plastmassadan yasalgan detallarni yelimlashda qoMlaniladi. Yelimlangan birikmaning ishlash temperaturasi —60°C dan +100eC gacha oraliqda boMadi. Birikmaning ishlash davri 200°C da 500 soatni, 300°C da 10 soatni tashkil qiladi. Ushbu yelim yonilg‘i, moy, organik eritmalar va tebranish ta’siriga chidamlidir. Yelimning temperaturasi 200°C ni, yelimlanadigan detallarni siqish bosimi 0,1—0,3 MPa ni tashkil qiladi.
88N yelimi rezinalarni sovuq holatda vulkanizatsiya qilishda va gazmollarni metall, yog'och va boshqa materiallar bilan hirlash- tirishda qoMlaniladi. Ushbu yelim suvga, kislotalarning past miqdorli (5—10% li) eritmalariga chidamli boMib, 60—70*C dan oshiq boMmagan temperaturada ishlashi mumkin. Ammo yelimning moylarga, suyuq yonilgM va erituvchilarga qarshiligi ancha past.
BF-2, BF-4, BF-6 yelimlari tormoz kolodkalarini va Hashish muftalarining friksion ustquymalarini yelimlashda (parchin mix o'rnida) ishlatiladi. Ulardan BF-4 yelimida plastikroq birikma, BF-6 yelimida esa qovushoq birikma hosil boMadi, shuning uchun u rezina, gazlama, kigiz va boshqa elastik materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Yelimlash tartibi: yelimlanadigan yuzalarni siqish bosimi 0,05...0,1 MPa, temperatura 140—160° C, shu sharoitda ushlab turish vaqti 1,0—1,5 soat.
Yelimlashning umumiy texnologik jarayoni detallarni birik- tirishga tayyorlashni, ularni biriktirishni, siqishni, yelimlash sifatini oshirish uchun berilgan temperaturada ushlab turishni va zarur boMganda so'ngi ishlov berishni o'z ichiga oladi.
Misol tariqasida ilashish muftasining friksion ustquymalarini po'lat disklarga BC-I0T yelimi bilan yelimlash texnologik operatsiyalarining ketma-ketligini keltirib o'tamiz:
eski ustquymalarni ko'chirib olish;
po'lat disklar sirtini loy va zangdan po'lat cho'tka, qum- qog'oz yoki jilvirlar hilan tozalash:
po'lat disk va friksion ustquymalar sirtini aseton yoki bcn- zin bilan yog'sizlantirish;
po'lat disk va friksion ustquymalar sirtiga yelimning birinchi yupqa qatlamini surtish;
mazkur qatlamni havoda 10—20 minut davomida quritish;
yelimning ikkinchi qatlamini surtish;
po'lat disk ustiga friksion ustqo'ymani joylashtirish va ularni
2—0,3 MPa bosim bilan maxsus qurilmada siqish;
siqilgan birikmani quritish shkafida 45—60 minut davo- mida 180°C temperaturada quritish va uni asta-sekin sovitish;
qotgan disklarni siquvchi uskunalardan bo‘shatish;
disklarning chetiga oqib chiqqan yelimlarni artib, tozalash;
disklarni aylanish o‘qi bo‘yicha bukilganligini va ustquy- malarning umumiy qalinligini nazorat qilish.
Avtomobil detallarini sintetik materiallardan foydalanib ta'mirlash usulining oddiyligi, birikmaning puxta chiqishi hamda narxi arzonligi va bunda uncha murakkab bo'lmagan uskunalardan foydalanilishi mazkur usulning afzalligi hisoblanadi.
Ammo detallarni sintetik materiallar yordamida ta’mirlash qator kamchiliklarga ham ega. Bunga sintetik materiallarning issiqlikni yaxshi o'tkazmasligi, qattiqligining pastligi va vaqt o'tishi bilan fizik-niexanik xususiyatlarining o'zgarishi mumkinligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |