Iv semestr 1-mavzu: O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha Reja


She`rni o`qish darsida asosiy ish turi ifodali o`qish ekani



Download 0,91 Mb.
bet30/54
Sana10.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#170963
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
4-sem maruza matn oom

2.She`rni o`qish darsida asosiy ish turi ifodali o`qish ekani

She`riy nutqning ritmik qurilishini yaxshiroq tasavvur qilish uchun ritmik bo`lak va ritmik vositalarni belgilab olishimiz zarur. Ritmik bo`laklar sifatida bo`g`in (hijo), turoq(rukn), misra va bandni olamiz. Mazkur tushunchalar bilan siz maktabda tanishganligingizni hisobga olib, bu o`rinda ularga qisqacha to`xtalish bilan kifoyalanamiz.

Bo`g`in (hijo) bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlar guruhi bo`lib, u barcha she`r tizimlarida eng kichik ritmik bo`lak sanaladi. O`zbek she`riyatida qo`llaniluvchi barmoq tizimi uchun bo`g`inning sifati (qisqa, cho`ziq yoki o`ta cho`ziqligi, ochiq yoki yopiqligi, urg`uli yoki urg`usizligi) ahamiyatsiz bo`lsa, aruz tizimida uning qisqa, cho`ziq va o`ta cho`ziq navlari ajratiladi.

Turoq bilan ruknning ritmik bo`lak sifatidagi ahamiyati va darajasi teng keladi. Barmoq tizimiga xos bo`lmish turoq bo`g`inlarning ma`lum miqdorda guruhlanishidan hosil bo`lsa, aruz tizimiga xos rukn qisqa va cho`ziq hijolarning ma`lum tartibda guruhlanishidan hosil bo`ladi. Bu o`rinda bitta narsani unutmaslik kerakki, turoq so`zni hech vaqt bo`lmagani holda, rukn so`zning bir qisminigina o`ziga olishi, ya`ni uni bo`lib yuborishi mumkin.

She`rning alohida satrga joylashtirilgan bo`lagi misra deb yuritiladi. Misra bir necha turoq(rukn)ni birlashtirishi ham, birgina turoqqa, ya`ni, birgina so`zga teng bo`lishi ham mumkin. Biroq uning misra deb atalishi uchun katta-kichikligining ahamiyati yo`q. Misra oxirida zarb bo`lishi, o`zidan keyin sezilarli pauzaning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Shu jihatdan qaralsa, erkin she`rlardagi uchraydigan zinapoya shakliga solinib, har biri alohida satrga joylangan so`zni misra deyish to`g`ri bo`lmaydi, chunki ularda zarb bo`lgani holda, misra pauzasi mavjud emas.

She`rning ma`lum miqdordagi misralardan tarkib topib, mazmun va ritmik-intonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo`lgan bo`lagi band deb yuritiladi. Eng kichik band — ikki misra. Ikkilik bandlar odatda o`zaro qofiyalangan misralardan tarkib topadi. Mumtoz adabiyotimizda ikkilik band shaklini masnaviy shakli deb yuritiladi. Ikkilik bandning alohida bir ko`rinishi baytdir.

Bayt masnaviydan qofiyalanish tartibi jihatidan (dastlabki bayt o`zaro qofiyalanadi, keyingi baytlarning ikkinchi misrasi birinchi bayt bilan qofiyadosh bo`ladi) farqlanadi. Demak, biz g`azal, qasida, qit`a janridagi asarlarning bandlariga nisbatangina "bayt" atamasini ishlatsak to`g`ri bo`ladi. Uchlik bandlar nisbatan kam ishlatiladi. Mumtoz adabiyotimizda uchlik bandlar musallas (musallis) deb yuritiladi. Shu tarzda mumtoz adabiyotimizda to`rt misralik — murabba`, besh misralik — muhammas, olti misralik — musaddas, yetti misralik — musabba`, sakkiz misralik — musamman singari band shakllari ajratilgan. Mumtoz adabiyotimizdagi "musammat" degan umumiy nom ostida yuritiluvchi turg`un she`riy shakllar she`rning necha misralik bandlardan tarkiblanganiga qarab nomlanadi.

Misralararo ruknning takrorlanishiga e`tibor qilsak, rukn (ya`ni, cho`ziq va qisqa hijolarning muayyan tartibdagi guruhlanishi) har uch rukndan so`ng ayni o`sha tartibda takrorlanishi ko`riladi. Misra esa she`riy nutqning o`n besh hijoga teng bo`lagini rukn tartibida birlashtiradi va bayt doirasida har o`n besh bo`g`indan so`ng takrorlanadi. Olingan parcha g`azal janriga mansubligini e`tiborga olsak, band (bayt) ikki misraga muayyan ruknlar tartibida joylashgan o`ttiz hijoni jamlaydi va har o`ttiz hijodan so`ng takrorlanadi. Demak, hijo, rukn, misra va bandni she`rda o`lchov birligi sifatida qabul qilish mumkin, ularning kichigi o`zidan kattasining tarkibiga kirgan holda she`rning ritmik-intonatsion qurilishini ta`minlar ekan.

Ritmik bo`laklarning o`lchov birligi sifatidagi ahamiyati turli she`rlarda turlicha namoyon bo`ladi. Masalan, izometrik (misralardagi bo`g`inlar soni bir xil bo`lgan) she`rlarda bo`g`in, turoq, misra va band birdek ahamiyatga ega bo`lsa, getrometrik misralardagi bo`g`inlar soni turlicha bo`lgan) she`rlarda ularning mavqei o`zgaradi.

She`rning boshqa bandlari ham ayni shu tartibda qurilgan. She`rning birinchi va ikkinchi misralari 11 bo`g`indan bo`lib, uchinchi va to`rtinchi misralar qo`shilgan holda 11 bo`g`inni tashkil qilishi ko`rinib turibdi. Biroq uchinchi va to`rtinchi misralarning qo`shilishi, birinchidan, she`rning intonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish tartibiga ta`sir qiladi. Sababi, bu ikki misra qo`shilgani holda ular orasida nisbatan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo`ladiki, bu narsa intonatsiyaga ta`sir qiladi. Zero, hozirgi holatida har ikki misraning alohida satrlarga chiqarilishi ularning o`qilishidagi ta`kidni kuchaytiradi. Xullas, she`rdagi beshta bandning hammasi shu tartibda misralarga bo`linganki, bu xil she`rlarni getrometrik she`r deb ataladi. She`riy nutqning tashkillanishida ritmik bo`laklardan tashqari ritm hosil qiluvchi, ritmni kuchaytiruvchi unsurlarning ham katta badiiy-estetik ahamiyati bor. Ularni ritmik bo`laklardan farqlagan holda ritmik vositalar deb yuritamiz. Ritmik vositalar she`r ritmining ta`kidlanishi, kuchaytirilishiga xizmat qilib, ularning asosiylari sifatida ritmik pauza, qofiya va qofiyalanish sistemasini ko`rsatish mumkin.

She`rdagi har bir ritmik bo`lak boshqalaridan ritmik pauza hisobiga ajratiladi va shu ajratilish hisobiga bu bo`laklar o`ziga xos o`lchov birligi sifatida namoyon bo`ladi. Deylik, bo`g`in bir tovush zarbi bilan aytiladi va juda ham qisqa, sezilar-sezilmas pauza (aslida bu pauza emas, ikki tovush zarbining bir-biridan farqlanib turishi hisobiga "pauza"dek taassurot qoldiradi, xolos) bilan ajraladi. Turoqlardan keyingi pauza biroz sezilarliroq bo`lsa, misralar nihoyasidagi pauza yaqqol seziladi, band yakunidagi katta pauza unga ritmik-intonatsion tugallik baxsh etadi. Ritmik pauza bilan mantiqiy pauza doim ham bir-biriga mos kelavermasligi mumkin, ya`ni, she`riy nutqda vergul qo`yilmagan o`rinlarda ham to`xtalib o`tish va, aksincha, vergulli o`rinlarda to`xtalishni sezilmaslik darajasiga keltirish zarurati yuzaga kelishi odatiy holdir.

Misra yakunida keluvchi qofiyalar — so`z, qo`shimcha, ba`zan so`z birikmalarining ohangdosh bo`lib kelishi — ritmik jihatdan misrani ta`kidlab ko`rsatishga, she`rning ohangdorligi, musiqiyligi, ta`sirdorligini oshirishga xizmat qiladi. She`rni o`qish davomida (bu narsa ayniqsa yoddan o`qilganda yoki she`r tinglanganda yaqqol seziladi) qofiya misraning tugaganidan darak beradi, pauza bajarayotgan ajratish funksiyasini ta`kidlaydi.

She`riyatda qofiyaning bir qator ko`rinishlari (to`liq va to`liqsiz qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan assonans va undosh tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan dissonans qofiyalar; rus she`riyatida ochiq yoki yopiq bo`g`in bilan tugashiga qarab ochiq - "jenskaya rifma", yopiq - "mujskaya rifma" va b.) mavjud. Jumladan, hozirgi o`zbek she`riyatida qofiyadagi tovushlarning qay darajada mosligi jihatidan och (to`liqsiz) va to`q (to`liq) qofiyalar ajratiladi. To`liq qofiyada qofiyadosh so`zlarning tovush tarkibi to`la mos (misol tariqasida A.Qutbiddin qofiyalaridan keltiramiz: "buzib - uzib", "lo`killaganda - lopillaganda", "izlardan - yuzlardan") kelsa, to`liqsiz qofiyalarda qisman mos ("dahriy - qahridan", "tutun - Alovuddin", "titrab - guldurak") keladi.

Qofiyalanish tartibi deganda banddagi misrlarning o`zaro qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddagi qofiyalanish tartibi turlicha bo`lib, bu tartib bandning ritmik-intonatsion butunlikka birikishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi tomondan, o`qish jarayonida qofiya misraning tugaganligini ta`kidlaganidek, qofiyalanish tartibi bandning shakllanib bo`lganligi, tugaganini ta`kidlaydi. Masalan, to`rt misrali a - b - a - b tarzida qofiyalangan she`r o`qilayotgan bo`lsa, o`quvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni kutadi, tartib nihoyalanganida banddagi tugallanganlikni his qiladi. Ya`ni, qofiyalanish tartibi, bir tarafdan, she`r ritmining his qilinishiga, ikkinchi tarafdan, mazmun va ritmning uyg`unlashuviga, o`quvchi tasavvurida yaxlit birlik hosil qilishiga yordam beruvchi vosita ekan.




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish