Iv kurs bitiruvchisi rajabov nizomiddinning abduvali qutbiddin ijodida lirik tuyg



Download 230 Kb.
bet18/20
Sana14.01.2022
Hajmi230 Kb.
#361581
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
diplom ishi tayyor[1] — копия[1]

Ne deyin sahroda dardkashim sarob,

Sir aytarim aksovul. ne deyin.

Kundan- kun ahvolim xarobdan- xarob,

Ichdim g’am mayin.
Hukmi ravonimga bo’ysunmas taqdir,

Endi yo’l bigina ruhlar ko’shkiga.

Tinch komga men qanday tushaman, axir,

Ishqiga to’ymadim.

Ishqiga.
Ularni to‘xtatib qolmoq, xotiraning poyonsiz kengliklariga joylamoq ancha mushkul ish. Lekin rostmaqna hayrat va beg‘ubor qalb sohibigina lahzalar tasvirini chizishga qodir. Ana o‘sha lahzalar tasviri shoir tasavvurining oydin jilvalari-la qalbimizning noyob mulkiga aylanib qoladi.
Tongdan yulib oldim, seni, Osima!

Quyoshdan taxt so’rab, shamoldan tulpor.

Tilab,so’rab topgan ganjim, xazinam,

Sen – chobuksuvor!
Shamshod daraxtiga ildim halinchak,

Soldim unga turfa gullar qiqirin.

Qizg’aldoq



Qog‘ozga tushirilgan lahzalarning tirikligi, ranglarning so‘zlashlari sizni hayratga soladi. Lahzalar tasviri oq-qora rangda emas, balki siz bilan biz ko‘rib, ko‘nikib ketgan ranglardan-da ranginroq. Ularni ko‘z bilan ko‘ribgina qolmay, xayol-tasavvuringiz ila ushlab ko‘rishingiz, ranglar haroratini vujudingizda his qila olishingiz mumkin.

Adabiyotshunos H.Umurov fikricha: «Ayniqsa, ko’pgina shoirlarimiz bugungi kunda o’z ijodlari nafasini – maqtovlarga va nasihatlarga burkaganlari uchunmi, o’zlarini kashf etishda davom etish o’rniga, aytgan borliqlarini takrorlayotganlari sabablimi, umum dardini, g’am-u anduhini, jasoratini, sog’inchini, shodligini kuylash o’rniga, o’zlarining shaxsiy sadoqatlari va muhabbatlari «qo’shig’ini» kuylayotganlari oqibatimi yoki bu uchchala holatning aniq birlashib ketgani va avjda ekani sababidanmi, har qalay, bu she’rlar yuksakligi, istiqlol g’oyasiga chambarchasligi bilan uxlaganni uyg’otadi, uyg’otganni fikrlatadi, fikrlaganni harakatga soladi».11

Qayd qilingan nazariy qarashlarda, umuman, ijodkor olamining o’ziga xosligi, betakror xususiyatga ega bo’lishiga urg’u berilgan.


Baliqning tishi-la tilimni tildim,

Yuragim urchuqday uch aylantirdim.

Ko’zimni qiynadim,

Qiynog’im qiziq…

Yayradim.
Qaldirg’och loysuvoq qilgan ochunda

Sevgim yo’llariga zor-zor qaradim,

Yoshlarim yal-yali

Taraldi tunda…

Yayradim

Shoir she’riyati o’zining ijtimoiy-estetik ahamiyati bilan, olamni va odamni badiiy-falsafiy tushunishning hamda tushuntirishi bilan ajralib turadi. Tabiat, jamiyat hodisalarining, ruhiy olami, sir-sinoatlarini idrok va ifoda qilishdagi obrazlilik, hayotiy detallarning yorqinligi, poetik obrazlarning ma’nodorligi, sermiqiyosligi bilan ruhimizni ma’nan boyitadi. Lirik qahramon qalbini og’ir tirnagan qiynoqlar azobida o’rtagan bu tuyg’u tasviri o’quvchi qalbini ana shu his girdobiga tashlaydi. Girdobga tushgan qalb esa yana to’lg’onadi. Bu kabi holatni har bir qalbga, vujudga shoir yuragining ziyosidan nurlangan sehrlovchi so’zlar olib kiradi. Bu misralarni shundoq olib qaraganda oddiygina, soddagina ko’rinadi. Ularda hech qanday sehrlilik, murakkablilik yo’qdek tuyulishi mumkin. Lekin ular qachonki, qalb ko’zi bilan o’qilsa, shu darajada ta’sirchanlik shu darajada musiqiylik, sehrlilik kashf etadiki, vujud beixtiyor ravishda munis, mehrli, nafis bokira hislar og’ushida qoladi. Bir vaqtlar qalbini larzaga solgan hislar, tuyg’ular qaytadan bosh ko’taradi.

Oshiqning intiq, intizor, sog’inchlarga ko’milgan, hijrondan zada qalbining yoniq manzaralari yurakda o’zining tiniq suvratini qayta tiklaydi. Bu manzara yoshlikning, muhabbatning sirli olamiga yetaklaydi. Qisqasi, shoir qalbining sog’inch manzarasi, ruhiy olamining shunga mos holati o’quvchini sehrlaydi. Uning sehrlangan qalbi shoir hislari qanotida o’zining cheksiz tuyg’ular olamiga parvoz qiladi. Ana shu olamni qayta kashf etayotgan o’quvchi xayollari hijron tog’larining o’tkir qirralariga urilgan damlarga qaytganday og’rinadi. Hijron azobini so’z bilan ifodalash mumkin emasligiga ishonadi.
Ikkimiz aylanib bir tomon bo’lsak,

Sen dilgir dildoru men yomon bo’lsam,

Boshi tugun zamon bir tomon bo’lsa,

Daqiqa so’rayman yorijon bo’lsang.

Ikkimiz aylanib bir tomon bo’lsak.
Ne imkon, bir tomon yuz tomon bo’ldi,

Orziqib-orziqib ko’z tamom bo’ldi,

Ayroliq gadodin shohjahon bo’ldi,

Puturlar g’aznamga g’aznabon bo’ldi

Ne imkon bir tomon, yuz tomon bo’ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, shoir she’riyatida lirik qahramon talqini shoir “meni” sifatida o’z aksini topdi. Bu orqali turfa xil holatlarni, ziddiyatlarni aks ettirdi. Lirik qahramon ruhiy olamida ifodalangan shoir shaxsiyati haqida so’z

borganda Abduvali Qutbiddin she’rlarida o’zgacha manzalar ucharaydi. Shu bilan birga shoir she’riyatidagi lirik qahramon dunyoqarashida mavjud voqelikga munosabat, davr ruhi aks etganini ham alohida ta’kidlash lozim. Shoir lirik

qahramoni ruhiy olami, har bir she’riy asar poetik g’oyasida u yashab turgan zamon va xalq, jamiyatning ma’naviy hayoti, ijtimoiy muammolari tiniq ko’zgudagi kabi aks etadi. Shoir rasavvur olamidagi go’zallik jilolari va tovlanishlari, tabiiyki, uning lirik qahramoni ruhiy olami boyliklarida, ular faoliyati va psixologik kechinmalarida o’z ifodasini topgan.


1 N.Rahimjonov. Mustaqillik davri o’zbek she’riyati. –Toshkent, “Fan”, 2007. 196-bet.

2 Adabiyot nazariysi. Ikki tomlik:II tom-T:”Fan”,1979,240-bet

3 S.Mengliyev. Lirik fojelik//O’zbek tili va adabiyoti.1991 3-son 7-bet

4 Adabiyot nazariysi. Ikki tomlik:II tom-T:”Fan”,1979,235-bet

5 Normatov U. Ijodning qo’sh qanoti. –T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. 5-bet.

6 Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. –T.: «Yangi asr avlodi», 2006. 338-bet.


7 Vohidov E. shoiru she’ru shuur. –T.: «Yosh gavrdiya», 1987, 76-bet.

8 Sharafiddinov O. Talan-xalq mulki. –T.: «Yosh gvardiya», 1979. 147-bet.

9 Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar. –T.: O’zdavrnashr, 1955. 138-bet.

10 Sarimsoqov B. Muhabbatga fido she’riyat // O’zbek tili va adaiyoti. 1990. №2, 12-bet.

11 H.Umurov. Adabiyot nazariyasi. –T.: «Sharq», 2002. 207-bet.


Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish