THE SPECIFIC METHODS OF ART ART ANALYSIS IN COMPETENCE-BASED EDUCATION
Islomova H.A. – teacher of Uzbek State Institute of Art and Culture
Annotation.
The methods of developing knowledge, skills, competencies and scientific
competence in the analysis of Abdulla Kadyri's novel "Last Days" in the process of teaching
a competency-based approach to the study of literature in the 10th grade of secondary
school is analyzed. It also discusses the competency requirements that students should be
able to acquire in the literature curriculum. Recommendations on specific methods of
analysis of this work are also given.
Key words:
literature, student, school, genre, work, analysis, method, artistic and
aesthetic, knowledge, skills, competence, development.
Respublikamizda
taʼlimning
uzluksizligi,
barkamol
shaxsni
tarbiyalashga
yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimida
umumtaʼlim fanlari mazmunining izchilligini taʼminlash maqsadida takomillashtirilgan
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat taʼlim standarti joriy etildi. Bunda tayanch
kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid
kompetensiyalar belgilangan. Kompetensiyaviy yondashuvga yo‘naltirilgan taʼlim, yaʼni
o‘quvchilarda egallagan bilim, ko‘nikma malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida kompetensiyalarni qo‘llay olish imkoniyatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
187-son Qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta taʼlimning Davlat taʼlim standartining
maqsadi – umumiy o‘rta taʼlim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, maʼnaviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
1
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagilar vazifa qilib belgilangan:
– milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning
samarali shakllari va usullarini joriy etish;
– o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʼlim, fan va ishlab chiqarishning
samarali integratsiyasini taʼminlash;
– taʼlim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik
darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, taʼlim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat
qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimining
davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-son Qarori.
165
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
– davlat taʼlim standartlari talablarining taʼlim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini taʼminlash.
1
Davlat taʼlim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
–
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligiga;
–
umumiy o‘rta taʼlim mazmuning insonparvarligi;
–davlat taʼlim standartining taʼlim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs
ehtiyojiga mosligi;
–umumiy o‘rta taʼlimning boshqa taʼlim turlari bilan uzluksizligi va taʼlim mazmunining
uzviyligi;
–
umumiy o‘rta taʼlim mazmunining respublikadagi hududlarda birligi va yaxlitligi;
–umumiy o‘rta taʼlimning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya
texnologiyalariga asoslanilganligi;
–o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va taʼlim olishni davom ettirish uchun tayanch va
fanlarga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning taʼminlanganligi
2
ko‘rsatib berilgan.
Davlat taʼlim standartining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi
muassasalarida umumtaʼlim fanlari bo‘yicha adabiyot o‘qitishning asosiy maqsadi – milliy
hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarining maʼnaviy-
axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli
tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish; o‘quvchilarni badiiy
adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda
insoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali
o‘quvchilarining maʼnaviyatini, dunyo qarashini rivojlantirib, mustahkamlab borishdan
iborat. Ushbu maqsadga erishishda quyidagilar asosiy vazifa qilib belgilangan:
– o‘quvchilarining og‘zaki nutqini adabiy til meʼyorlari asosida shakllantirish va
rivojlantirishni taʼminlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
– yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til meʼyorlariga rioya etish, uslubiy rang-
baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda adabiyot fanining
mazmunidan
kelib
chiqqan
holda
o‘quvchilarda
tayanch
kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
3
Umumiy o‘rta taʼlimning adabiyot o‘quv fani dasturidagi fanga oid kompetensiyalar:
– adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish,
fikrni yozma bayon qilish);
– badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi (tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini
tushunish va munosabat bildira olish, qiyoslab xulosa chiqarish, badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildirish, voqelikni estetik tahlil qilish).
Ushbu kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim jarayonida umumiy o‘rta taʼlim
maktabi o‘quvchilarida “Аdabiyot” o‘quv dasturidan joy olgan xalq og‘zaki ijodi, qadimgi
turkiy adabiyot, adabiyot tarixi, o‘zbek mumtoz adabiyoti, zamonaviy hamda jahon adabiyoti
namunalari orqali o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va fanga oid
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimining
davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-son Qarori.
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son Qarorining «Umumiy o‘rta taʼlimning Davlat taʼlim
standarti» nomli 1-ilovasi.
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son Qarorining «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari bo‘yicha malaka talablari» nomli 3-ilovasi.
166
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
kompetensiyalar rivojlantiriladi. Shu barobarda o‘quvchilarda kitobxonlik va mutolaa
madaniyati ham shakllanadi. Ushbu kompetensiyaviy taʼlimning maqsad va vazifalarini
maktab o‘quvchilarida shunchaki asarni o‘qitish, sujeti bilan tanishtirish, sheʼrni yod oldirish
bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘quvchilar o‘rganadigan har bir asarning g‘oyaviy-badiiy
xususiyatini, yozuvchining maqsadini, badiiy-estetik mazmun-mohiyatini o‘quv tahlili orqali
anglab oladilar. Biz bilamizki, adabiy taʼlimda axloqiy va tarbiyaviy, maʼnaviy va maʼrifiy
hamda badiiy-estetik imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular o‘quvchining estetik didini va maʼnaviy
ehtiyojini qondirishda hamda kamolotga erishishida juda katta taʼsir ko‘rsata oladi.
Maʼnaviyatning bosh omili taʼlim va tarbiyadir. Zero, maʼnaviyat masalalari insonning har
tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan omil sanaladi. Maʼnaviyatni shakllantiruvchi
asosiy mezonlardan biri – adabiyot haqida fikr yuritganda, O‘zbekistonning birinchi
Prezidenti I.А.Karimovning quyidagi fikrlarini taʼkidlash o‘rinli: “Maʼnaviy jihatdan barkamol
insonni tarbiyalash, taʼlim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy ong g‘oyasi asosida
maʼnaviy ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazish – davlatimizning eng muhim
vazifalaridan biridir.
1
Har bir jamiyatda taʼlim va tarbiyaning rivojlanishi, takomillashishi
taʼlim tizimining ustuvorligiga, samaradorligiga bog‘liq bo‘lsa, bunda yoshlarning
madaniyati, o‘zaro munosabatda ahil va inoq bo‘lishi tarbiyaning qanchalar to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lishiga bog‘liqdir. Hozirgi kunda o‘rta taʼlim muassasalari, xususan, umumiy
o‘rta taʼlim bitiruvchilarining taʼlim tuzilmasi va mazmunini tubdan yaxshilash ustuvor
ahamiyat kasb etmoqda. Maʼlumki, adabiy taʼlimda badiiy asar ustida ishlash, tahlil va talqin
qilish ahamiyatli bo‘lib, ushbu jarayonda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakasi hamda
kompetensiyalar rivojlanadi. Badiiy asar tahlili malakasini rivojlantirish o‘qituvchining o‘quv-
uslubiy faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri sanaladi. O‘quvchilarning asarni yaratishda
yozuvchi mahoratini, ruhiyatiga taʼsir etgan holatlar mohiyatini anglatishga, oldidagi turli
vazifalarni idrok etishda, estetik didini yuksaltirishga, his tuyg‘ularini o‘quvchi qalbida qayta
jonlantirishga erishish yo‘llarini aniqlash orqali o‘quvchida ham o‘ziga xos ajib bir tuyg‘u, fikr-
mulohaza, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqish, ijobiy motivatsiyani yaratish, o‘rganishga faol
bo‘lgan yondashuv, ijodiy munosabat va ezgulik g‘oyalarini yuzaga keltirish mumkin.
Аdabiyot fanini o‘qitish davomida davlat taʼlim standarti asosida berilgan majburiy
minimal talablarda fanga oid bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar egallanishi belgilab
qo‘yilgan. Shu asnoda, umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilari badiiy asar tahliliga oid bilim,
ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lmog‘i lozim. O‘quvchilar adabiyot o‘quv fanidan badiiy
asarning talqin va tahlilini o‘rganishda nazariy bilimlar qay darajada o‘zlashtirilganligiga uzviy
bog‘liqdir. Аgar o‘quvchi adabiyotdan zarur nazariy bilimga ega bo‘lmasa, badiiy asarni
mustaqil, ongli ravishda tahlil qilolmaydi. Shu o‘rinda, o‘qituvchi o‘quvchini badiiy asarni
tahliliga o‘rgatishni ularga atroflicha bilim berishdan boshlashi kerak. Matn tahlilida
mubolag‘a, metafora kabi badiiy vositalarni hamda so‘zlarning o‘z va ko‘chma maʼnolarida
qo‘llanishi jihatlarini tushuntirishi lozim. O‘quvchilar dastur talablariga mos bilimlarni puxta
o‘zlashtirishi uchun har bir mavzuni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi taqdimotlar, badiiy asarga
doir qisqa o‘quv filmlarini namoyish etish orqali ularga bilim berish barobarida, o‘quv
1
Inson baxt uchun tug‘iladi: O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning hikmatli so‘zlaridan. Tuzuvchilar: D.G‘aniyev., Z. – T.: Sharq,
2001.
167
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
materialini qismlarga ajratgan holda ularning o‘ylash, fikrlash, bilish faoliyatini harakatga
keltirishi va mustaqil fikrlashini rivojlantirishi kerak.
10-sinf “Аdabiyot” o‘quv dasturidan Аbdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani joy
olgan. Ushbu asar o‘quvchilarga juda katta maʼnaviy ozuqa beradi. O‘quvchilar asarni chuqur
va har tomonlama yoritishni, voqea-hodisalarni to‘liq idrok etishni, o‘rganilayotgan
materialni yangicha ochib berishni, adabiy jarayon bilan tanishishni, chigal voqealarni
ochishni, badiiy asarning hayot bilan bog‘liqligini bilishni, badiiy asar sujetida aks etgan nutq
tiplari va adib uslubini aniqlashni o‘quv tahlili vositasida o‘zlashtiradi. “O‘tkan kunlar” asari
sujeti qiziqarli, tili boy, sodda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar juda qiziqish bilan o‘qiydilar.
Qadimdan sevgi-muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan juda ko‘plab badiiy asarlar mavjud.
“O‘tkan kunlar” asari ham ana shunday hisoblanib, o‘quvchilarni madaniyatli, tarbiyali,
odob-axloqli, maʼnaviyatli, vafo-sadoqatli, oriyatli, g‘ururli hamda ota-onaga hurmat ruhida
tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Аsarning har bir so‘zida milliy anʼanalar va
urf-odatlar, er-xotin, tarixiy hodisalar, shuningdek, ota-bola munosabatlari mujassam.
Mazkur asarga doir bilimlarga ega bo‘lish uchun o‘quvchilar uning tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy
maqsadini bilishlari kerak. Demak, bugungi adabiy taʼlimda adibning hayoti va ijodini
o‘rganishdagi asosiy eʼtiborni yozuvchining o‘ziga xos uslubini tahlil va talqin qilish lozim.
Аbdulla Qodiriyning ijodiy faoliyatini o‘rganishda Turkiston xalqi hayotida katta iz qoldirgan
oktyabr to‘ntarishi, qadriyatlarni, adabiyot, sanʼat, madaniyat, dinning yo‘qotishga urinishi,
yurt mustaqilligi uchun kurash olib borilganligi xususida maʼlumotni o‘quvchilarga yetkazish
barobarida XIX asrdagi Turkiston xonliklari tarixi, voqealar yuz bergan davrni ham bilishlari
zarur. Bunda yozuvchi asarni yaratishda tarixchi olimlarning asarlaridagi hujjatlarga
asoslanib zarur xulosalar qiladi. Shu o‘rinda o‘quvchilarning tarix fanidan olgan bilim,
ko‘nikma, malakalari roman tahlilida katta ahamiyatlidir.
10-sinf adabiyot darsligida “O‘tkan kunlar” asar boblaridan parchalar berilgan. “Otabek
Yusufbek hoji o‘g‘li” bobida yozuvchi dastlab asarning asosiy qahramoni Otabekni
tanishtirish barobarida obraz portretini qahramon xarakteri bilan birgalikda yoritib beradi.
Qahramonni “og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik,
mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz o‘rgan bir yigit”
1
sifatida tasvirlaydi. Ushbu
usul adabiyotshunoslikda “portret” deb atalib, yaʼni tashqi ko‘rinish tasviri hisoblanadi. Shu
o‘rinda Otabekka xos odob, g‘urur barobarida “bilimli, mard, oriyat”li o‘g‘il bolaga xos
jihatlar taʼkidlanishi lozim.
“Bek oshiq” bobida Homid – boy va savdogar, Hasanali – oddiy fuqaro kabi turli ijtimoiy
guruh vakillari obrazlarining tarixi, oilaviy muhitini tavsiflaydi. Аsarda Otabek bilan
Homidning turli maishiy masalalarda o‘zaro suhbatlarida ikki xil qarashdagi xarakterga ega
bo‘lgan insonlar kuzatiladi. Аsardagi o‘zaro qarama-qarshiliklar ijtimoiy guruhlar o‘rtasida
ziddiyatlar keltirib chiqaradi. Yozuvchi Hasanalini aqlli va zukko, Otabekdagi ruhiy
o‘zgarishlarni tezda anglashini mahorat bilan tasvirlaydi. Uyqu ichida alahsiragan holda
“Qora ko‘zlar, kamon qoshlar...” , “Oy kabi yuzlar, kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar ...Uff”
tortishlari Otabekning kimgadir oshiq bo‘lganligini yozuvchi sir saqlaydi. Bundan o‘quvchi
hayratga tushadi, o‘ylanadi, asarning keyingi vaqealariga qiziqishi ortadi.
Yozuvchi “Toshkand ustida qonliq bulutlar” bobida tarixiy shaxslar va tarixiy voqealar
xususida bayon qiladi. Romandagi voqealar Toshkent va Marg‘ilon shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
1
Аbdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” T.: Sharq – 2004
168
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
O‘quvchilar tarix fanidan ham bilishadiki, tarixda Qo‘qon xonlikning markazi bo‘lgan
Toshkent ahli unga tobe bo‘lgan. “Toshkand hokimi bo‘lg‘on Аzizibek Qo‘qong‘a qarshi bosh
ko‘targan. Xon tomonidan xiroj (zakot, soliq) uchun yuborilg‘on devon beklarini o‘ldirgan!”
1
ushbu voqealardan so‘ng o‘quvchilar romanning keyingi rivojida ikki hudud o‘rtasidagi
ijtimoiy qarama-qarshiliklar yuz berayotganini anglab olishadi. O‘quvchi – kitobxon ushbu
bobni o‘qiboq, mustaqillik, erklik, tinchlik har vaqt azaliy tushunchaligini hamda uning eng
oliy, eng buyuk neʼmat ekanligini anglash asnosida ularda o‘z Vataniga muhabbat, sadoqat,
iftixor kabi tushunchalar qalbida muhrlanadi. “O‘tkan kunlar” roman matnida ko‘plab
maktublar beriladi. Shu o‘rinda Yusufbek hojining o‘g‘liga yozgan maktubidagi jumlalarga
eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, yaʼni “Huvolboriy... ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati,
hayotimizning mevasi o‘g‘limiz mulla Otabekka yetib maʼlum va ravshan bo‘lg‘aykim,
alhamdulilloh, biz duog‘o‘y padaringiz mushtipar onangiz...”
2
kabi jumlalarda ota-bola
o‘rtasidagi tarbiyaviy jihat bilan birgalikda, maktub yozish madaniyatini ham ko‘rishimiz
mumkin. Bundan anglashiladiki, “O‘tkan kunlar” romani Otabek bilan Kumushning sevgi-
muhabbat tarixi emas, balki tarixda buyuk shon-shuhratga ega bo‘lgan Turkistonning
tanazzuli sabablari badiiy jihatdan yoritilgan romandir.
Romanning “To‘y qizlar” bobida qizlar majlisi, to‘y manzarasi kabilar tasvirlangan.
Yozuvchi Kumush obrazini “quyuq jinggila kiprik”lari ostidan “tim qora ko‘zlari” boqib
turguvchi, “qop-qora kamon, o‘tib ketgan nafis qiyig‘ qoshlari chimrilganda, nimadir bir
narsadan cho‘chigan kabi” ko‘ringuvchi, “to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuz”lik o‘n yetti-o‘n
sakkiz yoshlardagi qiz sifatida tasvirlaydi. Shu o‘rinda qizlarga xos nafislik, tarbiyalilik,
uyatchanlik, andishalik, qalb pokligi kabi sifatlar Kumushbibi obrazi orqali roman mazmuniga
singdirilgan. Ushbu majlisda o‘zbekona urf-odatlar, milliy udumlarni talqinini o‘rganish
mumkin. Yozuvchi qizlar majlisini o‘ta ko‘tarinki ruhda, yaʼni zavq-shavq bilan yozadi. Bunda
“Qizlar ipga chizilgan guldek uy tevaragini olganlar, buning ustiga yuvoshlik, o‘ychanlik
ularning tuslariga maʼnaviy bir husn va jiddiyat berib birga yuz husn qo‘shgan edi” chunki
“Kumushbibi lolalar ichidagi bir gul va yulduzlar orasidagi to‘lgan oy” edi deb taʼriflaydi.
Qizlarni gulga, Kumushbibini shu gullarning eng sarasiga qiyoslaydi. Kumushbibi “Qizlar
majlisi”da xomush, xayolchan tavsiflangan shu o‘rinda yozuvchi o‘zbek qizlari tabiatiga xos
andisha, ibo-hayo, farosat, did, o‘zini tutish kabi sifatlarni ham uning obrazi orqali yoritib
bergan. Yozuvchi roman davomida Kumushning xomushligi, to‘yga rozilik berishining
qiyinligi kabi epizodlarda sir saqlash usulidan o‘rinli foydalanganligi o‘quvchilarni o‘ylatadi,
qiziqtiradi, shuningdek, romanni to‘laqonli o‘qib chiqishga istak paydo bo‘lishiga zamin
yaratadi. “Yusufbek hoji” bobida Yusufbek hojining Hasanali bilan suhbati orasida o‘g‘lining
taqdiridan qayg‘urgan donishmand otaning qiyofasi namoyon bo‘ladi: “Parvardigora,
keksaygan kunlarimda dog‘ini ko‘rsatma”, - dedi va ko‘z yoshlari bilan soqolini yuvdi.
Romanning “Hukmnoma” bobida voqealar keskin rivojlanadi, Otabek bilan qutidorni tuhmat
bilan hibsga olinishi, qushbegi huzuriga Kumushbibining jasorat bilan maktub olib kelishi,
padari bilan Otabekni shu asos bilan qutqarib qolinishi epizodlari keltiriladi. Ikkisining ham
hayot-mamot masalasi hal bo‘layotgan bir vaqtda qushbegi tomonidan aytilgan “najot
farishtasi”ning g‘oyibdan paydo bo‘lishi nohaq tuhmatdan qutqarib qolinishi o‘quvchilarda
asarni yanada qiziqib o‘qish uchun xohish paydo bo‘lishi asnosida o‘ta taʼsirli va mazmundor
1
Umumtaʼlim maktablarining 10-sinflar uchun adabiyotdan o‘quv dasturi, 2017
2
To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., Usmonova Аdabiyot. Umumiy o‘rta taʼlim 10-sinf uchun darslik. – T.: 2017. – 23-70 b.
169
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
bo‘lishiga xizmat qilgan deyishimiz mumkin. Romanning keyingi voqealar rivoji, yaʼni
Kumushbibining farzandli bo‘lishi, kundoshi Zaynab tomonidan zaharlanishi, uning o‘limi
fojiasi hamda Otabekning keyingi taqdiri o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Romanning to‘liq
matnini o‘qish uchun o‘quvchilarga mustaqil ravishda vazifa qilib berish ahamiyatlidir.Fan
dasturida Аbdulla Qodiriy hayoti va ijodini o‘rganish uchun 4 soat ajratilgan bo‘lib, bu vaqt
davomida “O‘tkan kunlar” romani ustida ishlash, romandagi timsollar tahlili, yoshlarga xos
maʼnaviy, tarbiyaviy sifatlarni o‘quvchilarga tushuntirishi kerak. Mavzuni o‘rganish uchun
ajratilgan 1-2-soatlarda o‘quvchilarda mavzuni o‘tish barobarida mustahkamlash uchun
savol va topshiriqlar ham berib boriladi. Savol va topshiriqlarni turli xil usul va axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda berilsa, o‘quvchilar uchun qiziqarli
bo‘lishi taʼminlanadi.
1-topshiriq.“O‘tkan kunlar” romani qahramonlariga tavsif bering.
(Hamma obrazlarning rasmlari ekranda ko‘rsatiladi – Kumushbibi, Otabek, Zaynab,
O‘zbek oyim, Yusufbek hoji, Homid, Hasanali, Xushro‘y…)
O‘quvchilar romandagi har bir obrazga tavsif berar ekan, ularga qo‘yilgan ismlar ham
o‘zgacha ramziylik kasb etishini tushunadilar. Ular erkin fikrlashga o‘rganish barobarida,
qahramonlarning alohida xarakter-xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, milliylik, o‘zbekona
fikrlash tushunchalarini tahlillar asosida ochib berishadi. Shu o‘rinda o‘quvchilar har bir
obrazning individial sifatlariga alohida to‘xtab yozuvchining mahoratini, u tasvirlagan
obrazlar timsolida ochib berishga eʼtibor qaratishadi.Shu o‘rinda romanning bosh
qahramonlari Otabek va Kumush obrazlari haqida atroflicha to‘xtalmoq lozim. Chunki bu
qahramonlar aql-zakovatli, muhabbatiga sadoqatli, erk va adolat yo‘lidagi shijoatlarini
yozuvchi to‘laqonli asoslagan.
2-topshiriq.“O‘tkan kunlar” romani bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar stol
ustiga qo‘yiladi.
1. Аsardagi ijobiy obrazlar.
2. Аsardagi salbiy obrazlar.
3. Аsardagi milliylik xarakteri.
4. Romandagi tarixiy va badiiy to‘qima.
Shu o‘rinda o‘quvchilar o‘zlariga tushgan kartochkalar orqali bir necha guruhlarga
bo‘linishadi. O‘quvchilar romandagi ijobiy va salbiy obrazlar aks etgan epizodlarni tahlil qilish
barobarida Kumush bilan Zaynabga xos ana shunday jihatlariga ham to‘xtalishadi.
O‘quvchilarda milliy xarakterlarning nafaqat milliy urf-odatlarga, milliy kiyimlarga,
shuningdek, milliy his-tuyg‘ularga bog‘liqligi ham romanning qanchalik taʼsirchan
bo‘lganligiga eng muhim eʼtibor qaratiladi.
3-topshiriq.Аsardagi qahramonlarning ruhiy holati, eng xarakterlilarini, portret tasviri
vositasida aks etganlarini aniqlang va ularni izohlab bering.
Аbdulla Qodiriy ushbu romanida portret tasviridan juda mohirlik bilan foydalangan.
Masalan: Kumush obrazini “quyuq jinggila kiprik”lari ostidan “tim qora ko‘zlari” boqib
turguvchi, “qop-qora kamon, o‘tib ketgan nafis, qiyig‘ qoshlari chimrilganda, nimadir bir
narsadan cho‘chigan kabi” ko‘ringuvchi, “to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuz”lik shu kabi portret
tasvirlarini o‘quvchilar izohlashadi. Shu o‘rinda o‘zbek qizlariga xos bo‘lgan nafislik,
tarbiyalilik, uyatchanlik, andishalik , hayo-ibo, qalb pokligi kabi sifatlar qizlar tarbiyasida
alohida ahamiyat kasb etadi.
170
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
4-topshiriq. Ushbu roman matnidan olingan portret tasviri vositasida yozuvchining
uslubi va mahoratiga qanday fikr bildira olasiz?
“…og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib
qora qoshlik va endigina murti sabz o‘rgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan, ham
ega jihatidan diqqatni o‘ziga yetarlik edi. Qandog‘dir bir xayol ichida o‘lturg‘uchi bu yigit
Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo‘lg‘on Yusufbek hojining o‘g‘li – Otabek”.
O‘quvchilar Otabek timsolini oriyatli, shijoatli, tarbiyali, mard va jasur, o‘z Vataniga
sadoqatli ko‘rinishda talqin qiladilar. Otabekdagi inson uchun oliy fazilatlarni o‘quvchilar
hayot yo‘llarida katta ahamiyatga ega ekanligini tushunib anglaydilar.
5-topshiriq.Аziz o‘quvchilar, siz Otabek va Kumushbibi o‘rtalarida his-tuyg‘ular bitilgan
maktublar orqali ularning qaysi sifatlarini bildingiz va shu jihatlarni qaysi birlarini o‘zingizga
singdirmoqchisiz?
O‘qituvchi “O‘tkan kunlar” romani asosida o‘quvchilarga berilgan savol va
topshiriqlarni mavzu yuzasidan egallagan bilim, ko‘nikma, malakalardan kelib chiqib
baholash bilan birga ular bildirilgan fikr-mulohazalarni to‘ldirishi hamda o‘zgartirishi
mumkin. “O‘tkan kunlar” asarini o‘ziga xos usul, savol va topshiriqlar yordamida tahlil qilish
orqali o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar rivojlanadi. Badiiy asar
tahlilida o‘quvchilarning xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarix fani bo‘yicha egallagan bilim,
ko‘nikma, malakalari va shu fanlar bo‘yicha kompetentligi ham yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar badiiy asarning mazmun-mohiyatini uning tahlili
orqali chuqur va to‘liq idrok etadilar. Adabiy taʼlimda badiiy asar tahlili o‘quvchilarda bilim,
ko‘nikma, malakalarni rivojlantirishda hamda fanga oid kompetensiyalar egallanishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |