Иқтисодий таҳлил



Download 6,54 Mb.
bet46/66
Sana01.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#726455
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
tahlil 51

41-вариант
1.Бухгалтерия баланси ва уни таҳлилда қўлланилиши.
Buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy manbai hisoblanadi. “Balans” atamasi lotincha bis - ikki marta, banx - tarozi pallasi so'zlaridan tarkib topib, tom ma’noda ikki palla degan ma’noni anglatadi va tenglik tushunchasi sifatida ishlatiladi.Balansning aktiv va passiv tomonlari boMadi. Aktiv tomonida korxona mablag’lari, passivida esa xo’jalikning o’ziga tegishli manbalar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar ko’rsatiladi. Aktiv mablag’laming oshishi, passivdagi manbalar va foyda (daromad)ning ko’payishi bilan bog’liq.Balansning barcha bo’lim va bandlarini chuqur o’rganish moliyaviy ahvolni to’liq o ’zlashtirishning asosini tashkil qiladi. Balans o’sganda korxona mablag’larini guruhlash va joylanishini ulami hosil etish manbalarini pul bahosida muayyan sanaga aks ettirish tushuniladi.Buxgalteriya balansi quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi: tuzilish vaqti, axborot hajmi, mulkchilik shakli, aks ettirish obyekti “tozalash” usuli.Tuzilish vaqtiga ko’ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish balanslariga bo’linishi mumkin.Kirish balansi korxonaning paydo bo’lish vaqtiga tuziladi. U korxona o’z faoliyatini boshlayotgan vaqtda tuziladi. Joriy balanslar - korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo‘lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzib turiladi.Tugatish balanslari korxona tugatilayotganda tuziladi.Bo'lish balanslari yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo‘linganda tuziladi.Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bir korxonaga birlashganda tuziladi.Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo'linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi. Y ig‘ma balans esa bir martalik balanslar asosida tuziladi. U birlashmalar, vazirliklar va shu kabilarning x o ‘jalik mablagMarini aks ettiradi.Mulkchilik shakllariga ko‘ra davlat, o ‘z, aralash, qo‘shma korxonalar va jam oat tashkilotlari balanslari farqlanadi.Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning filiallari, sexlari tuzadi.“Tozalash” usuliga ko‘ra balanslar balans “brutto” va balans “netto”ga ajratiladi. Balans brutto - tartibga soluvchi moddalami o ‘z ichiga oluvchi balansdir.Balans netto - qiymatdan tartibga soluvchi moddalar summasi chegiriladi. Masalan, asosiy vositalaming qoldiq qiymatini hisob-kitob qilish uchun asosiy vositalar summasidan ulaming eskirish summasi chegiriladi (012 satr = 010-011).0 ‘zbekiston Respubiikasidagi barcha korxonalar balans-netto tuzadi.Buxgalteriya balansiga qo‘yiladigan asosiy talablar uning to ‘g ‘riligi, realligi, yaxlitligi, izchilligi va tushunarliligidir.B alansning to ‘g‘riligi uni tuzishda asoslanilgan hujjatlaming toMaligi va sifati bilan ta’minlanadi. Balansning har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisob raqamlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo'Iishi kerak. Balans m a’lumotlarini qasddan buzish - niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash, asosan, qoida buzishlami yashirish maqsadida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda balansni niqoblash uni tuzish bo'yicha qoidalami mukammal bilmaslik oqibatida sodir bo‘ladi.
Balansning realligi. Balans to ‘g ‘ri, ammo noreal b o iishi mumkin. Masalan, asosiy vositalar ma’naviy eskirgan, debitorlik qarzini talab qilib olib bo'lmasligi kabilarreal holatni ko‘rsatmaydi.Balansning birligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo'yicha tuzilishi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida buxgalteriya hisobi, hisob raqamlari (schyot)ning yagona nomenklaturasi va ulaming korrespondensiyasi kabilar qoilanishi.B alansning davomiyligi. Har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi bilan izohlanadi.B alansning aniqligi. Balansni aniq va tushunarli bo'lishi uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki til (o‘zbek va rus tili)da bayon etilgan.
2. Аудиторлик фаолиятини тартибга солиш.
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma’qullangan.
Audit bozorini yuqori malakali auditorlar bilan ta’minlash maqsadida auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o ‘tkazishga qo‘yilgan talablar kuchaytirildi.Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining yana bir usuli - auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlami o ‘z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) - barcha auditorlik tashkilotlari o‘z professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishi lozim boMgan yagona asosiy tamoyillardir. Standartlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro‘yxatga olinadi. 0‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS), Auditning Xalqaro Standartlari (AXS (International Standards of Auditing - ISAS)) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya- xo'jalik faoliyatining barcha subyektlarida bir xil qoMlaniladi. 1999-yiIdan boshlab shu kungacha bo‘lgan davrda 21 ta Auditorlik faoliyatining milliy standart (AFMS)lari hamda auditorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning turli masalalarini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini xalqaro standartlar talablari darajasiga yetkazish uchun shakl va mazmun jihatidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:- ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo'lishi ta’minlanadi;- auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlami joriy qilishga yordam beradi;- muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi.
Demak, auditorlik tashkiloti o‘zining ichki ish standartlarini shakllantirishi va buyruq bilan tasdiqlashi zarur. Ichki ish standartlarida tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning tarmoq, texnologik va boshqa xususiyatlari aks ettirilishi lozim. Ammo ulaming qoidalari xalqaro va milliy standartlar qoidalaridan chetga chiqmasligi lozim. Ichki ish standartlarini auditorlik faoliyati huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi pog'onasiga kiritish mumkin.Demak, uchinchi pog‘ona - xalqaro va milliy standartlami tatbiq etish uchun zarur hujjatlar to ‘plami, y a’ni auditorlik tashkilotining ichki ish standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlami qoMlash va ular asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir m a’lumotlami o‘z ichiga oladi.Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jam oat tashkilotlari ham muhim o'rin tutadi. Jumladan:I. 0 ‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi ( 0‘BAMA) - buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo'yicha maslahatchilaming respublika jam oat tashkiloti bo'Iib, o‘z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillar bo‘yicha birlashtiradi.Assotsiatsiya 0 ‘zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ulami xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlami professional himoyalashda amaliy yordam ko‘rsatadi.Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo‘yicha qonunchilik va m e’yoriy hujjatlami ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o‘tilgan masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi va “Hammasi buxgalterlar uchun” nomli oylik byulleten, o‘quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlami nashr chiqaradi.II. 0 ‘zbekiston Auditorlar Palatasi ( 0 ‘AP) - malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlami ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jam oat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlaming professionallik darajasini rivojlantirish va qo'IIab-quvvatlashga yordam ko‘rsatish, o ‘z a ’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish hamda kasbga oid talablar bo‘yicha barcha o'zgarishlar to ‘g ‘risidagi va axborot ta’minoti bo‘yicha aloqa o'm atishdan iborat.

Таянч иборалари: аудиторлик фаолияти тўғрисидаги қонун, аудиторлик фаолиятининг миллий сатнадртлари, тартибга солиб турувчи ҳужжатнинг беш босқичи.



Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish