Iv kurs bitiruvchisi rajabov nizomiddinning abduvali qutbiddin ijodida lirik tuyg



Download 230 Kb.
bet17/20
Sana14.01.2022
Hajmi230 Kb.
#361581
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
diplom ishi tayyor[1] — копия[1]

Yiqilgayman ho’ng-ho’ng yig’lab oyog’ingga,

Cho’g’day yashnab so’nishim bor dudog’ingda,

Bo’zim qoldi, tortay o’zim pardalarni,

Oy yuzingdan sidiray men zardalarni.

Yuqoridagi she’rning mohiyatida shoirning achchiq dil izhorlari bilan kitobxon xotiralari, yaqin-uzoq o’tmish manzaralari so’zsiz sirlashadi. Bunday nozik kuzatish shoir dilidagi hasratni ifoda etgani bilan juda ko’pchilikka birdek ta’sir etadi. Ayniqsa, so’nggi satrlarida buni juda boshqacha tushunib boramiz.


Kurtakladim, g’unchaladim gurkiradim,

Ahyon-ahyon had totinib guldiradim,

Menam qalbim labga olib chuldiradim,

Bo’zim qoldi, tortay o’zim pardalarni,

Senga boqib yutay so’nggi zardalarnni
Bir qarashda juda sodda tuyulgan bu satrlarda shoir hech kimga o’xshamagan qalb portretini “men”ini yaratadi. Buni yangilanayotgan badiiy tafakkurning mahsuli sifatida qabul qilish ayni o’rinlidir. Binobarin, lirik ifoda tabiatining eng birinchi xususiyati uning samimiyligida namoyon bo’ladi. Tuyg’u chin bo’lmasa, asar badiiyati kemtikligicha qoladi.

Ma’lumki, lirikada tasvir usuli qanchalik g’ayritabiiy tuyulmasin, kichik hajmli she’rda ruhiyatni chizish va fikr aytish imkoni katta bo’ladi. She’r qancha qisqa bo’lsa, unda tag ma’no va ishoraga shuncha ko’p joy qoladi. Bunda she’rxonga matndan turli-tuman kashfiyotlar qilish imkoniyati beriladi.

Adabiyotshunos Q.Yo’ldoshev «Yoniq so’z» asarida qayd qilganidek: «Shaxsiyatga xos mag’rurlik, qaysarlik, ayni paytda, mislsiz mehnatkashlik, bo’ysinmaslik, tengsiz kuchli xotira tinimsiz o’qib o’rganish stixiyasi, rostgo’ylik singari jihatlar shoir ijodining o’ziga xosligini belgilaydi»6.

Qisqa she’r o’quvchiga ishonchning ifodasi bo’lib, uni badiiy so’zga iste’molchisidan poetik holatni tuyish, badiiy manzarani jonlantirish jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko’tarishga urinish natijasi sifatida namoyon bo’ladi:

Shuni alohida ta’kidlash zarurdek tuyuladiki, shoir ijtimoiy mavzuda qalam tebratib, hayotning yaxshi va yomon nurli va nursiz tomonlariga urg’u berib, insoniyat qalbida yomonlikka nafrat, yaxshilikka muhabbat tuyg’ularini tarbiyalab boradi. Ammo hozirgi davrda, texnika asrida inson qalbining oliy tuyg’usi – muhabbatni e’zozlash, bu e’zozni she’riyat orqali yanada ulug’lash muhim ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga egadir. Chunki har bir kishining jamiyatning axloqiy qoidalariga rioya qilish-qilmasligini hamisha qonun kuchi bilan tartibga solish nihoyatda qiyin. Balki, she’riyatga har bir xalqning o’ziga xos milliy ruhini singdirib, uning xarakterida axloq va odob, hayo, iffat singari fazilatlarni tarbiyalash asrimiz kasaliga aylanib borayotgan «erkin muhabbat» rivojining oldini olishning, oilalar mustahkamligining, tirik yetimlar ko’paymasligini ta’minlashning ma’naviy choralaridan biridir. Shoirlar hamisha zamondan bir qadam ilgari yurishadi. Lekin achchiq haqiqat ular tomonidan, she’r tili bilan aytilsa, erish tuyulib qoladi. Shu zahoti ijodkor ma’naviyati «chuqur o’rganishga» kirishiladi. Axir, shoir ham shu xalqning, yurtning farzandi.

Taniqli adabiyotshunos olim U.Normatovning e’tirof etishicha: «Shoirlik shaxsi qanday bo’lsa, she’riyati ham o’shanday bo’ladi, degan naql bor. Bu gap barcha shoirlarga to’g’ri kelaveradi. Biroq bu naql Abduvali Qutbiddinga to’laligicha daxldordir».

Hayot va inson tashvishlari bilan yashash, o’ylash shoir ijodiga xos fazilat. «Zamonlar o’tdi, dunyoqarashlar o’zgardi, dinlar, g’oyalar almashindi. Lekin shoir hamisha elning jigari bag’ridan bunyod bo’lg’usi zurriyot, el xonadonining chirog’i, ertangi kunga yetuvchi sadosi bo’ladi.

Xalqning davrning xotirasi bo’lib dunyoga keladi. Shoirsiz yurt-bulbulsiz chaman, yulduzsiz osmon, mayoqsiz bandargoh. Shoir qaysi zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o’z qalbining holatini ayon etadi va agar bu holat minglarning, millionlarning qalbiga esh bo’lsa shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi».7

Shoir qalb kengliklaridagi iztiroblar esa misralarga singdiriladi. Shuning uchun ham shoirlik qismat deb qaralgan. Shu tariqa she’r shoir ruhiy-psixologik holati sintezidir. Ijodkor idrokida nish urgan xususiylashgan tuyg’ular silsilasi lirik qahramon xarakterida o’z aksini topadi.

Lirik qahramonga kelsak, u o’ta o’ychan, fikrchan, og’ir va bosiq. Bir qaraganda u hayot muammolari haqida ko’p ham kuyib-yonmayotgandek tuyuladi. Ammo lirik qahramonning har bir fikri, mushohadasi mag’zini o’ziday bosiqlik, o’ychanlik, fikrchanlik bilan chaqilsa, uning qalbidagi maqsadlar, umidlar ummonining benihoya teranligi his-hayajon, tuyg’ular kamalagi nurlarining behad o’tkirligida ko’rinadi. Olimning e’tiroficha: «Lirikadagi poetik obraz fikr bilan tuyg’uning uzviy birikishidan tug’iladi»8.

Shoirning hayotni, inson ma’naviy olamini tushunish, qalbini o’qish iqtidori ulkan va chuqur, yuzasi osoyishta ko’rinuvchi, ammo tubi notinch va tezoqar daryoni eslatadi. Mana shu har bir shoirdagi o’ziga xosliklar zarur paytda, ya’ni insondagi ma’naviy yetuklikni, qalban poklikni, tabiatan tozalikni himoya qilish borasidagi kurashlarga qo’zg’alganda, tabiiy ravishda, bir-biriga suyangan, bir-birini quvvatlagan holda mushtaraklik kashf etib ketaveradi.

Janriy izlanishlaridagi o’ziga xoslikni aniqlash uchun bir qadar muhim ahamiyat kasb etadi. Rus munaqqidi bu haqda shunday yozadi: «Lirik shoir o’z shaxsiyati uchun butunlay tashqi bo’lgan, o’ziga begona bo’lgan dunyodan olgan tuyg’uni ifoda qilgan vaqtida ham u subyektivdir: chunki u ifoda etgan har qanday tuyg’u ijod qilish vaqtida uning o’z xususiy tuyg’usi bo’lib qoladi. Bu tuyg’u shoirning asarlarida fikr va tuyg’u uyg’unligi, musiqiylik, tasviriylik hamda milliy jozibadorlik yetakchilik qiladi».9

Abduvali Qutbiddin tuyg’ularida bezovtalik sezilib turadigan shoir. Shuning uchun ham xalqona ohangda jaranglaydi. Xuddi musiqa tinglayotgandek ko’ngilga yaqin bo’lib, kirib boradi. Ayniqsa, Vatan haqidagi she’rlarini o’qigan odam yuragida shu tug’ilib o’sgan yurtiga cheksiz muhabbati, hurmati oshaveradi. Shoirning hayqiriqlari, dil nolalari «shu muqaddas Vatanda insonning azizligini», tuprog’ining har bir hovuchini asrab-avaylashga, ko’z qorachig’idek saqlashga undaydi.

Ruhiy evrilish holatlari qahramonlarning e’tirofi, o’z tilidan ko’chgan iqror, inkor shakllarda ko’proq uchraydi. Bu hol qahramonlar fe’li-faoliyati orqali namoyon bo’lgan ma’naviy-psixologiyasini yoritish vositasida yuzaga chiqadi. Adabiyotshunos B.Sarimsoqov qayd etganidek: «shoir e’tiqodi, uning borlig’i, suyanch tog’lari – inson. Olam va odam taqdiri haqida qayg’urish haqiqiy shoir qalbini junbushga keltirib turadigan darddir».10

Abduvali Qutbiddinning qaysi bir she’rini olib ko’rmaylik, shuning yanada boshqacharoq ifodasini ko’ramiz. Chunki anglagan tushunchalari, o’zligini teranroq tushunishga olib boradi.


Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish