SOF MILLIY MAHSULOT - (SMM) -yalpi milliy mahsulotdan amortizasiya ajratmalari summasini chegirib tashlangandan qolgan qiymat summasi.
SPONSOR - (ingl.sponsor)-bironta tadbir yoki faoliyatni amalga oshirishda moliyaviy yordam ko'rsatuvchi puldor, obro'-e'tiborli shaxs, firma, korporasiya, tashkilot va boshqalar.
SUPERMARKET - xaridorning o'z-o'ziga xizmat qilishiga asoslangan keng tarmoqli magazin. S. tovarlarning hamma turlari bilan, jumladan, import tovarlar bilan savdo qiladi, xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma asosida xaridor manziliga yetkazib beradi, boshqa tovarlarni sotib olishga ko'maklashadi va boshqa shunga o'xshash xizmatlarni ko'rsatadi.
SUZIB YURUVCHI INFLYASIYA - bunda narxlar tez o'sa boshlaydi, yiliga 10 foiz atrofida o'sishi kuzatiladi.
STAGFLYASIYA - (lat.stagno-«harakatni so'ndiraman» va inflatio-«shishmoq», «puflangan») - iqtisodiy tanglik bilan inflyasiyaning birgalikda yuz berishidir.
STAGNASIYA - iqtisodiyotni turg'unlik holiga tushib qolishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |