46
5. MAVZU: OTA-ONALARGA, PEDAGOGLARGA O‘SMIRLARNING
SUITSIDAL HARAKATLARI OLDINI OLISH BO‘YICHA MASLAHATLARI.
Maqsad:
Pedagoglar va ota-onalarda o‘smirlarning
suitsidal harakatlari
oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish
Vazifalar:
Voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd qilish harakatlarining
asosiy ko‘rinishlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish
O‘smirlar va yoshlardagi o‘z joniga qasd qilish xulq-atvorining
harakatlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish
Umumiy
vaqt:
2 soat
Usullar:
Slaydli taqdimot, aqliy hujum, munozara, kichik guruhlarda ishlash,
mashq va o‘yinlar.
Zarur
materiallar:
Flipchart,
rangli markerlar, daraxt
tasviri chizilgan vatman, meva
yoki gul shaklidagi stikerlar, qaychi, rangli qog‘oz, ruchka.
Mashg‘ulotning borishi.
Kirish qismi:
Videorolik
O‘qituvchilar,
bolalar va
o‘smirlarning
ota-onalari nimani
bilishlari kerak:
Nega bola o‘z
joniga qasd
qilishga qaror qiladi?
- mehr va yordamga muhtoj;
- o‘zini
hech kimga keraksiz
his qiladi;
- qiyin vaziyatni o‘zi hal qila
olmaydi;
- ko‘plab hal qilinmagan muammolari to‘planib qolgan;
- jazodan qo‘rqadi;
48
- o‘z joniga qasd qilish haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rashdan qo‘rqmang;
- bolangizni muammo bilan yolg‘iz qoldirmang;
- muammoni hal qilishda to‘g‘ri
yondashuvlarini taklif qiling;
- har qanday vaziyatni to‘g‘ri hal qilish mumkinligiga umid tug‘diring;
- bola uchun muhim bo‘lgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashga jalb qiling;
- mutaxassislardan yordam so‘rang.
Nima qilmaslik kerak?
- qattiq koyimang;
- hurmat - e’tiborga bo‘lgan istagini inobatsiz qoldirmang;
- "Bu muammomi?", "Sen boshqalarga nisbatan yaxshiroq yashaysan"
va hokazo
gaplarni aytmang;
- bahslashmang;
- asossiz tasalli bermang;
- o‘smirning ustidan kulmang.
G‘amxo‘r va mehribon ota-onalar, o‘qituvchilar uchun tavsiyalar:
- bolangiz uni sevishingizni doimo his qilsin;
- tez-tez o‘pib bag‘ringizga bosib turing;
- qiyin vaziyatlarda yordam bering;
- unga hayotdagi vaziyatlarni qanday hal qilishni o‘rgating;
- unda o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiring;
- bolangizga o‘yinlar, rasmlar,
kulolchilik, sevimli mashg‘ulotlari orqali o‘z
hissiyotlarini ko‘rsata olishiga yordam bering.
Bolaning qalbiga yoqadigan so‘zlar...
- Sen eng sevimli insonimsan!
- Sen ko‘p narsani uddalaysan!
- Rahmat!
- Sensiz nima qilardik!
49
- Yonimga kel!
- Biz bilan o‘tir!
- Aytchi, senga nima bo‘ldi? -Men senga yordam beraman...
- Muvaffaqiyatlaringdan xursandman!
- Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sening uying sening qal’angdir!
- Sening borliging qandoq yaxshi!
Do'stlaringiz bilan baham: