Iv semestr 1-mavzu: O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha Reja


-mavzu: Topishmoq, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o`qitish metodikasi



Download 0,91 Mb.
bet40/54
Sana10.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#170963
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
4-sem maruza matn oom

8-mavzu: Topishmoq, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.

Reja:

1.Topishmoq, tez aytish janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.

2.Maqol janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.

3. Doston janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.

Tayanch so`z va iboralar: janr tushunchasi, topishmoqlar, tez aytish, maqol, zid ma’noli so’zlar, ma'nodosh so'zlar, nutq o’stirish, topqirlik va hozirjavoblik, matn mazmuniga mos maqol tanlash, badiiy til vositalari, yod olish.
1.Topishmoq, tez aytish janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.

Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan intilishlari yotadi.

Topishmoqda yashirilgan narsalarning javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.

Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo'llanilgan. 1—2-sinf ,,O'qish kitobi" da topishmoqlar ko'proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf “O'qish kitobi" da „Kitobga mehr" matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo'lsa tashlama" topishmog'i keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar shunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi. 1—4-sinf o'qish darsliklarida „Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqiar ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o'stiradi. 1 —2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko'nikmalarini hosil qilgan bo'ladi.

Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf ,,O’qish kitobi"da „Buni toping, qizlarim" (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan.

Tez aytishlar ma'lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o'stiradigan, o'qish sur'atini oshiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko'pgina tez aytish­lar keltirilgan. Masalan, „Botir botmas botqoqqa", „Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", „Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga bayroqni berdimi?", „Olim oldidagi oltita olmani oldi" va boshqalar.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga o'quvchilar yoshiga mos, mavzular bo'yicha tanlab olingan, ko'proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga muvofiqdir.

Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o'rganish boshlang'ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o'rganishda esa o'qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.




  1. Download 0,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish