Buhgalteriya ahborotlar tizimi
Ko’pgina korhonalar bozor sharoitida ahborotga mulkchilik-ning boshqa istalgan turlari kabi sakdash, foydalanish va himoya qilish zarur bo’lgan kimmatbaho zahira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va ho’jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur ahborot olish maqsadlarida korhona buhgalterlik ahborot tizimlarini (BUAT) barpo etadi. BUAT ho’jalik faoliyati va qaror qabul qiluvchi kishilar o’rtasila bokyuvchi bo’g’in bo’lib hizmat qiladi. Unda korhona ho’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, ro’yxatdan o’tqazish, qayta ishlash, saqlash, tahlil va qaror qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazish amalga oshiriladi. Korhonada BUAT ishlashining asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan, shuningdeq mukobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun korhona rahbariyatini moliyaviy ahborog bilan ta’minlashdir. Ayrim korhonalar nomoliyaviy ahborotdan ham foydalanadi. Bu holda korhonada iqtisodiy ahborot tizimi yarati-chadi, u boshqaruv apparatini zarur ahborot bilan ta’minlovchi o’zaro bog’liq, Holdagi kichik tizimlardan tashkil topadi. Bunda buhgalterlik kichik tizimi muhim ahamiyatli bo’ladi, chunki u boshqaruv ob’ekti holati va uning korhonaning barcha bo’linmalariga, shuningdeq undan tashqaridagi manfaatdor shahslarga yo’naltirilishn haqidagi ahborog oqimini boshqarishda etakchi rol o’ynaydi.
BUAT korhona ho’jalik fao.shyatini tuliq aks ettiruvchi buhgalterlik ahborotini taqdim etadi. Hozirgi paytda buhgalterlik hisobi yuritishning halqaro standartlariga o’tish sharoitlarida buhgalterlik ahboroti yo’nalishi o’zgardi. Agap yakindagina uning asosiy foydalanuvchisi davlag boshqaruvi organlari bo’lgan bo’lsa, hozirda buhgalterlik ahboroti korhona ichida ham, undan tashqarida ham boshqaruv qarorlarni qabul qilishda asos bo’lib hizmat qiladi. Avvalo u rejalashtirish, nazorat va shu kabi korhona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarish funkiyalarini bajarish uchun zarur miqdoriy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Rejalashtirish bosqichi uchun buhgalter ko’zda tutayotgan foyda va pul zahiralariga ehtiyoj haqidagi ahborotni taqdim etishi lozim.
Nazorat bosqichida buhgalterdan faktik daromadlar va xarajatlarni rejadagi bilan qiyoslash ahboroti talab etiladi.
Tahlil bosqichida buhgalterlik ahboroti asosida oldiga qo’yilgan maqsadga erishilgani yoki erishilmagani aniqlanadi. Tahlil natijalariga ko’ra, korhonaning boshqarish tizimini takomillash-tirishga doir qarorlar qabul qilinadi.
Buhgalterlik ahborotining asosiy foydalanuvchilari korhona rahbariyati va menejerlaridir. Bu ahborot asosida korhonaning sunggi hisobot davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqdigi, pul zahiralarining mavjudligi, sof aktivlar va nizom kapitalining nisbati, eng foydali faoliyat yo’nalishlari, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarhi aniqdanadi.
Buhgalterlik ahboroti rahbariyatga yakunlarni nafaqat tushun-tirish va tahlil etishga, balki turli qarorlarni qabul qilishda korhona faoliyati natijalarini oldindan bilishga ham yordam beradi.
Buhgalterlik ahborotining tashqi foydalanuvchilari ham mavjud. Ular hissadorlar, investorlar, kreditorlar, haridorlar, mijozlar, auditorlar va solik hizmati nozirlaridir. hissadorlar va investorlarga korhona egalari hususiy qanchalik samarali va daromadli foydalanilayotgani, yangi investisiyalar kerakmi yoki uning hajmini kiskartirish zarurmi, firma kelajakda foydali bo’lib koladimi va qanday sharoitlarda bunga erishadi kabilarni bilish muhimdir. Kreditorlarni karz zarurligi, korhonaning qarz foizlarini o’z vaqtida to’lash qobiliyati qiziqtiradi va hokazolar.
Buhgalterlik ahboroti foydali bo’lishi uchun u ishonchli va ahamiyatli bulmogi zarur. Ishonchlilik shuni ko’rsatadiki, ahborot korhonadagi ho’jalik jarayonlarini to’liq aks ettiradi, engil tekshirilishi va biror bir shahs manfaatlarini ifodalanmasligini namoyon etadi. Buhgalterlik ahborotining ahamiyatliligi shundaki, u teskari aloqaga asoslangan rejalarni tuzishda foydali bo’lishi va foydalanuvchiga zarur paytda etib kelishi lozim. Teskari aloqa oldingi mo’ljallar qanchalik to’g’riligini bilishni ko’zda tutadi. SHuni hisobga olish zarurki, hisobli ahborotdan foydalanishdan olingan foydalar unga sarflangan xarajatlardan yuqori bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |