51-вариант
1.Махсулотни сотишдан тушган ялпи фойда қандай аниқланади?
Аудитнинг мақсади ва вазифалари.
Auditning maqsadi - amaldagi qonunchilikka binoan auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga soluvchi tizim asosida, auditor va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlari bilan belgilanadigan aniq masalani yechishdan iboratdir. Bu maqsadga erishishda auditning vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- tekshirilayotgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida xarajatlar, daromadlar va moliyaviy natijalar to‘liq, ishonchli va aniq aks etilganligini tekshirish; - buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotni tuzish, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni baholash uslubiga oid qoidalami tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; - xo jalik yurituvchi subyektning moddiy, mehnat, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida buxgalteriya hisobini to‘g‘ri, tartibli yuritilishi borasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish va h.k. Boshqaruv va moliyaviy hisobotlar auditining asosiy maqsadi bo‘lib, т а ’1шп bir sanaga tuzilgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiniug natijasi bo'yicha hisobotlarda aktivlar, majburiyatlar, xususiy mablag'lar va moliyaviy natijalami to‘liq, ishonchli va aniq aks ettirilganligiga haqqoniy baho berish, korxonada qabul qilingan hisob siyosatini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini tekshirishdir. Auditorlik tekshiruvi davomida boshqaruv va moliyaviy hisobotlaming to‘g‘ri tuzilganligi, unga ilova qilingan tushuntirish xati ma’himotlarining ishonchliligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: - hisobotlarda barcha aktivlar va passivlar aks ettirilganligiga; - hisobot tuzishda barcha hujjatlardan foydalanilganligiga; - amaldagi tartibga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyekt mol- mulkini qayta baholanganligi holatiga; - foyda hamda boshqa sohqlar bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblanganligiga; - xo‘jalik yurituvchi subyektning Nizom kapitah shakllanishi va undagi o‘zgarishlaming rasmiylashtirilishi hamda yig'ilish qarorlarini to‘Uq bajarilganligiga; - balansning aktiv va passiv hisobvaraqlari bo‘yicha sintetik hamda tahliliy hisob ma’lumotlarining bir -biriga mos kelishligiga; - hisobot, shuningdek, boshqa ma’lumotlarda debitorlik hamda kreditorlik qarzlarining to‘liq aks ettirilganligiga; - daromadlar va xarajatlami hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri aks ettirilishiga; - buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish bo‘yicha joriy xarajatlar (aylanish chiqimlari) va kapital qo‘yilmalami ajratgan holda aks ettirilishiga; - o‘rganilayotgan davrda tahliliy hisob ma’lumotlarining aylan- ma va qoldiqlarini bir-biriga mos kelishini ta’minlanishiga va h.k. Auditor tomonidan qo‘yilgan asosiy maqsadga erishish va xulosa taqdim etishda uning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrini shakllantirishi talab etiladi: 1. Boshqaruv va moliyaviy hisobotlaming talab qilinadigan barcha shartlarga muvofiqligi va bir-biriga zid bo‘lgan ma’lumotlaming mayjud emasligiga.
Boshqaruv va moliyaviy hisobotlaming asoslanganligiga (ko‘rsatilgan summalar asoslangan ravishda hisobotga kiritilganligi). 3. Boshqaruv va moliyaviy hisobotlaming yaJkunlanganligiga (barcha kerakli bo‘lgan summalar hisobotlarga kiritilganligi, xususan aktivlar va passivlaming barchasi ushbu kompaniyaga tegishh bo‘lganligi). 4. Boshqaruv va moliyaviy hisobotlaridagi aktivlaming bahola- nishiga (barcha tabaqalar to‘g‘ri baholanganligi va xatosiz hisob- langanligi). 5. Boshqaruv va moliyaviy hisobotlaming tabaqalashtirilishiga (hisobvaraqda yozilgan summa asoslangan holda unda qayd etilganligi). 6. Boshqamv va moliyaviy hisobotlar ajratishga (balans tuzilgan sanadan oldinroq yoki bevosita ushbu sanadan keyin amalga oshi- rilgan muomalalar amalga oshirilgan davrda to‘g‘ri aks ettirilganligi). 7. Boshqamv va moliyaviy hisobotlaming to‘g‘riligiga (alohida operatsiyalar bo‘yicha summalar tahliliy hisob daftar va kitoblarida qayd etilganlarga muvofiqligi, ular to‘g‘ri raqamlanganligi, yakuniy summalar Bosh kitobda qayd etilgan summalarga muvofiqligi). 8. Moliyaviy hisobotlaming oshkoraligiga (barcha tabaqalash- tirilgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotga kiritilganligi hamda hisobot va lining ilovalarida to‘g‘ri aks ettirilganligi).
Таянч иборалари: мақсади, вазифалари, аҳамияти.
Do'stlaringiz bilan baham: |