Iv- bob. Nazorat o‘lchov asboblari


km da)  yonilg’i sarfi ( l



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932797
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
7-мавзу

km
da) 
yonilg’i sarfi (
l
da), yonilg’ining solishtirma sarfi (
100 km
ga 
l
da) va yonilg’ining
soatli solishtirma sarfini (
l/soat
da) kuzatish mumkin. 4.20-rasmda TЭMС1 bel-
gili taxografning yuza tomondan ko’rinishi, 4.21-rasmda esa taxografning dia-
grammali diskidagi yozuvlar nusxasi keltirilgan. 
4.8. NAZORAT- O‘LCHOV ASBOBLARINING RIVOJLANISH 
ISTIQBOLLARI 
Nazorat-o‘lchov asboblari rivojlanishining keyingi bosqichlari avtomobilso-
zlikka elektronika va mikroprosessor texnikasi keng ko‘lamda joriy qilina bosh-
langanligi bilan bog‘liq. 
Nazorat-o‘lchov asboblarining yangi avlodi - elektron indikatorlar (vakuum-
luminessentli, yorug‘lik tarqatuvchi diodli va suyuqlik kristalli) ishlab chiqilishi 
va avtomobillarga o‘rnatilishi haydovchiga zarur ma’lumotni nafaqat analogli 
(ya’ni strelkali ko‘rsatkichlar) ko‘rinishda, balki raqamli, grafikli va matn 
shaklida yetkazish imkonini beradi. 
Hozirgi zamon avtomobillarida nazorat-o‘lchov asboblari har xil qo‘shimcha 
nazorat va diagnostik tizimlar (bortdagi nazorat tizimi, doimiy o‘rnatilgan 
datchiklar tizimi, marshrut kompyuterlari, naviga-tsiya tizimi va hokazo) bilan 
birga axborot-diagnostika tizimini tashkil qiladi. 
Bortdagi nazorat tizimi (BNT) avtomobilning agregat va tizimlaridagi bir qator 
parametrlar haqida xabar berib, ularga texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi haqida 
haydovchini ogohlantiradi. BNT yordamida ishlatiladigan suyuqliklar sathini, 
tormoz ustquymalar holatini, yoritish tizimidagi lampalar sozligini, filtrlar ho-
latini avtomatik ravishda nazorat qilish mumkin. 
Diagnostikaga ketadigan vaqt va mehnat hajmini kamaytirish maqsadida avto-
mobillar doimiy o‘rnatilgan datchiklar tizimi bilan jihozlanmoqda. Datchiklardan 
kelgan simlar shtekkerli bo‘linma orqali diagnostik asboblarga ulanadi. Bu juda 
qisqa vaqt davomida avtomobilning texnik hola tini aniqlash imkonini beradi. 
Bunga misol tariqasida NEKSIA avtomo-billarining texnik holatini diagnostika 
qilish uchun ishlatiladigan skanerlash moslamasi SCANNER-11 ni keltirish 


148 
mumkin. Bu as-bob ixcham, qo‘lda olib yuriladigan qilib ishlangan bo‘lib, unga 
juda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lgan kompyuter joylashtirilgan. SCANNER-11 
yordamida NEKSIA avtomobillarining yonilg‘i purkash, dvigatel toksinligini 
kamaytirish va boshqa elektron tizimlardagi nosozliklarni juda tez aniqlash mum-
kin. 
Oxirgi vaqtda avtomobillar uchun marshrut kompyuteri nomi bilan yuri-
tiladigan moslama ishlab chiqilib, u haydovchiga harakat tezligi, yonilg‘i sarfi, 
bosib o‘tilgan yo‘l va vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha axborotlarni beradi. 
Harakat xavfsizligini ta’minlashda avtomobilning harakatlanish rejimi, alo-
hida tizim va agregatlarining texnik holati haqidagi ma’lumot bilan birga tashqari-
dan olinadigan, xususan, yo‘lning holati (muz bilan qoplanganligi, ta’mir-
lanayotganligi va hokazo), obi-havo sharoiti, yo‘llar xaritasi, manzilga etib bor-
ishning eng qulay marshruti kabi qo‘shimcha ma’lumotlar ham katta ahamiyatga 
ega. Bu ma’lumotlar avtomobilning axborot- diagnostika tizimiga yo‘l bo‘ylab 
joylashtirilgan datchiklardan, maxsus radio uzatish stansiyalaridan, erning sun’iy 
yo‘ldoshlaridan kelish mumkin. Bu moslamalar avtomobil axborot-diagnostika 
tizimining eng yangi yo‘nalishlariga oid bo‘lgan navigasiya tizimga kiradi. 
Avtomobillarda nutq sintezatorlari paydo bo‘lishi axborot-diagnostika tizim 
imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ko‘z bilan ko‘riladigan ma’lumotlarni akustik 
axborotlar bilan to‘ldirdi (masalan, «To‘xtang va moy sathini tekshiring» , 
«To‘xtang va sovutish tizimini tekshiring», va hokazo).

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish