Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


Sheva leksikasida arabcha so‘zlar



Download 114,99 Kb.
bet31/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

Sheva leksikasida arabcha so‘zlar
O‘zbek tili va shevalarida so‘z o‘zlashtirishning manbalari turlicha bo‘ladi. Tarixiy jarayonlardan aniqlanadiki, so‘z o‘zlashtirishning eng qadimgilari arab va fors-tojik tillari qilib ko‘rsatiladi. Hozirgi o‘zbek tili va shevalari leksik tarkibida ma'lum darajada o‘zlashgan arabcha so‘zlar ham mavjud. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning shevalarda paydo bo‘lishi tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlardan kelib chiqish jihatdan ancha farq qiladi. Agar o‘zbek tiliga tojik tilidan kirgan so‘zlar shu ikki xalq sheva vakillarining yondosh, o‘zaro iqtisodiy, madaniy munosabatlarining juda yaqinligi, boshqa turli xalq aloqalarining qadimdan mavjudligi sababli yuz bergan bo‘lsa, arabcha so‘zlar, asosan, diniy muassasalar orqali kirib kelgan.Arabcha so‘zlar turkiy tillarga arab istilosidan keyin kirib kela boshladi. 711-715 yillarda arablar tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi ularning uzoq davom etgan hukmronligi va bu yerda yashovchi xalqlarning necha asrlar mobaynida islom dini ta’sirida bo‘lishi mahalliy aholi tiliga va ayniqsa, uning leksikasiga arab tilining g‘oyat ko‘p miqdorda so‘zlari singib ketishiga sabab bo‘ldi.
Arablar o‘zlari bosib olgan hududlarda mavjud bo‘lgan yozuvini yo‘q qilib, uning o‘rniga arab alifbosi asosidagi yozuvni joriy qilganlar, yerli aholini arab tili va yozuvini o‘rganishga majbur etganlar. Davlat, sud, ta’lim-tarbiya ishlari arab tilida olib borilar edi.O‘rta Osiyo mintaqasida uzoq vaqt davomida maktab va madrasalarda o‘qish, yozuv-chizuv ishlari arab tilida olib borilar edi. Bunga o‘xshash hollar sheva leksikasida ham o‘z ifodasini topgan.
G‘ijduvon shevasida o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lganidek, arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar ham borki, ular o‘rganilayotgan shevaning lug‘at tarkibiga kirib o‘zlashib ketgan. Shevadagi kitāp-kitob, sävät-soat, sävāp-savob kabi ko‘pgina so‘zlar shular jumlasidandir. Ularni sheva leksikasida qo‘llanilish xususiyatiga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratishimiz mumkin.

1. O‘zbek adabiy tili va shevalarda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar va ma'nosi bir xilda qo‘llaniladigan arabcha so‘zlar:


G‘ij. sh. Adabiy tilda
ävqāt ovqat
il:ām ilhom
hävüz hovuz
käpil kafil
tābä tavba
dümāγ dimog‘
mäčit masjid
2. Adabiy tilda boshqa so‘zlar orqali ifodalanadigan shevada bir xillikka ega bo‘lgan arabcha so‘zlar. Boshqa so‘z bilan ifodalanadigan ma'nosi bir xil bo‘lgan arabcha so‘zlar.
hävil qilmāq qo‘rqmoq
hävāji bekorga
hävliqmä shoshqaloq
gājidä ba'zida
häqqi evaz
3. Shevalardan semantik doirasi o‘zgargan arabcha so‘zlar: ar.rais – 1) boshchilik-rahbarlik qiluvchi shaxs, 2) boshliq, boshqaruvchi. G‘ij.shv. räjis // rayis - odamlar orasida hurmati bor katta odam.
Bisāt // bisot so’zi arab tilida monosemantik xarakterga ega gilam so‘zining ma’nosini ifoda etadi. G‘ij.shv.da esa bu so‘z arab tilidagi tushunchasi bilan mutlaqo aloqasi bo‘lmagan tushunchalarni anglatadi: 1) xotinlarning o‘ziga tegishli o‘lik moli, mol-dunyosi; 2) kishiga, oilaga, xo‘jalikka qarashli mol-dunyosi , boyligi. Bisot so‘zi ko‘chma ma’noda jonli tilda qo‘llanadi.
ar.qiron - yaqinlik, birlashish. Shevada qirān - tanqislik, yo‘qlik. Känpitgä qirān kegāndäj jāpišgäniɳni qara.( konfetga qiron kelganday yopishishingni qara)
Arabcha o‘zlashmalarning semantik xususiyatlari haqida shuni aytish mumkinki, ularning ma’nolari o‘zbek tili zaminida ma’lum va muayyan o‘zgarishlarni boshidan kechirgan. O‘zlashmalarda ma’no torayishi, ma’no kengayishi, qisman va to‘la o‘zgarishi, ma’no bo‘yoqlarining yangi jilosi, ma’noning ko‘chma xarakter olishi kabi bir qator o‘zgarishlar yuz bergan. Ular o‘zbek tili lug‘at tarkibiga ta’sir qilibgina qolmay, yangi-yangi leksik birliklar yasalishida ham faol ishtirok etadi.
4.Narsa nomlarini bildiruvchi arabcha so‘zlar
G‘ijduvon shevasida Ad.orf
sätil satil, chelak, paqir
sändüq sandiq
sābin //sävün sovun
žävhär gavhar, qimmatbaho
näpäs nafas
xälvā holva
5. So‘z birikmasi asosida qo‘shma fe'llarning hosil bolishi, ot qismida ishlatiladigan arabcha so‘zlar:
bätgä ürmāq ko‘ngilga tegmoq
mävxi bāsilmāq havasi bosilmoq
bäridän otmāq vos kechmoq
käsrigä qālmāq ziyon keltirmoq

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish