44-вариант 1.Молиявий барқарорлик кўрсаткичлари таҳлили.
Aktivlar (asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag‘lar)ga qo'yilgan mablagiami o‘z mablag'lari hisobiga qoplaydigan, noo'rin debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo'ymaydigan hamda o‘z majburiyatlarini o ‘z vaqtida to'laydigan korxona moliyaviy barqaror korxona hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikka tegishli ko‘rsatkichlar, ularni hisoblash yo'llari va tahlili iqtisodiy adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan.
A.D. Sheremet, R.S. Sayfiillin tomonidan moliyaviy tahlilga bag‘ishlab chop etilgan “Moliyaviy tahlil uslubi” o'quv qo'llanmasida korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni tavsiya qilganlar:- o‘z!ik manbalar koeffitsiyenti;- o‘zlik va majburiyatlar nisbati;- chaqqonlik koeffitsiyenti;• haraktchan va harakatsiz mablagMar nisbati;- qisqa muddatli qarzlar koeffitsiyenti;- zaxira va xarajatlar shakllanishida mustaqil manbalar koeffitsiyenti;- kreditorlik qarzlar koeffitsiyenti;A.F. Ionova quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlami tavsiya etgan:- o'zlik kapitalining jamlanganlik koeffitsiyenti;- uzoq muddatli majburiyatlarning tarkibiy koeffitsiyenti;- o‘zlik kapitalining chaqqonlik koeffisiyenti;- qarzlami uzoq muddatga olish koeffitsiyenti.
Bevosita korxonalaming moliyaviy holatiga bag'ishlangan nufiizii ishlardan biri E.A. Akramov tomonidan chop etilgan “Korxonalaming moliyaviy holatini tahlili” o‘quv qo'llanmani e’tirof etish joiz. Ushbu ishda muallif moliyaviy barqarorlikni ikki tizimli ko'rsatkichlarga umumlashtirishni tavsiya etgan:
I . Asosiy ko'rsatkichlar:1) 0 ‘zlik mablag‘larining manbalari.2) 0 ‘zlik mablag'larining manbalari va uzoq muddatli passiviar.3) Umumiy manbalar - o‘zlik mablag'larining manbalari, uzoq muddatli va boshqa passiviar.II. Qo‘shimcha ko'rsatkichlar:1) Aylanma mablag'laming o‘z manbalari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti.2) Majburiyat va o ‘z manbalar nisbat koeffitsiyenti.3) Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti.4) 0 ‘zlik kapitalning chaqqonlik koeffitsiyenti.5) Moliyalashtirish koeffitsiyenti.6) Kapitalni qarzga olish koeffitsiyenti
Iqtisodchi olimlar M.Q. Pardayev va B.A. Xasanovlar tomonidan chop etilgan “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” o‘quv qo'llanmasida moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar 5 guruhga bo‘linadi:1. Xususiy mablag'lar bilan bog‘liq ko'rsatkichlar.2. Chetdan jalb qilingan m ablagiar bilan bog'liq ko'rsatkichlar.3. Harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko'rsatkichlar.4. Aylanma mablag'lar bilan bog‘liq ko'rsatkichlar.5. Asosiy vositalardan foydalanish bilan bog'liq ko'rsatkichlar.
Uzoq muddatli istiqbol nuqtai nazaridan korxona faoliyatiningbarqarorligi, korxona iqtisodiyotining tashqi kreditorlar va investorlarga bog'liqlik darajasi moliyaviy barqarorlik mezoni hisoblanadi. Korxonaning o'zining shu vaqtga bo'lgan qarzlari bilan hisob-kitob qilish qobiliyatini tavsiflovchi balans likvidligidan farqli o'laroq, moliyaviy barqarorlik - korxonaning to'lovga doimo layoqatliligini kafolatlovchi muayyan holatdir.Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda ulami tavsiflovchi ko'rsatkichlami hisoblab chiqish, ulami bir yil yoki bir necha yil uchun dinamikada qiyoslash, ulaming yomonlashish yoki yaxshilashish sabablarini aniqlash, moliyaviy holatni yaxshilashga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqish kerak bo'ladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, zero ushbu koeffitsiyentlar orqali ular korxonaning chet el sarmoyalariga qaramlik darajasini, moliyaviy hoiatining barqarorligini, bankrotlik (sinish) ehtimolini hamda investitsiya siyosatini yurgizish variantlarini aniqlaydilar.
2. Аудиторлик ташкилотининг хуқуқлари ва мажбуриятлари.
Таянч иборалари: аудит текшируви, мақсади, вазифалари, зарурлиги, қарор қабул қилиш, молиявий хисобот хужжатлари, хўжалик юритувчи субъект.