5. Tekshiruv savollari 1.Qanday ulashga yulduz sxemada ulash deyiladi? 2.Yulduz sxemada ulanganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishidan necha marta katta biladi? 3.Agar har bir faza simlaridagi toklar ma'lum bo’lsa, neytral simdagi tokning kattaligini qanday aniqlash mumkin? 4.Neytral simning roli nimada? 5.Har bir fazaga navbati bilan ulanadigan vattmetrning kursatishi buyicha uch fazali zanjirning quvvati qanday aniqlanadi?
7.1–jadval Elektr energiyasi iste'molchisi birinchi fazasining oxirini ikkinchi fazasining boshlanishi bilan, ikkinchi fazasining oxirini uchinchi fazasining boshlanishi bilan, uchinchi fazasining oxirini birinchi fazasining boshlanishi bilan ulanishiga uchburchak sxema ulash deb ataladi. Bu holda elektr energiyasi iste'molchilari neytral simsiz liniya kuchlanishiga biriktiriladi.
Uchburchak sxemada ulaganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng, ya'ni UL = UF.
Tekis yuklama va simmetrik kuchlanish sistemasida liniya toki faza tokidan 3 marta katta, ya'ni
IL= 3 IF Tekis yuklamada faza va liniya toklari o`zaro 1200 ga siljigan bo`ladi, ammo liniya toklari faza jihatidan faza toklaridan 300 ga orqada qoladi.
Notekis yuklamada faza va liniya toklari orasidagi nisbat o`zgaradi, ya'ni
IL3.IF Ammo bu holda liniya toklarining bir-biriga nisbatan fazaviy siljishi 1200 ga teng emas. Elektr energiyasi iste'molchilarining bir yoki ikki fazasi ajratilganda, tegishli fazalarning toki nolga teng bo`ladi.
Liniya simlari uzilganda uchburchak sxema tarmoqlangan bir fazali zanjirga aylanadi. Bunday zanjirda uzilgan sim bilan bog`liq bo`lgan elektr energiyasi iste'molchilarining ikkita fazasi ketmaket ulanib, uchinchi faza bilan parallel qolgan simlar orasidagi liniya kuchlanishiga ulanadi.
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan faza va liniya toklari orasidagi nisbat quyidagi vektor ifodalar bilan belgilanadi:
IA IAB ICA IB IAB IAB IC ICA IBC Bu tajriba ishida elektr energiyasi iste'molchilari sifatida har bir fazaga cho`g`lanish lampasi va qarshilik reostatlari, ya'ni aktiv yuklama ulanadi.
3. Ishni bajarish tartibi
Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi.
8.1-rasmdagi sxema yig`iladi.
8.1-rasm.
Qarshiliklar yordamida uchala fazada tekis yuklama hosil qilinadi. Har bir fazadagi liniya va faza toklari va kuchlanishlar o`lchanadi.
3.Elektr energiyasi iste'molchilarining bir fazasini ajratib (fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan ikki fazadagi elektr energiyasi iste'molchilarining kattaliklari ulchanadi.
4.Elektr energiyasi iste'molchilarining ikki fazasini ajratib (ikki fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan bir fazadagi kattaliklar o`lchanadi.
5.Liniya simlaridan birini uzib (liniya simidagi biriktiruvchi simni olib) kuchlanish ta'sirida qolgan ikki liniya simidagi zanjirning usha kattaliklari o`lchanadi.
Qarshilik kattaligini o`zgartirish yo`li bilan notekis yuklama hosil qilinib, yana usha kattaliklar o`lchanadi.