Key words:
mathematics, interactive methods, case stage, insertion, cluster, fish
skeleton, Venn diagram.
Boshlangʻich maktabda matematika taʼlimi oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, oʻz fikrlarini mustaqil bayon qila olish,
egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlariga qoʻllash hamda taʼlimning ikkinchi bosqichida
oʻqishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Darsda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri interfaol metodlardir. Bu
uslublar maktab pedagogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan.
Qachon bu metodlar samarali natija bera oladi?
175
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
–
dars va mavzuning maqsadlari to‘g‘ri aniq tanlanganda;
–mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
–bir metod butun dars davomini qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa;
–tanlangan metod o‘quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa
1
;
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki,
butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga
tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim oluvchilarning
soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta‘limning davomiyligi,
o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga olinadi.
Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tafakkur etish va kuzatuvchanlikni
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, matematika oʻquvchining mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, uning oʻz
fikrini aniq, toʻgʻri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. Oʻqituvchining vazifasi
bolaga matematikani oʻqitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdir
2
.
Interfaol metodlar deganda, ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu
metodlar qo‘llanilganda, ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
Ta‘lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‘lgan
yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– ta‘lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
– ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi;
– ta‘lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
– ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
– amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
– ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab
o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda
muammoning to‘g‘ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning
ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar
orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va
chuqurlashishiga erishiladi.
Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari:
–
o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi.
–
o‘z vaqtida o‘quvchi-o‘qituvchi-o‘quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o‘rnatiladi.
–o‘qitish usullari ta’lim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta
guruh).
–
o‘quv jarayoni o‘qish ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladi.
–
o‘zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o‘quv materiali yaxshi esda qoladi.
1
Jumayev E.E. Boshlang‘ich matematika nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun) Toshkent. “Turon iqbol” 2019-yil.
2
Uzviylashtirilgan o'quv dasturi. T.: 2010
176
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z-o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O‘qish jarayoniga
ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi. Har bir o‘quvchining o‘zi mustaqil fikr yurita
olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o‘tilgan darslarda
o‘quvchi faqat ta’lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy
fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan
fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur mushohoda yuritishga, muammolarni o‘z
vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Interfaol metodlarda darsni tashkil
etishda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish o‘z-o‘ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya’ni
o‘quvchining:
–
o‘zi mustaqil mutolaa qilishi, o‘qishi asosida bilim olishi;
–
o‘zini-o‘zi anglab yetishga, anglab tarbiya topishga;
–
o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
–
o‘quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;
–
o‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g‘animat bilishga;
–
o‘quv mehnatiga o‘zida xohish-istak uyg‘ota olishga;
–
har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga.
Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh
maqsad qilib olishga o‘rganmog‘i zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘zi-
o‘zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida yechimini
kutayotgan dolzarb muammolardandir.
Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima?, interfaol
metodda o‘qitish nima uchun zarur?, uning qanday turlari mavjud?, tarkibiy tuzilishi
qanday?, uni ta’lim jarayoniga qanday olib kiriladi?, uning avvalgi usullardan farqi nimada?
degan savollar uchraydi.Bu savollarga aniq javob topish uchun shu kunlarda umumta’lim
maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba tahlil etish joizdir.
An’anaviy usul XVII asrda Chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif
etilgan.U o‘qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars sistemasi deb
yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan.
An’anaviy maktab sinf – dars sistemasi quyidagicha o‘ziga xos an’analarga ega: taxminan
bir xil yoki yaqin yoshli, tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfni tashkil etadi. Sinf yagona
reja, dastur, darslik, dars jadvali asosida ishlaydi.
Mashg‘ulot turi, asosan, yagona dars hisoblanadi.
Dars ma’lum bir o‘quv predmeti, mavzuga oid bir xil material ustida ishlaydi.
O‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, har bir o‘quvchining bilim darajasini baholaydi,
yil oxirida o‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirishni ham u hal qiladi, ya’ni o‘quvchilar taqdirining
hal etilishi o‘qituvchi qo‘lidadir
1
.
Endi interfaol metodlarga batafsilroq to‘xtalamiz. Interfaol metodlar shunday
metodlarki, u o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga
oshiruvchi usuldir.“Interaktiv” so‘zi ingliz tilidan olingan “Interakt”, ya’ni “Inter” – o‘zaro,
“akt” – harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini beradi.
Interfaol usullardagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni o‘zaro
faollikda hal etishga, o‘z fikrini erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar
1
S.Burhonov va boshq. Uchinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. “Sharq” 2018.
177
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
yechimini topishga, hamkorlik, hamjihatlikda ish yuritishga, fikrni mantiqan yozma ravishda
bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlarda ish yuritish, an’anaviy usullardan voz kechish
degani emas. Bu ta’lim mazmunini o‘zaro faollikda hal eta olish demakdir.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori
samaradorlikka erishishga olib keladi.
Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga
muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish
darajasi o‘sishiga olib keladi.Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha
tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo‘ladi.
Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz. Bu metodlarni
tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik
organayzerlarga ajratish mumkin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quvkeyslari”), “Blits-so‘rov”,
“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
2. Interfaol ta’lim strategiyalari.”Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zigzag”,
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va h.k. Interfaol ta’lim
metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga
yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida, bu
strategiyalar ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida
boshqa farqlar yo‘q.
3. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn
diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. interfaol
grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda
yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida, bu grafik organayzerlar bilan ishlash
ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa
farqlar yo‘q.
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari
texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmoqda.Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim
metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun
qulayligi bir muncha shartli va muayyan o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan boshqa
yana ko‘p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo‘lida qo‘llash mumkin ekanligini alohida
ta’kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |