53-вариант
Иқтисодий таҳлил турлари ва функциялари.
* Iqtisodiy tahlil turi deganda ma’lum belgalari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi.
* Iqtisodiy tahlil shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, sirtqi qiyofasi bilan birga o‘ziga xos mazmuni, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi.
Turlari:
Kompleks tahlil - Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtai nazaridan barcha tuzulmalari bilan birga batafsil tahlil qilishdir
Solishtirish tahlili- Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yaxlit holda alohida tuzulmalari yoki mavzularini baho va vaqt jihatidan solishtiriladigan holatga keltirilib amalga oshiriladigan tahlildir
Omilli tahlil- Xo‘jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisbolash usullari majmuasini o‘zida aks ettirgan tahlildir
Marjinal tahlili Barcha xarajatlarni doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘lib ishlab chiqariladigan mahsulotlarning (bajariladigan ish, ko‘rsatiladigan hizmat) biznesda ko‘ zda tutilgan foydaga erishish uchun zarur bo‘lgan miqdorini aniqlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlildir
* Joriy tahlilning asosiy maqsadi
* xo‘jalik faoliyatida erishilgan pirovard natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish hisoblanadi.
* Joriy tahlilning mohiyati uni o‘tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks xarakterga ega bo‘lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi
* Tezkor tahlilning asosiy vazifasi topshiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi.
Аудиторлик хулосаларининг турлари
Auditorlik xulosa - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to'g'riligi) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining amaldagi qonunchilikka muvofiqligi to 'g ‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq boMgan hujjat.
Auditorlik xulosasining asosiy mazmunini qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi AFMSga muvofiq amalga oshirilganligi ko‘rsatiladi
Asosiy mazmunini qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot amaldagi qonunchilikka, shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanganligini ko'rsatish lozim.
Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi yakunlangan kun bilan belgilashi zarur
Auditor auditorlik xulosasiga xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati moliyaviy hisobotni imzolagan yoki tasdiqlagan kundan oldingi sanani qo‘yishi mumkin emas.Auditorlik xulosasiga auditor (auditorlar), auditorlik tashkiloti rahbari imzo chekishi va u auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Таянч иборалари: аудиторлик хулосаси, унинг асосий
Do'stlaringiz bilan baham: |