―ИҚтисодиёт‖ факультети


Qishloq xo‗jaligi subyektlarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlashning xorij tajribasi



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

 
Qishloq xo‗jaligi subyektlarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlashning xorij tajribasi 
 
O‗zbekiston qishloq xo‗jaligini rivojlantirishda ushbu soha sub‘ektlarining barqaror 
moliyaviy bazasini shakllantirish muammoli masala sanaladi. Bu qishloq xo‗jaligida narx 
siyosati, soliqlar va moliya -kredit munosabatlarining mukammal mexanizmi ishlab 
chiqilmaganligi bilan bog‗liq. Bu esa muammoni yechishda mahalliy va xorij tajribalarini 
o‗rganishni taqozo etadi. 
Yevropa ittifoqida narxni qo‗llab-quvvatlashning ko‗pgina shakllari mavjud. 
Ularning ichida eng asosiysi maqsadli va yo‗naltirilgan baholardir. Maqsadli narx Yevropa 
ittifoqida ko‗proq defitsitli mahsulotlar bozorlari uchun ixtiyoriy ulgurji baho hisoblanadi. 
Shu bilan birga me‘yoriy va mo‗ljalangan baholar ham o‗rnatiladi. Mazkur baholar barcha 
turdagi mahsulotlar uchun hisoblanadi va mahsulot ishlab chiqaruvchi va xaridorlar uchun 
mo‗ljal bo‗lib xizmat qiladi, shuningdek, boshqa kafolatlangan baholarni o‗rnatishda asos 
sifatida qo‗llaniladi. Bunda, agar amaldagi bozor bahosi mo‗ljalangan bahodan past bo‗lsa, 
u holda bozorda mo‗ljallangan bahodan taxminan 15-25 foizga yuqori bo‗lgan interventli 
baholari belgilanadi. Talabdan ko‗p mahsulotlar uchun Yevropa ittifoqining barcha a‘zolari 
uchun har yili o‗rnatilgan kvotalar amal qiladi. Jumladan, Shvetsiya 4,33% yog‗liklikka ega 
bo‗lgan 3,3 mln. sut mahsulotlarini ishlab chaqarishiga har yili kvota oladi. Agar o‗rnatilgan 
kvotadan yuqori miqdorda mahsulot ishlab chiqarilsa Yevropa ittifoqiga jarimalarni 
to‗lashga mamlakat majbur hisoblanadi. 
Yevropa ittifoqi malakatlarida davlat mablag‗lari yordamida qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish va sotish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, 
tog‗li va boshqa nokulay sharoitlardagi tumanlarda qishloq xo‗jaligi faoliyatini saqlab 
qolish va rivojlantirish uchun alohida dasturlar amalga oshiriladi. Bunda tegishli dastur va 
tadbirlarni davlat tomonidan moliyalashtirish doirasida markaziy o‗rin yer va kapitalni 
konsentratsiyasiga, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining intesifikatsiyasi va ekologik 
vaziyatni yaxshilashga yunaltiriladi. Xususan, qishloq xo‗jaligining ekologik dasturlarida 
ishtirok etuvchi fermerlar tegishli dasturlar tarkibidan o‗rin olgan anik tadbirlarni amalga 
oshirish uchun subsidiyalar oladilar. Ularga yerlarni sotib olish yoki ijaraga olishda, 
imtiyozli kredit, shuningdek, budjetdan tugridan-to‗g‗ri subsidiyalashga xuquqlari beriladi. 
Bunda xarajatlarning asosiy qismi qishloq xo‗jaligi tarkibini yaxshilash va mahsulotlarni 
qayta ishlash sohasidagi loyixalarni to‗g‗rida-to‗g‗ri subsidiyalashga yo‗naltiriladi. 
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida qishloq xo‗jaligini budjetdan moliyalashtirishning 
o‗ziga xos shakli sifatida soliq imtiyozlari yuzaga chiqadi. 
Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlarida maqsadli differensiyalashgan imtiyezlar 
tizimi milliy xukumatlar zimmasida to‗liq o‗rin egallagan. Bunga tuzilmaviy tadbirlar uchun 
xarajatlar, ijtimoiy ta‘minot, solik imtiyozlari kiritilib, ular qishloq xo‗jaligi korxonalarining 
daromadlari tarkibiga kiritiladi. 
Yevropa ittifoqi davlatlari tomonidan qishloq xo‗jaligini moliyaviy qo‗llab-
quvvatlashda kredit tizimi muxim o‗rin egallaydi. Bunda imtiyozli kreditlash agrar 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muxim rol ajratilgan. Imtiyozli 
kreditlashning asosiy tamoyili amal qiluvchi foiz stavkasini budjet mablag‗lari hisobidan 
qisman qoplashdan iboratdir. Biroq, alohida mamlakatlarda imtiyozli kreditlashni qo‗llash 
mexanizmi aniq shart-sharoitlarga qarab o‗zgaradi. Xususan, Avstriyada kreditning 
imtiyozli stavkasi va budjet kompensatsiyasining miqdori bankning foiz stavkasiga 


335 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqdir. Fransiyada esa imtiyozli stavka o‗zgarmaydi va bank stavkasi 
budjet kompensatsiyasiga ta‘sir ko‗rsatadi, holos. 
Yevropa ittifoqi mamlakatlar qishlok xo‗jaligi kredit tizimida yerni garovga ko‗yish 
asosida kredit olish, ya‘ni ipoteka kreditiga muxim o‗rin ajratilgan. Ipoteka krediti kapital 
aylanmani tezlashuviga va qo‗shimcha foyda olishga imkon beradi. Rivojlangan 
mamlakatlar ipoteka banklari kommunal obligatsiyalar va garovga olingan qog‗ozlarini 
sotish hisobiga mablaglarni xarakatga keltiradi, olingan mablag‗lar evaziga esa ssudalar 
takdim etadi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirishda ular davlatning qo‗llab- 
quvvatlashidan foydalanadilar. Masalan, Daniyada qishloq xo‗jaligi majburiyatlarining 75 
foizga yaqini kredit muassasalari ssudalarining garovga olingan qog‗ozlari orqali 
moliyalashtiriluvchi va ipoteka bilan ta‘minlangan uzoq muddatli majmuriyatlar tashkil 
etadi. Ipoteka krediti maxsus qonun bilan tartibga solinadi va qishloq xo‗jaligi uchun 
alohida qoidalarni yuzaga keltiradi. Mazkur davlatda ipoteka asosida kreditlash Dat qishloq 
xo‗jaligi fondi, qishloq xo‗jaligi vazirligi nazorati ostida turadi va qishloq xo‗jaligi 
extiyojlari uchun faoliyat kursatadi. Bu fond qishloq xo‗jaligi ipoteka krediti 50 foizdan 
ortigini tashkil etadi. 
Qishloq xo‗jaligida ipoteka krediti miqdori odatda, ko‗chmas mulkning 2/3 qismidan 
oshmaydi. Masalan, Germaniyada ipoteka to‗g‗risidagi qonunga muofiq, kredit yer 
uchastkasi qiymatining 60 foizidan oshib ketmasligi lozim. Buyuk Britaniyada ipoteka 
ssudalari mikdori fermerlarning foizlarni tulash imkoniyatlariga bog‗liqdir va mulkning 
yarm yoki undan kamroq miqdorini tashkil etadi. Ipoteka kreditni qaytarish muddati 5 
yildan 40 yilgacha muddatni tashkil etadi. 
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida qishloq xo‗jaligi kreditlarini, eng avvalo, davlat va 
kooperativ tashkilotlari, ba‘zi malakatlar xududlarida esa tijorat banklari takdim etadilar. 
Masalan, Angliyada qishloq xo‗jaligini kreditlashda davlat va kooperatsiya ulushi an‘anaviy 
kam miqdorni (10-12 foiz) tashkil etadi. Fransiyada esa davlat va kooperativ kredit asosiy 
o‗rinni egallaydi. Asosiy kreditlarni esa Davlat gaznachiligi qoshidagi ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlanish fondida qishloq xo‗jaligiga takdim etiladi. Qishloq xo‗jaligini kreditlashni esa 3 
ta bank ta‘minlaydi, ularning ichida eng yetakchisi "Krediagrigol" banki hisoblanadi. Bu 
bank hissasiga Fransiya agrar sektoriga yo‗naltirilgan mablag‗larning 75 foizi to‗g‗ri keladi. 
Bank oddiy kreditlarni taqdim etadi va kreditni kichik va o‗rta qishloq xo‗jaligi 
korxonalariga beradi, imtiyozli kreditlarni esa, asosan, asosiy vositalarni xaridi uchun 
ajratadi. 
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni ta‘kidlash lozimki, qishloq xo‗jaligini davlat 
tomonidan moliyaviy qo‗llab-quvvatlash sohasidagi Yevropa ittifoqi mamlakatlari 
tajribalari O‗zbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Biroq, uni O‗zbekistonda qanday 
ko‗llash alohida masala bo‗lib turadi. qishloq xo‗jaligini rivojlantirish va davlat tomonidan 
faol moliyaviy qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha Yevropa ittifoqi davlatlarining munosib 
tajribalarini yanada chuqurroq o‗rganish va ulardan keng foydalanish yo‗llarini aniqlash 
O‗zbekiston agrar iqtisodiyoti taraqqiyotining zaruriy va zamonaviy asoslaridan biri 
hisoblaymiz. 
N.I. Sultanova - assistent, TDIU 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish