Iv- bob. Nazorat o‘lchov asboblari


 YONILG‘I SATHINI O‘LCHASH ASBOBLARI



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
7-мавзу

4.4. YONILG‘I SATHINI O‘LCHASH ASBOBLARI 
Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblari avtomobil bakidagi yonilg‘i hajmini va u 
qancha masofaga yetishini baholash imkonini beradi. Hozirgi zamon avto-
mobillarida yonilg‘i sathini o‘lchash uchun elektr asboblar ishlatiladi. Bu as-
boblarning datchigi yonilg‘i bakiga, ko‘rsatkich esa, haydovchi kabinasidagi as-
boblar paneliga joylashtiriladi. Ko‘rsatkich shkalasi bak hajmi ulushida dara-
jalanadi: O, 1/4, 1/2, 3/4, 

(yoki F). Ko‘rsatkich sifatida ikki turdagi asboblar
joriy topgan: elektromagnitli va logometrik. Har ikkala ko‘rsatkich bilan 
yonilg‘i sathi o‘zgarganda qarshiligi o‘zgaradigan bir xil reostatli datchiklar ish-
latiladi. Ba’zi datchiklarga qo‘shimcha kontaktlar o‘rnatilib, ular bakdagi yonilg‘i 
ma’lum minimal qiymatgacha kamayganda (taxminan 50 - 100 km masofaga 
yetadigan darajagacha) tutashadi va asboblar panelidagi lampa yonadi. 
 
 
4.11-rasm.
 
Avariyali bosim 
xabarchila-rining datchiklari: 
a – MM10 (membranali);
b – MM120 (prujinali) 


138 
Reostatli datchikning (4.12-
rasm) sezuvchi elementi sifatida kaprondan tayyorlangan silindrik qalqi 1 ish-
latilib, u pishang 7 bilan birga o‘q 2 atrofida buralishi mumkin. Shu o‘qning o‘ziga 
reostatning bronzali sudralgichi 9 mahkamlangan va u harakatlanganda reostat 
chulg‘ami 12 ustida sirg‘aladi. Reostat chulg‘ami 0,2 mm li nixrom simdan 
tekstolit taxtacha 10 ga o‘ralgan. Rux qotishmasidan tayyorlangan datchik korpusi 
ikki bo‘lakdan (3 va 4) iborat bo‘lib, ular bir-biriga murvat 6 yordamida biriktiril-
gan. Korpusning ustki bo‘lagi 4 dagi chiqish qisqichi 5 ga reostat chulg‘amining 
bir uchi 11 ulangan. Reostat sudralgichi sim halqa 8 yordamida datchik korpusiga 
ulangan. Yonilg‘i sathi kamaysa datchik qalqisi pastga tushadi va u bilan birga 
sudralgich ham buralib reostat qarshiligini kamaytiradi. 
KaмАЗ avtomobillariga o‘rnatil-gan БM158-A belgili datchik boshqacharoq 
tuzilgan bo‘lib, ularga qo‘shim-cha juft kontaktlar o‘rnatilgan. Bu kontaktlar 
tutashganda, asboblar panelida (odatda yonilg‘i sathi ko‘rsatkichining ichida) sig-
nal lampa yonadi va haydovchini yonilg‘i tugayotganligidan ogoh qiladi. ВАЗ 
avtomobillariga o‘rnatilgan БM150 datchiklari ham shunga o‘xshash tuzilishga 
ega. 
Elektromagnitli ko‘rsatkich (4.13-rasm) asos 4 ga mahkamlangan yumshoq 
po‘lat o‘zakli bir-biriga nisbatan 90
0
burchak ostida joylashtirilgan ikki g‘altak 5 
va 7 dan iborat bo‘lib, ularning usti qutb poynaklari 6 va 8 bilan qoplangan. 
G‘altaklarning o‘qlari kesishgan nuqtada joylashgan o‘qda ko‘rsatkich strelkasi 
2, jez posongi 1 va po‘lat yakorcha 10 mahkamlangan. O‘t oldirish kaliti 5 
ulanganda tok akkumulatorlar batareysidan ampermetr va ko‘rsatkichning 
B
qisqichi orqali g‘altak 5 dan o‘tadi, keyin ikki zanjirga bo‘linadi: g‘altak 7 orqali 
korpusga va datchik reostati 9 orqali korpusga. G‘altaklar 5 va 7 dan tok o‘tganda, 
ular atrofida magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu ikkala magnit maydonlarning 
o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan natijaviy magnit maydon po‘lat yakorchani va u bi-
lan birga strelkani o‘z magnit kuch chiziqlari bo‘ylab yo‘naltiradi. 
4.12-rasm.Yonilg‘i sathini o‘lchash asbobining reostatli
datchigi 


139 
Yonilg‘i sathi o‘zgarganda 
datchik reostatining qarshiligi 
ham o‘z garadi. Natijada 5 va 7 
g‘altaklardan o‘tayotgan tok va 
ularda hosil bo‘la-yotgan magnit 
maydonlarning o‘zaro ta’siri 
o‘zgaradi. Bu, natijaviy magnit 
maydon va unga mos ravishda 
strelkaning holati o‘zgarishiga
olib keladi. Asbob tok manbaidan 
ajratilganda, posongi 1 strelkani 
dastlabki holatiga qaytaradi. 
Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblaridagi logometrik ko‘rsatkichlar tuzilishi, 
temperatura va bosim o‘lchash asboblarining logometrik ko‘rsatkichlari (4.3-
rasm) bilan bir xil bo‘lib, bir-biridan - g‘altaklardagi o‘ram lar soni va rezistorlar 
kattaligi bilan farq qiladi. Logometrik ko‘rsat-kichlarning o‘lchash aniqligi el-
ektromagnitli ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha yuqori, chunki ularda temperatura 
o‘zgarishibilan o‘zining magnit o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib turuvchi ancha 
salmoqli magnit o‘tkazgichlar yo‘q. Bundan tashqari, logometrik ko‘rsatkichlarda 
strelkaning burilish burchagi nisbatan katta. Strelka va yakorchaga posangi kerak 
emas, chunki ular dastlabki holatiga ko‘rsatkich qobig‘iga joylashtirilgan kich-
kina doimiy magnit yordamida qaytariladi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish