TAKLIF QONUNI - narx bilan sotishga chiqarilayotgan tovarlar o'rtasidagi bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir.
TAKLIF EGILUVCHANLIGI - narx o'zgarishiga nisbatan taklifning ortib borishi.
TARIF SETKASI - ish toifalari nisbatiga qarab ish haqi to'lash.
TARIF STAVKASI - tegishli ish toifasiga ega bo'lgan ishchining mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
TENDER - biror bir ishni amalga oshirish uchun e'lon qilingan tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng avvalo tanlov e'lon qilib, tanlov shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan firmalar, korxona va tashkilotlar o'z takliflarini - tenderlarni buyurtmachiga ko'rib chiqish uchun yuborishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |