III.2. A. Qutbiddin ijodida lirik “men”
Har bir davr o’zidan avvalgi yoki keyingisidan qaysi bir jihati bilan ajralib turadi? Har bir davrning o’z qiyofasi, yurish turishi bo’ladi. Aynan o’zgachalik, turfa xillik ko’pincha shu davrda yashagan insonning umumiy kayfiyatini belgilaydi. Zero, odamzodning xayoli har qancha chuqur bo’lmasin, u o’z davrining ko’rinmas rishtalaridan batamom uzilib ketolmaydi. Shu ma’noda XX asrning qariyb ikkinchi yarmidan XXI asrga qadar davom etgan har xil shakllarda turlanishiga qaramay, mohiyatan yangilanish, rivojlanish davri bo’ldi. Endigi davr ijodkorlari hech narsadan hayiqmay, ikkilanmay ijod etishlari mumkin bo’ldi.
Kubro tug’in tutgan Samandar shohid,
Mulki vayronimda zog’ menga murid,
Oyog’im ostida to’shalgan dardim,
Cho’k tushdim.
Axtardim
Piyola qarshimda, osmon kistanar,
Afsus,to’ldirolmas yorug’ga afsus.
Chaqirib charchagan chuqur kenglikka,
Chiqaman xomush.
Badiiy tadriji takomillashgan sari, she’riyatda ham uslubiy-shakliy o’ziga xoslik qabarib ko’rina boradi. Ayniqsa, Abduvali Qutbiddin izlanishlarida soddalik va samimiylik zamiridagi millat va shaxs qismati aks ettirilar ekan, har qanday vaziyatda ham shoir dilidagi dardli satrlarni o’quvchiga ochiq – oshkor izhor qiladi:
Qirq kun chilla qurib o’tirdim maftun,
Senga-
Kunday balqib kelguvchi bayot.
Bor-yo’g’imdan ajrab qolsam-
Bir yutim,
Sevgi ber ilohiy, janobi hayot.
Sen menga suqlanib ko’z urma, urma,
Devmasman,
Ko’tarsam barcha yukingni.
Men yolg’iz ichishga tayyorman, tayyor,
Telbalardan qolgan zaxar yuqini.
Abduvali Qutbiddin ijod olamiga kirib kelishi bilan she’riyat bog’ida bahor nasimi esa boshlagandek bo’ldi. She’riyatning yangi kurtaklari barg yoza boshladi. To’g’rirog’i, she’riyat bog’iga fayzu-latofat kirib keldi. Qolaversa, she’riyat bog’iga kirib kelgan yangi avlod vakillari uning azaliy mohiyatini amalda isbotlashga kirishdilar.
Ma’lumki, she’r shoir ruhiy-psixologik holati sintezidir. Ijodkor idrokida nish urgan xususiylashgan tuyg’ular silsilasi lirik qahramon kechinmalarida maromiga yetadi. Unda poetik xarakterning shakllanish tarzi, shaxsiyatning tadrijiy takomili, finogenetik yangilanish hajmi aks etadi. Shunga muvofiq ravishda insonning biologik-estetik-qadriyaviy qirralari uzluksiz kechadigan jarayonda uyg’unlashadi. Turfa harakat va holat chiziqlari so’z-obraz-ruhiyat parchalari atrofiga jipslashib, muallifning borliqqa ijodiy munosabatini ifodalaydi. Ayni paytda, aqlda sayqal topgan, rivojlantirilgan shaxsiy kechinma umumiylikka intiladi va muayyan shakl-shamoyil doirasida sinxronik ko’lamga ega bo’ladi. Aslida, odamzod tabiati statistik aniqlikdan umuminsoniy mohiyat sari rivojlanib boradi. To’g’rirog’i, har qanday alohidalik zamirida insoniyatga xos zarif xislatlar ibtidosi murakkablashib boradi. Aynan xususiylashgan belgilarning o’zgachaligi barqarorlashgan mezonlar orqali namoyon bo’lishini e’tiborga olsak, individual shakllanish bosqichlari bashariyat tarixiy taraqqiyotining uzviy davomi ekanligi anglashiladi. Shu ma’noda, poetik til ma’no tadrijini muayyan tizimga solish, bir tomondan, shoir ijodining poetik o’ziga xosligini belgilab olish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, davr lirikasining spetsifik jihatlarini aniqlab olishga yordamlashadi. Abduvali Qutbiddin she’riyatida bu xususiyatlar o’ziga xos tarzda mujassamlashgan.
O’yma onlar imkonimdan qochib borar,
Titrak ohu jahonimdan qochib borar,
Tan hansirab jon-jonimdan qochib borar,
Tortay o’zim oy yuzingdan pardalarni,
Bo’zim qoldi, yutay so’nggi zardalarni.
Yalinchakman kuzning injiq chaqmog’iday,
Do'stlaringiz bilan baham: |