Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi



Download 114,99 Kb.
bet28/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

II bob bo‘yicha xulosa
Magistrlik dissertatsiyamizning ikkinchi bobi bo‘yicha quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. G‘ijduvon tuman shevasi leksikasida dialektal so‘zlarning turli leksik-semantik guruhlari faol qo‘llanadi. Sheva so‘zlarining shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlari: dialektal omonimlar, dialektal antonimlar va dialektal sinonimlar sheva vakillari nutqida faol ishlatilishiga guvoh bo‘ldik. Xususan, G‘ijduvon shevasidagi sheva so‘zlarini 8 ta leksik-semantik guruhlarga ajratdik. Bundy guruhlarga ajratgan paytda o‘rganilayotgan sheva leksikasida uy-ro‘zg‘or buyum nomlarini ifodalovchi va ovqat nomlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar guruhidagi leksemalar boshqa semantik guruhdagi so‘zlarga nisbatan ko‘pligi aniqlandi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida aytib o‘tilgan o‘sha ikki guruhdagi so‘zlar G‘ijduvon shevasi vakillari so‘zlashuvida keng qo‘llanadi. Adabiy tilda uchramaydigan Jegmäš // yegmash, qäššaƞ // qashshang, Žörāb / / jo‘rob,, däkänäčä // dakanacha, nānpär // nonpar kabi o‘nlab so‘zlarni sheva tilidan adabiy tilga ham olib kirib, o‘zbek tili lug‘at tarkibini boyitish zarur.
Sheva leksikasidagi so‘zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlarini o‘rganganimizda dialektal so‘zlar sheva vakillari nutqida turli ma'no nozikliklari, so‘zning jozibali va har xil qo‘llanilishi kuzatildi. Adabiy tilda va shevada qo‘llaniladigan sinonimlarning ekvivalenti topildi. Ba'zan ularning ularning bir-biriga muqobil bo‘lmaydigan variantlari ham aniqlandi. Bunday xususiyatlar G‘ijduvon shevasi leksikasining omonimlik va antonimlik qatorlarini o‘rganishda ham ko‘zga tashlandi.


3.2 O‘z qatlamga oid dialektal so‘zlar
O‘zbek tilining lug‘at tarkibi o‘zbek xalqining butun taraqqiyot yo‘lini o‘zida aks ettiradi. Til tarixi jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘langanligi tufayli uning lug‘at tarkibi hayotdagi har qanday o‘zgarishni har taraflama ifodalaydi.
Bilamizki, o‘zbek tili o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida lug‘at tarkibini o‘z ichki manbalari hisobiga boyitib, takomillashtirib keldi. Bunday qonuniyatga ko‘ra, o‘z qatlam negizlari asosida yangi so‘zlar yasaldi, mavjud so‘z ma’nolari kengaytirildi, ba’zi so‘zlarga qo‘shimcha vazifalar yuklandi, adabiy tilga xalq shevalaridan turli davrlarda, ehtiyojga ko‘ra so‘zlar qabul qilindi.
Shevalardagi leksik qatlamlar har bir xalq hayotining barcha sohalaridan xabar beruvchi noyob xazinadir. Bugungi kundagi o‘zbek shevalarining barchasida shevalar leksikasi boshqa tilshunoslik bo‘limlari: sintaksis, morfologiya, fonetikalarga nisbatan shu xalqning tarixini, hayot kechirishini, boshqa xalqlar bilan aloqasini, kasb-kori, ishlab chiqarish usuli, urf-odatlari, rasm-rusmlari, dunyoqarashlarini o‘zida aks ettiradi. Shu ma'noda har bir so‘z tarixdir. O‘zbek shevalarining har bir so‘zida o‘sha shevada so‘zlashuvchi xalq tarixining bir kichik mazmuni mujassam21.
O‘zbek xalq shevalari leksikasi o‘zbek adabiy tilining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilining lug‘at boyligidagi ko‘plab so‘zlar shevalardan so‘z olinishidan hosil bo‘lgan.
Har bir tilning so‘z boyligi davrlar o‘tgan sari shakllanib, sayqallanib, boyib boraveradi. Bizga ma'lumki, o‘zbek xalqi o‘zining tarixiy taraqqiyoti davrida ko‘plab xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalarda bo‘ladi. Bu munosabat keyinchalik xalq hayotining turli jabhalarida rivoj topib boradi. Shuningdek, so‘z boyligining kengayishida ham o‘z aksini topa boradi. Hech bir til boshqa tillardan so‘z olmasdan rivoj topmaydi. O‘zbek tili lug‘at tarkibiga ahamiyat qaratadigan bo‘lsak, unda turkiy so‘zlardan tashqari forsiy, arabiy, mo‘g‘ul tillari, rus va Yevropa tillaridan o‘tgan so‘zlar ham ko‘pchilikni tashkil qilishining guvohi bo‘lamiz. Shunday ekan bir tildagi so‘zlarning yoki gapning grammatik jihati boshqa yondosh tildagi shu kabi o‘xshashliklarning mavjudligi ajablanarli holat emas. Chunki har bir til boshqa tillar bilan uzviy aloqada bo‘lib taraqqiy topib boraveradi. Shu jihatdan shevalar va G‘ijduvon shevasining umumiy leksikasini ham ikki turga bo‘lib o‘rganish o‘rinlidir.
Bular: 1. O‘z qatlamga oid dialektal so‘zlar.
2.O‘zlashgan qatlamga oid dialektika so‘zlar
O‘z qatlamga mansub so‘zlar turkiy tillarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi. Bular o‘zbek adabiy tili va shevalarida ishlatilib kelingan, turkiy xalqlar yozma yodgorliklari tilda mavjud bo‘lgan, o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga kirgan turkiy hamda umumturkiy so‘zlar o‘z qatlamga oiddir. Ular kelib chiqish jihatdan barcha turkiy tillarniki bo‘lgani uchun ham umumturkiy so‘zlar deyiladi.
Xalq shevalaridagi umumturkiy so‘zlar o‘zbek adabiy tiliga qaraganda juda ko‘p. Chunki o‘zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyoti davrida boshqa tillardan, xususan, arab, fors, tojik tillaridan ko‘pgina kitobiy so‘zlarni qabul qilgan22
O‘zbek tili boshqa turkiy xalqlar tillarining o‘xshashligi sababi, turkiy tillarning asosiy birligi bir genetik asosga ega ekanligi, bir o‘rinda tarqalganligi, ularning so‘z boyligining jamg‘armasi yagona manbaga taalluqlili ekanligidadir. Bu o‘xshashlik unlilar singarmonizmi, undoshlar assimilyasiyasi, unli va undosh tovush tarkibi, so‘z o‘zaklarining tuzilishi, shu tillardagi so‘zlarning ma'nolarida kuzatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, qardosh turkiy tillar bilan mushtarak so‘zlar har bir tilning fonetik, grammatik qoidalariga ko‘ra har xil lisoniy o‘zgarishlarga duch keladi. Buni quyidagi qiyosiy jadavaldan ko‘rish mumkin:

G‘ijduvon shevasida

Turkman

Qoraqalpoq

Qozoq

Adabiy tilda

Bäčä

O‘g‘lon

Bala

Bala

Bola

nimävčün

Nemuchin

Nege

Nege

Nega

Qänäy

Nexili

Qalay

Qalay

Qanday

Tāγ

Dag‘

Tau

Tau

Tog‘

Tāγā

da:yi

dayы

dayы

Tog‘a

Hämmä

Xemme

Barlig‘i

barlыq

Barcha

Shu bilan bir qatorda o‘zbek shevalari leksikasining turkiy asoslarini O‘rxun - Enasoy qadimgi turkiy yozma yodgorliklari ham tashkil etadi. Bunda qadimgi turkiy til leksikasida va shevalaridagi eng faol so‘zlar majmui o‘rin olgan. O‘rxun - Enasoy yodgorliklari va sheva leksikasida quyidagi parallelliklar mavjud: ko‘kar ; qozoq: kögär; turkman: gokär, gokär; uyg‘ur: koker; Tariq - qoraqalpoq: dari; qozoq: tari; turkm.tarig‘; qirg‘.taru; uyg‘urda tariq;


Biz tekshirayotgan G‘ijduvon shevasi leksikasida ham yozma manbalar tilida o‘zaro mos keluvchi turkiy so‘zlar lug‘ati ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Bunday so‘zlar turkiy yozma yodgorliklardan yana biri, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham o‘zbek adabiy tilining asosi o‘guz, qipchoq, qarluq, chigil-uyg‘ur lahjalariga oid til xususiyatlari: fonetik, leksik, grammatik birliklarda mushtaraklik jihatlari ko‘p uchraydi. Xususan, tekshirilayotgan sheva leksikasining turkiy qatlam so‘zlarini shu asar bilan qiyoslab o‘rgandik.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‘rganilayotgan shevada ko‘pgina asl turkiy so‘zlar qadimgi turkiy yozma yodgorliklaridagi shakli bilan bir xil talaffuz etiladi:
G‘ij.shev. DLT ad.orf.
Žir jir (Длт, I, 313) yog‘, moy
Qirtišlädi qirtishladi (Длт, III, 362) yaxshilab qirmoq
Jästüq jastuq (Длт, II,150) yostiq
Töqsän to‘qsan (Длт, I 410) to‘qson
Qärä qap-qara(qad.yoz.yod.411) qora
Sanga sanga(qad.yoz.yod. 419) senga
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridagi bu misollarda dialektolog A.Ishayevning XI asr yozma yodgorligi bo‘lgan “Devon” dagi til faktlarning asosiy qismi hozirgi o‘zbek adabiy tiliga nisbatan o‘zbek tilining qarluq, qipchoq, o‘g‘uz lahjalariga mansub shevalarda koproq saqlangan.23
O‘zbek tili va shevalaridagidek, tekshirilayotgan G‘ijduvon tuman shevalari leksikasida ham, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda uchraydgan eski o‘zbek tili, eski adabiy tiliga xos bo‘lgan so‘zlar salmoqli o‘rin tutadi. Darhaqiqat, turkiy yozma yodgorliklarda, jumladan, Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida boshqa turkiy tillarga nisbatan o‘zbek tiliga va uning shevalariga oid turli xil fonetik, morfologik, leksik birliklar ko‘plab uchraydi. Tekshirilayotgan shevani ushbu asar bilan qiyoslab o‘rgandik. Bundan asosiy maqsad: sheva leksikasi o‘tmishi bilan buguni o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar, shevalarda iste'molda mavjud ba'zi so‘zlarimiz o‘rnini boshqa nomlanish bilan sheva lug‘atlaridan chiqib ketish, sheva vakillarining qari avlodi bilan birga noyob so‘zlarning ham yo‘q bo‘lishi kabi yana bir qancha dolzarb muammolarning bartaraf etilishi muhim omil sanaladi. Aynan shu jihatlarini nazarda tutgan holda bu ishning mohiyatini imkon qadar ochib berishga harakat qilamiz.
Asar muallifi lug‘atdagi har bir so‘zni berar ekan, albatta, shu so‘zning izohi va so‘zni ifodalash uchun biror bir maqol, ibora, xalq qo‘shiqlari yoki berilayotgan so‘z ishtirok etgan gap misol tariqasida keltiriladi. Biz ham shu yo‘lni tanladik.
“Devonu lug‘atit-turk” va biz o‘rganayotgan sheva leksikasida ba'zi bir so‘zlar bir xil tallaffuz etiladi. Masalan: ara - o‘rta, orasida; kishi ara kirdim //odamlar orasiga kirdim (DLT, I, 114). G‘ij.shev.da: Ärämizgä sävüqlik tüšmäsin // oramizga sovuqchilik tushmasin.
Arqa - orqa , madad, tayanch ; arqasiz er cherik siyumas // madadsiz botir yov askarini sindirolmaydi (I,148); G‘ij.shev.da: Ärqäsi bäqvät ekan, išdän ketmädi // orqasidagi madadi kuchli ekan ish o‘rnida qoldi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asarida arqa so‘zi orqa,ket, ort ma'nolarida qo‘llangan. Necha tersa dunya qalir arqara // qancha mol-dunyo yig‘sang ham orqada qolib ketadi.(185-bet);
Qarg‘ish ( I, 428); shevada ham xuddi shunday aytiladi. Qärγiš tekkän jergä hič kim bārmäjdi // qarg‘ish tekkan yerga hech kim bormaydi.
Asardagi va o‘rganilayotgan sheva leksikasining ayrimlarida so‘z asosi turli fonetik hodisalarga uchrab bizgacha yetib kelgan. Misol tariqasida: lug‘atdagi “tirsgak” (DLT, III, 430) so‘zidagi “g” tovushi tushib qolgan holda G‘ijduvon shevasida "tirsak" shaklida ishlatiladi.
Yilig‘ - iliq (III, 21). G‘ij.shev.da iliγ // ilig‘ shaklida ya'niki lug‘atda berilgan shakldagi "y" undoshi tushib qolgan holda talaffuz etiladi.
Qäri - qo‘l o‘lchovi (III, 242); G‘ij.shev.da qäriš // qarish. Devonda keltirilgan so‘zda sh tovushi ortgan holda shevada ishlatiladi. Ma'nosi xuddi lug‘atdagidek o‘lchov so‘z; kaft bilan o‘lchash. Mäterälni qärišlab aniq qilip kes // materialni o‘lchab aniq qilib kes.
Lug‘atda: kirpuk - kiprik; ( I,443) Hozirda kiprik tarzida qo‘llanadi. Bu o‘zgarish Navoiydan so‘ng bo‘lgan. Navoiyda ham kirpik shaklida keltirilgan:
Bir boqib hushu xirad naqdini g‘orat qildi,
Ko‘zi kofirgina, ul kirpigi nashtargina.
Sag‘jag‘ - sariyog‘; mol sutidan tayyorlanadigan moy;(III,168); Shevada särjāγ // saryog‘ shaklida qo‘llanadi.M: Särjāγni närxijäm āsmāngä čiqipti // Saryog‘ni narxi ham oshibdi.
Lug‘atda: qapqag‘ - ad.orf. qopqoq (I, 420); G‘ij.sh.da: qäpqāγ // qapqog‘ shu ma'noni ifodalaydi. M: bānkäni qäpqāγini mähkämla // bankaning qopqog‘ini yop.
“Devonu lug‘atit-turk” va biz o‘rganayotgan sheva leksikasida ba'zi bir so‘zlar tarkibida ma'no o‘zgarishiga uchragan jihatlari ham mavjud bo‘lib, asarda ifodalangan ma'nosi bilan bugungi kundagi ifodalagan so‘z ma'nolari o‘rtasida o‘zgarishni kuzatishimiz mumkin. Misol tariqasida quyidagilargilarni keltiramiz.
Lug‘atda: tag‘oj - amaki (III, 256); G‘ij.shevasining ikki tilda so‘zlashadigan aholisi tilida täγāji // tag‘oyi so‘zi tog‘a ma'nosida ishlatiladi. Alisher Navoiyning "Muhokamt ul-lug‘atayn" asarida ham ona tomonidagi qarindoshlar aynan shunday nomlangan.
Arrïγ - toza, pok; arrïγ neɳ - juda toza narsa (I, 160); G‘ij.shev.da ozg‘in sifatining fonetik varianti; ärriγ māl unčä közgä tüšmäjdi // ozg‘in mol ko‘zga uncha tashlanmaydi.
Azg‘ish - joy nomi (I, 122); O‘rganilayotgan shevada äzγiš // azg‘ish - ekinlarga chirmashib, o‘sishga yo‘l bermaydigan yovvoyi o‘t. Jerni azγiš bāsgän, täji bilän tāzāläš keräk (yerni azg‘ish bosgan, ildizi bilan tozalash kerak).
Yag‘ir - ot egari turadigan joyida paydo bo‘ladigan yara;(III, 16); G‘ij.shev.da bu so‘z ko‘chma ma'noda ya'niki, o‘ta kir, ifloslangan ma'nosida qo‘llanadi. Nersämni jaγiri čiqqän // narsam juda kir bo‘lgan.
ālqindi so‘zi “Devonu lug‘atit turk” asarida har bir narsaning tamom bo‘ldi, tugadi ma'nosini bildirgan bo‘lsa, ( I , 255) mazkur sheva vakillari nutqida esa ālqindi so‘zi ko‘p ishlatilganidan uvadasi chiqqan ma'nosini bildiradi. Asarda: alqïndi (aqindi)-tugadi tamom bo‘ldi, er alqïndi-kishi o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi.
G‘ij.sh.da bu so‘z bugungi kunda ishlatilib siyqasi chiqqan kiyimlarni shunday nomlashadi. Bu so‘z boshqa o‘rinlarda ishlatilmaydi. Shu jihatdan bu so‘z tarixda keng qo‘llanilgan bo‘lib, bugungi kunda ma'no torayish hodisasi yuzaga kelgan.
Lug‘atda yem so‘zi yemak, umumiy taom ma'nosida keltirilgan bo‘lsa, hozirda faqat mol, qo‘y, ot kabi hayvonlarga beriladigan ozuqa ma'nosida qo‘llanadi. Demak, devondagi bu so‘z ma'nosi bizgacha torayib yetib kelgan.
Mahmud Koshg‘ariy lug‘atining yaratilganiga qancha davrlar o‘tsada, shevalarimiz o‘rtasidagi leksik o‘xshashliklar, ma'no nozikliklari, so‘zlardagi ba'zi bir farqlar bizning ona tilimiz naqadar qadim o‘tmishga ega ekanligi barchamizga ayon bo‘ladi. Bu esa ona xalqimizning qadim-qadimdan madaniyat, sanat, ilm-fan rivojlangan yurtda yashaganligi shu bilan birga o‘z tiliga katta e'tibor va hurmatda bo‘lgan ajdodlar avlodi ekanligimiz bizga katta faxr va iftixor hissini tuydiradi.

Shevalarimiz leksikasidagi so‘zlar necha-necha asrlar davomida avlodda-avlodga o‘tib o‘zbek adabiy tilini boyitib kelmoqda. O‘zbek tili va shevalari faqat bugungi kun uchun emas, balki o‘tmishda ham muhim ahamiyat kasb etgan.


Barchamizga ma'lumki, eski o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiydir. G‘ijduvon shevasi leksikasini o‘rganayotgan vaqtimizda faqat shu sheva vakillari foydalanadigan dialektizmlar lug‘atini Navoiy asarlarida ham qiyosiy o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Chunki Alisher Navoiy ko‘p tillarni bilish bilan birga turkiy tili va lahjalarining bilimdoni bo‘lgan. Shu bilan birga shevalarning o‘zaro bir-biridan farqi haqida shunday deydi: “Har bir jamoaning tillari o‘zgalardan har bir guruhning so‘zlashuvlari yana birlaridan o‘zgacha va bir necha xususiyatlari bilan farqlidirki, bu ayirma o‘zgalarida yo‘qdir 24”- deb yozgan.
Navoiy asarlari tilida qo‘llanilgan so‘zlarning aksariyati hozirgi o‘zbek tilining qarluq, qipchoq va og‘uz lahjalarida ko‘plab uchraydi. Shuning uchun turkolog olim A.K.Borovkovning “Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tilining asoschisi sifatida” maqolasida “Jonli o‘zbek shevalari bilan mufassal tanishgandan keyingina Navoiy asarlarining til xususiyatlarini tola ravishda, uzil-kesil yoritish mumkin”25
— degan fikrlari o‘rinlidir.
Navoiy tilshunos sifatida o‘zbek shevalariga oid ko‘plab til birliklarni o‘z asarlarida ko‘rsatib bergan. Quyida keltirilgan misollarda aynan Navoiy asarlari va G‘ijduvon shevasi leksik qatlamida mavjud bo‘lgan dialektizmlarga oid so‘zlar bilan tanishamiz.
Do‘msaymoq — Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida alohida ta'kidlangan yuzta fe'lning yettinchisi. Do‘msaymoq, to‘msaymoq, to‘rsaymoq biror narsadan ranjib, qovog‘ini solib turmoq ma'nolarini ifodalaydi. Do‘msaymoq fe'li Navoiyning boshqa asarlarida qo‘llanmagan. Sheva leksikasida esa to‘mtaymoq, tumtaymoq so‘zlari xuddi shu ma'noni ifodalaydi va ma'nodoshlik jihatini yuzaga chiqaradi. Masalan: bibim tömtajib hič nersä demädilä shaklida qo‘llaniladi.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish