Iv- bob. Nazorat o‘lchov asboblari


Spidometrlarning hisoblash mexanizmi



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932797
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
7-мавзу

Spidometrlarning hisoblash mexanizmi.
Hisoblash mexanizmi yuritmani 
14,13 valchalar orqali qo‘chqaroqli (chervakli) shesternadan oladi. Oraliq val-
chalarning o‘zi ham qo‘chqaroqli juftlarga ega. Hisoblash mexanizmi umumiy 
o‘qqa erkin joylashtirilgan silindr barabanchalar 6 to‘plamidan iborat (4.17-rasm). 
Har bir barabanchaning gardishiga 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar tushirilgan. 
Barabanchalar spidometr shkalasining orqasiga joylashtirilgan bo‘lib, ulardagi 
ko‘rsatkichlarni o‘qish uchun maxsus darcha qoldirilgan. 
Spidometr hisoblash mexanizmlarining barabanchalari tashqi yoki ichki ilash-
ishli bo‘lishi mumkin. Hisoblash mexanizmi tuzilishini va ishlashini bara-
banchalari tashqi ilashishli bo‘lgan mexanizm misolida ko‘rib chiqamiz. O‘ng 
4.17-rasm. Tashqi ilashishli hisoblash mex-
anizmi 


143 
tomondagi birinchi barabancha (agar 
hisoblash mexanizmiga old tomonidan 
qaralsa) oraliq valcha 13 (4.16-rasm) bi-
lan doimo ilashgan holda bo‘lganligi 
sababli, avtomobil harakatlanganda u 
aylanadi. Hisoblash mexanizmining har 
bir barabanchasi (birinchisidan tashqari) 
o‘ng tomonining chekka sirtida yigirma-
tadan tishchaga 4 (4.17-rasm), chap 
tomonida esa ikkita tishcha 7 ga ega. 
Harakat bir barabanchadan keyingi bar-
abanchaga bir o‘qqa joylashtirilgan 
maxsus kichik modulli shesternalar 
(tribkalar) yordamida uzatiladi. 
Tribka 8 ning barabanchalar bilan ilashishga kirishadigan oltita tishchasi 
bo‘lib, uning uchtasi (bitta oralib) kaltalashtirilgan. Birinchi barabancha 
aylanganda uning ikki tishchali tomoni tribkaning kaltalashtirilgan tishi bilan 
ilashib uni aylananing 1/3 qismiga buradi va o‘z harakatini davom ettiradi. O‘z 
navbatida tribka o‘zining uzun tishlari bilan keyingi barabanchani ikki tishchaga
ya’ni aylananing 1/10 qismiga buradi. Boshlang‘ich barabanchaning ikki tishchali 
tomoni bir marta to‘la aylanmaguncha, tribka aylana olmaydi, chunki uning ikkita 
uzun tishchasi barabanchaning silindr qismi bo‘ylab sirg‘anadi. Bu har bir bara-
bancha 1/10 qismga buralishi uchun oldingi barabancha albatta bir marta to‘la 
aylanishini ta’minlaydi. Olti barabanchali spidometrlarda boshlang‘ich bara-
bancha 100000 marta aylanganda, qolganlari dastlabki holatiga qaytadi va 
hisoblash mexanizmining shkalasidagi ko‘rsatkichlar yana noldan boshlanadi. 
Spidometrlarning tezlik va hisoblash mexanizmlarini aylantirish uchun egilu-
vchan val juda keng tatbiq topgan. Ularning tuzilishi sodda, ishonchlik darajasi 
yuqori. Shu bilan birga egiluvchan vallar bir qator kamchiliklarga ega: tez yey-
ilishi, aylanishining notekisligi, ishlatish mumkin bo‘lgan uzunligining che-
klanganligi (3500mm gacha) va uni avtomobilda joylashtirlishining ancha mu-
rakkabligi. Dvigateli orqa tomonida joylashgan (ЛАЗ) yoki kabinasi ko‘tari-
ladigan (MAЗ, KРAЗ) avtomobillarda elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi. 
Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spidometrlarda ishlati-
ladigan tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlari qo‘llanadi. Elektr yuritma - 
uzatmalar qutisiga o‘rnatilgan datchik, tezlik o‘lchash mexanizm-ining kirish va-
lini aylantiruvchi uch fazali sinxron elektrodvigatel va elektrodvigatelni 
boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. Elektrodvigatel rotori tutashgan doimiy 
magnit ko‘rinishida tayyorlangan. Elektordvigatel va boshqarish sxemasi 
spidometrning tezlik o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtiril-
gan. Datchik sifatida uch fazali o‘zgaruvchan tok gene-ratori ishlatilib, unda rotor 
vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. Egiluvchan val singari datchik ro-
tori ham harakatni uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan oladi. El-
ektrodvigatel va generator statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular bir-biriga 
4.18-rasm. Elektr yuritmali spidometr 
sxemasi


144 
nisbatan 120
0
burchak ostida joylashtirilgan va «yulduz» sxemasi bo‘yicha 
ulangan (4.18-rasm). 
Generator (datchik) rotori aylanganda statorning L1, L2 va L3 cho‘lg‘amlarida 
faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 120
0
ga surilgan sinusoidal EYUK induksiya-
lanadi. EYUK impulslari chastotasi rotorning aylanishlar chastotasiga pro-
porsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga 
uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor 
ochiladi va elektrodvigatel statorining L1

, L2

va L3

g‘altaklarining biriga tok 
manbaidan tok o‘tadi (4,20-rasmda punktir strelkalar bilan tokning L1 g‘altakka 
borish yo‘li ko‘rsatilgan). Generator rotori 120
0
ga burilganda, uning statoridagi 
boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keyingi tranzistor ochi-
ladi. Bu holda tok manbaidan kelayotgan tok elektrodvigatel statorining ham key-
ingi g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel statori chulg‘amlaridan 
tok manbaidan kelayotgan impulsli tok o‘tadi va datchik rotorini aylanish 
chastotasiga sinxron bo‘lgan aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi. Bu
aylanuvchi magnit maydon elektrodvigatel rotorining magnitlari bilan o‘zaro 
ta’sirlanib, rotorni aylantira boshlaydi. Rotor esa, o‘z navbatida, spidometrning 
tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlarini harakatga keltiradi. Elektrodvigatel 
rotorining aylanish chastotasi generator (datchik) rotorining aylanish chastotasi, 
demak avtomobilning harakatlanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. R1 
- R6 rezistorlar tranzistorlarni ochilib-yopilish sharoitlarini yaxshilash uchun xiz-
mat qiladi. 
Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasini uch xil usul bilan o‘lchash 
mumkin: 
1)
aylanish chastotasini qayd qiluvchi maxsus datchiklar yordamida ; 
2)
o‘t oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining uzilish chastotasini qayd qilish 
orqali ; 
3)
generator fazalarining birida kuchlanish impulslarining chastotasini qayd qi-
lish yo‘li bilan. 
Aylanish chastotasini qayd qiluvchi datchik bilan ishlaydigan taxometrning 
tuzilishi va ishlashi, elektr yuritmali spidometrlarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular 
datchikning o‘rnatilish joyi va shkalani darajalanishi bilan farq qiladi. Bundan 
tashqari, taxometrlarda hisoblash mexanizmiga ehtiyoj yo‘q.
Benzinli dvigatellar tirsakli valining aylanishlar chastotasini nazorat qilish 
uchun ko‘p hollarda 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish