―ИҚтисодиёт‖ факультети


Milliy iqtisodiyotning jahon bozoriga integratsiyalashuvida raqobatbardoshlilikning



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

 
Milliy iqtisodiyotning jahon bozoriga integratsiyalashuvida raqobatbardoshlilikning
ahamiyati 
 
Milliy iqtisodiyotni shakllantirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va 
liberallashtirishni rivojlantirish jarayonida iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tarkibiy 
tuzilishini takomillashtirishga va tarkibiy qismlar o‗rtasidagi mutanosiblikni oqilona 
nisbatda saqlashga jiddiy e‘tibor berilganligi uchun mamlakatimizda hozirda barqaror 
iqtisodiy o‗sish ta‘minlanmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan asosiy 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar va ularning rivojlanish tendensiyalari salmoqli darajada 
bo‗ldi. Ma‘lumki, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar - bu muayyan mamlakatning yaxlit 
iqtisodiyoti doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni hisoblash hamda baholash 
imkoniyatini yaratuvchi ko‗rsatkichlar tizimidan iborat. 
O‗zbekistonda istiqlol yillarida asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha ijobiy 
tendensiya uzluksiz ravishda qayd qilinganini ko‗rish mumkin. Darvoqe, dunyoning 
aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‗sish sur‘atlari sezilarli darajada tushib ketgan, ishlab 
chiqarish keskin pasaygan yillarda ham O‗zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‗sish 
sur‘atlari yuqori darajada saqlab qolishga harakat qilingan. Har qanday mamlakatning 
rivojlanishini ko‗rsatish va iqtisodiy islohotlarning natijasini baholash uchun yalpi ichki 
mahsulotning o‗sish sur‘ati va uning tendensiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Istiqlol 
yillarida davlatimiz tomonidan belgilangan iqtisodiy islohotlar strategiyasi va amalga 
oshirilib kelinayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning barqaror faoliyat ko‗rsatishiga va 
uning yuqori o‗sish sur‘atlari izchilligini ta‘minlanishiga, xususan, yalpi ichki 
mahsulot(YAIM) ning yuqori sur‘atlarda va barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lishiga 
va mamlakatimizning salohiyati jahonda kun-sayin yuksalishiga asos bo‗lmoqda. 
YAIMni ishlab chiqarish 2017 yil yakunlari bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi yalpi 
ichki mahsuloti joriy narxlarda 254 043,1 mlrd. so‗mni tashkil qildi va 2016 yilga nisbatan 
taqqoslaganda 5,2 % ga o‗sdi. YAIM ning 1991-2017 yillarda o‗rtacha yillik o‗sish sur‘ati 
4,5 % ni tashkil qilgan. Jumladan, 1991-2017 yillarda YAIM ning o‗sish sur‘atlari, o‗tgan 
yilga nisbatan % hisobida. O‗zbekiston o‗zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi 
natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan qisqa muddatlarda, ya‘ni 1996 
yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini olgan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlagan va 
iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlar bilan bog‗liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga 
oshirishga kirishgan. 1996-2017 yillar davomida iqtisodiy o‗sishning o‗rtacha yillik 
sur‘atlari 6,4 % ni tashkil qilgan.
Mamlakatimizda oxirgi 10 yilda, ya‘ni, 2008 yildan 2017 yillargacha YAIM 2,1 
barobarga o‗sgan. Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillari va manbalari tahlilidan keyingi 10 yil 
davomida iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning 


322 
1,8 marta (2008-2017 yillar uchun o‗rtacha yillik o‗sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 
%), qurilishda – 3,4 marta (13,4 %), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‗sganligi 
hisobiga ta‘minlangan. Oxirgi 10 yillikda (2008-2017yillar) YAIM va tarmoqlar kesimida 
yalpi qo‗shilgan qiymatning o‗sish sur‘atlari, 2007 y. = 100%. 2008-2016 yillar uchun 
YAIM deflyatori indeksi 126,8 % dan 109,6 % gacha kamaygan. 2017 yilda YAIM 
deflyatori indeksining nisbatan yuqori darajasi, ya'ni 120,8 %i qayd
194
etilgan, bu esa 
asosan, 2017 yil sentyabr oyida valyuta bozorini liberallashtirish va milliy valyutaning 
devalvatsiyasi bilan bog‗liq hisoblanadi. Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, 
investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining 
oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‗zgarishlarining yuz berishi ta‘minlangan. 
Tarkibiy o‗zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida 
mamlakat iqtisodiyoti tarkibi jihatdan muttasil ravishda diversifikatsiya qilib borilmoqda. 
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‗i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyati yanada 
kengaytirilishi natijasida Yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‗jaligi ulushining 
bosqichma-bosqich qisqarishi, masalan, 1995 yilda 32,4 % dan 2017 yilda 19,7 % ga 
tushganligi, ushbu tendensiyani tasdiqlaydi. Shu bilan birga, YAIM tarkibida qishloq 
xo‗jaligi ulushining kamayishi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining ijobiy o‗rtacha yillik 
o‗sish sur‘atlari natijasida kelib chiqqan. Sanoat tarmog‗ini diversifikatsiyalash, 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‗yicha chora-tadbirlarning qabul 
qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o‗sishi va yalpi 
ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi qurilishni qo‗shib hisoblaganda 1995 yildagi 
27,8 % dan 2017 yilda 34,1 % gacha oshishiga erishilgan. Shuningdek, xizmatlar sohasining 
rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o‗sishining muhim 
omillaridan bo‘lmoqda. Xizmat ko‗rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‗yicha 
tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida 
iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylanib bormoqda. Zero, xizmatlar 
sohasining Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1995 yildagi 39,8 % dan 2017 yilda 46,2 % 
gacha oshdi.
Mamlakatimizda muntazam ravishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng 
ustuvor va muhim yo‗nalishlari belgilab beriladi. Davlatimiz tomonidan belgilab 
berilayotgan ustuvor maqsad va yo‗nalishlarda chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish 
natijasida milliy iqtisodiyotning barcha jabhalarida salmoqli marralar va katta yutuqlarga 
erishilib kelinmoqda. Mazkur xususiyat mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim 
ko‗rsatkich hisoblangan yalpi ichki mahsulotga ham xos tendensiyadir. Jumladan, 
O‗zbekistonda yalpi ichki mahsulotning uzoq yillar davomida barqaror va yuqori o‗sish 
sur‘atlariga ega bo‗lganligi mamlakatimizda erishilgan natijalarni isbotlovchi asos desak, 
mubolag‗a bo‗lmaydi. Shuningdek, mamlakatimizning yigirma yetti yildan ortiq mustaqil 
taraqqiyoti mobaynida yalpi ichki mahsulotning salmoqli ortganligi, istiqlol yillarida yalpi 
ichki mahsulotning mutlaq qiymatlardagi o‗sishi ham barqaror ravishda yuksalib 
borayotganini ko‗rsatadi. Bu milliy iqtisodiyotning yuqori sur‘atlarda barqaror o‗sishi 
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta‘minlashga, ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini 
takomillashtirishga va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni ta‘minlash 
natijasida milliy iqtisodiyot va uning ishlab chiqarish tizimini mustahkamlashga 
erishilmoqda. Shu bois iqtisodiy islohotlarni yanada kuchatirish va chuqurlashtirish 
mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini muttasil oshirishga asos bo‘ladi. 
 
194
Stat.uz 


323 
A. Ibodullayev - TMI 
D.X. Zaripova - talaba, TMI

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish