Iv semestr 1-mavzu: O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha Reja


-mavzu: Masal va ilmiy ommabop janridagi asarlarni o’qitish metodikasi



Download 0,91 Mb.
bet33/54
Sana10.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#170963
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
4-sem maruza matn oom

7-mavzu: Masal va ilmiy ommabop janridagi asarlarni o’qitish metodikasi.
Reja:

  1. Masal – axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asar.




  1. Masal o’qish darslarining tuzilishi.




  1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida masal o’qitish metodikasi.


4.Ilmiy ommabop asarlarni boshlang’ich sinflarda o’qitish.
Tayanch so`z va iboralar: masal, axloqiy, hajviy va kesatiq mazmuni, majoziy obrazlar, kichik hajmli she’riy, nasriy asar, masal tiliga e’tibor, badiiy vositalar, allegoriyani ochish, emotsional baholash, analiz qilish, axloqiy mantiq, ilmiy ommabop asarlar, siyosiy daqiqa, siyosiy ilmiy mavzu, ilmiy ommabop asar o’qitish metodikasi, Davlat ramzlari, mukammal shaxs.

1.Masal – axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asar.

Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko`proq she`riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar – hayvonlar, jonivorlar va o`simliklar dunyosiga ko`chiriladi. Ko`pincha masalning kirish qismida, ba`zan oxirida qissadan hissa, ya`ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o`quvchilarni axloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo`nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o`tkirligi va xalqchilligi o`quvchilar nutqi va tafakkurini o`stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo`lgan kichik pyesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo`la oladi. U miloddan avval Yunoniston, Hindiston, Misr singari qadimiy mamlakatlarda tug’ilgan. Ayniqsa, yunon masalchisi Ezop asarlari katta shuhrat qozondi va bu janrning keyingi taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Keyinchalik masal janri rivojiga Fransiyada Lafonten, Rossiyada I.A.Krilov va o’zbek adabiyotida Gulxaniy katta hissa qo’shdilar.


Asrlar davomida masal janriga xos xususiyatlar deyarli bir xil bo’lib kelgan. Bu hol uning tasvir manbai va oldiga qo’yiladigan vazifalar bilan izohlanadi.
Masal axloqiy-ta’limiy maqsadlarni ko’zlovchi kichik allegorik she’riy hikoyadir. Masalda insonga xos turli salbiy xususiyatlarni kulgi ostiga olish yo’li bilan axloqiy-ta’limiy, nasihatomuz fikrlar olg’a suriladi.
Ko’pchilik masallarda odamga xos qusur va illatlar hayvonlar, parrandalar, baliqlar obrazi orqali ko’rsatiladi; allegoriya ertaklardagi kabi masallarda ham hayvonlarga xos bo’lgan ko’pchilikka ma’lum xususiyatlar (tulkining ayyorligi, bo’rining ochko’zligi, eshakning ahmoqligi, quyonning qo’rqoqligi, sherning qudratliligi, bulbulning xushovozliligi) tarzida maydonga keladi. Masal mazmuni ko’pincha siqiq, o’tkir va kichik voqea orqali ifodalanadi.
Masalga xos bunday syujet unda ifodalanayotgan mazmun ruhiyatini aniq-ravshan yuzaga chiqarish, allegorik shakl esa asardagi personajlar xarakterini qiyosiy yo’l bilan yorqin ko’rsatishga olib keladi. Ko’pchilik masallar ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismda, odatda, hajv ostiga olinayotgan narsa, hodisa yoki personaj, ya’ni qissa beriladi. Ikkinchi qismda esa, tasvirlangan voqeadan kelib chiqadigan axloqiy-ta’limiy, nasihatomuz fikr dashnom, xulosa tasvir etiladi, ya’ni qissadan hissa chiqariladi. Hamzaning «Toshbaqa va chayon» nomli masalining birinchi qismida toshbaqa bilan chayonning do’st bo’lib safarga chiqishgani, anhorga yetishganda, toshbaqa do’stini ustiga mindirib olgani, lekin suvda chayon xiyonat qilib, unga nishini sanchigani, keyin esa toshbaqa suvga sho’ng’iganida, xiyonatkorning oqib ketganligi hikoya qilinadi. Masal oxirida qissadan quyidagicha hissa chiqariladi:


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish