Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi.47 Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko‘ra uch turga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish investitsiyalari;
Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya;
Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Avtonom invstitsiya funksiyasi va grafigi quyidagi ko‘rinishga ega:
I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Qisqacha xulosalar - Qisqacha xulosalar
- Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi.
- Iste’mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq o‘zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog‘liq.
- Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardir.
- Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir.
- Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq.
- Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model - akselerator modeli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |