Iv- bob. Nazorat o‘lchov asboblari


 AKKUMULATORLAR BATAREYASINING ZARYAD



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932797
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
7-мавзу

 
4.5. AKKUMULATORLAR BATAREYASINING ZARYAD 
REJIMINI NAZORAT
QILISH ASBOBLARI 
Akkumulatorlar batareyasining zaryadlash rejimini nazorat qilish bir vaqtning 
o‘zida generator va rele-rostlagichning texnik holatini ham nazorat qilish imkoni-
yatini beradi. Zaryadlash rejimini nazorat qilish ampermetr, voltmetr yoki signal 
lampa yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ampermetr zaryadlash zanjiriga 
ketma-ket, ya’ni akkumulator va generatorning musbat qutblari orasiga ulanadi. 
Avtomobil ampermetrlari elektromexanik asboblar turkumiga mansub bo‘lib, 
ularning elektromagnitli yoki magnitoelektr turlari mavjud. 
4.13-rasm. Elektromagnitli yonilg‘i sathi 
ko‘rsatkichi 


140 
Elektromagnitli yoki 
qo‘zg‘almas magnitli ampermetrlar sodda tuzilishiga ega bo‘lganligi sababli ken-
groq tatbiq topgan. Ampermetr (4.14-rasm) asos 4, doimiy magnit 3, jezdan 
tayyorlangan o‘tkazgich 1, yakorcha 5 va strelka 2 dan iborat. Asbob zanjirida tok 
bo‘lmaganda yakorcha 5 doimiy magnit yo‘nalishi bo‘ylab gorizontal holda 
bo‘ladi va strelka ko‘rsatkich shkalasining o‘rtasida, ya’ni 0 belgisi ro‘parasida 
turadi. Asos 4 va jez o‘tkazgich 1 orqali tok o‘ta boshlasa, uning atrofida hosil 
bo‘lgan magnit maydon ta’sirida yakorcha 6 va u bilan birga strelka 1 tok 
yo‘nalishiga ko‘ra u yoki bu tomonga og‘a boshlaydi. Agar strelka o‘ng tomonga 
og‘sa zaryadlanish, chap tomonga og‘sa, razryadlanish jarayonini ko‘rsatadi. 
O‘tayotgan tokning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, strelkaning burilish burchagi 
shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Generator qurilmasi haydovchi kabinasidan uzoqroq joylashgan bo‘lsa (masa-
lan, ЛАЗ avtobuslari) yoki generatorlarning quvvati va o‘lchanadigan tok qiymati 
katta bo‘lgan hollarda, kesim yuzi katta bo‘lgan simlarni kamroq ishlatish maqsa-
dida magnitoelektr tizimga mansub, qo‘zg‘aluvchi magnitli ampermetrlar qo‘lla-
niladi. Bu turdagi ampermetrlarning tuzilishi logometrik ko‘rsatkichlarning (4.3-
rasm) tuzilishiga juda o‘xshash. Po‘lat qobiq 4 (4.15-rasm) ichida murvatlar 
yordamida ikkita plastmassa karkas 3 mahkamlangan. Yig‘ish jarayonida kar-
kaslar orasiga qo‘zg‘aluvchi, lappaksimon magnit 6 joylashtirilib, unga o‘q va 
strelka 7 harakatini cheklagich 8 mahkam biriktirilgan. Strelka o‘qi podshipnik
va ustki karkasning yo‘naltiruvchisida aylanadi. Qo‘zg‘aluvchi magnit 6, che-
klagich 8 bilan birgalikda karkaslar orasidagi halqasimon bo‘shliqda, ustki kar-
kasda o‘yilgan yoysimon teshik doirasi bilan cheklangan burchakka burilishi 
mumkin. Karkasga kichkina simdan g‘altak 5 o‘ralgan. G‘altakka parallel rav-
ishda shunt 1 ulangan. Po‘lat qobiqning tashqi sirtiga qo‘zg‘almas doimiy magnit 
2 o‘rnatilgan. G‘altakda tok bo‘lmagan holda qo‘zg‘aluvchi 6 va qo‘zg‘almas 2 
doimiy magnitlarning o‘zaro ta’siri natijasida strelka shkalaning nol belgisi 
ro‘parasiga turadi. G‘altakdan tok o‘tganda uning atrofida qo‘zg‘aluvchi magnit 
6 ning magnit maydonga 90
0
burchak bilan yo‘nalgan magnit maydon hosil 
bo‘ladi. Bu ikkala magnit maydonlarining o‘zaro ta’siri natijasida qo‘zg‘aluvchi 
magnit 6 va u bilan birga strelka 7 ma’lum burchakka buriladi. G‘altakdan o‘ta-
yotgan tok miqdori ortishi bilan uning atrofida hosil bo‘layotgan magnit maydon 
4.14-rasm. Elektro- 
magnitli tizimdagi 
ampermetr
4.15-rasm. Magnitoelektr
tizimidagi ampermetr 


141 
ham kuchayadi va strelka yana kattaroq burchakka og‘adi. G‘altakdagi tok 
yo‘nalishining o‘zgarishi (masalan, razryadlanish jarayoni ) uning atrofida hosil 
bo‘layotgan magnit oqim yo‘nalishining ham o‘zgarishiga olib keladi va strelka 
teskari tomonga og‘adi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish