Qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiyalar kiritish
Investitsiya siyosati har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi va unda ishlab
chiqarishni kengaytirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shunday ekan, milliy
iqgisodiyotni har tomonlama rivojlantirish faol investitsiya siyosatini yurgizishni talab
qiladi. Bu o‘z navbatida, respublikada chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni
ta‘minlaydi. Milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini
faollashtirish iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab beradigan asosiy omil
hisoblanadi. Demak, investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning
taraqqiyotini ta‘minlovchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib
iqtisodiyotimizga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim.
Qishloq xo‗jaligiga yo‗naltiriluvchi investitsiyalar dunyodagi qashshoqlik va ochlik
hajmini kamaytirishning eng samarali usullaridan biri, deb ma'lum qilgan RIA Novosti‘ga
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‗jalik tashkiloti bosh direktori Joze Grasianu da Silva.
Odatda, sarmoyalar mehnat samaradorligi va qishloq xo‗jaligida daromadlarning keskin
ortishiga olib keladi. Bu esa o‗z o‗rnida boshqa qishloq xo‗jalik mahsulotlari va xizmatlarga
bo‗lgan talabni oshiradi. Qashshoq aholini qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiyalar
ish bilan ta'minlash darajasi va daromadlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun bu
to‗g‗ri va oqilona yo‗ldir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligini o‘rni ahamiyatli ekanligini ko‘rish
mumkin shu bilan birga tarmoqni yanada rivojlantirish uchun albatta ichki va xorijiy
investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish masalasi iqtisodchi olimlar tomonidan qishloq
xo‘jaligini investitsiyalash samaradorligini oshirish masalasi tadqiq qilingan va tegishli
xulosalar, tavsiyalar shakllantirilgan. Masalan, A.Emelyanov qishloq xo‘jaligiga sarflangan
investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta‘sir etuvchi asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi
nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 11
baholarining o‘sish sur‘atini qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilayotgan resurslar
baholarining o‘sish sur‘atidan sezilarli darajada orqada qolayotganligi investitsiyalash
uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamg‘arish imkonini bermayapti, 3 degan edi. Prof.
A.Vaxabovning xulosasiga ko‘ra, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga
ixtisoslashgan kichik biznes sub‘ektlariga berilgan investitsion kreditlarning foiz
stavkalarini davlat mablag‘lari hisobidan bonifikatsiya qilishni joriy qilish lozim. Buning
natijasida kichik biznes sub‘ektlarining investitsion kreditlarni qaytarish imkoniyati oshadi,
investitsion kreditlar berayotgan banklarning faoliyatidagi kredit riski darajasi pasayadi.
Mamlakatda
investitsiya
muhitini
yanada
yaxshilash,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
investitsiyalarni jalb etishni rag‗batlantirish, investorlarning bu boradagi davlat siyosatining
izchilligiga bo‗lgan ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat
tuzilmalarining mas‘uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 1-avgust kuni ―O‗zbekiston Respublikasida investitsiya
muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ farmonini imzoladi.
324
Ф. Н. Насриддинов - и.ф.н., доц., ТДИУ
С. А. Сулайманов – талаба,ТДИУ
Ж.Т. Турдибаев – магистрант, ТДИУ
Do'stlaringiz bilan baham: |