Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
Bog'liq
5-сон

EFFECTIVE MECHANISMS FOR STRENGTHENING THE IMMUNITY OF YOUNG PEOPLE IN 
UNCONVENTIONAL THREATS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
 
Kholikov Y.T. –Teacher ofMinistry of Defense of the Republic of Uzbekistan information 
and communication technologies and connection military institute 
 
Annotation.
In recent years, we have seen that the majority of incidents in various 
forms around the world are committed by young people. In this article, young people living 
in the Republic of Uzbekistan are exposed to various forms of non-traditional customs (folk 
culture, religious extremism, fundamentalism, immorality, treatment of parents, brothers 
and sisters, respect for adults, respect for minors). infidelity, etc.) and what we can do to 
prevent it. If we do not fulfill this task now, today, in the future, the fate of our youth will be 
tragic and dangerous, and it will be impossible to overcome it. 
Key words: 
spiritual education, patriotism, military oath, information and 
communication technologies, military service, results, culture. 
108


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Hozirgi globallashuv davrida, АKTkeskin rivojlanayotgan bir vaqtda yoshlarga o‘zligini 
anglash, o‘z xalqining qadriyatlari, anʼanalari, urf-odatlari va udumlarini singdirish 
birmuncha qiyin kechmoqda. Chunki hozirda АKT kundan kunga juda ham tez, inson aqli 
bilan idrok qilib bo‘lmaydigan darajada rivojlanib ketmoqda. Birini ko‘rib, uni anglab 
ulgurmasdan, ikkinchisi chiqib kelmoqda. Yana shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda 
dunyoning istalgan burchagida sodir bo‘layotgan hodisalarni to‘g‘ridanto‘g‘ri ko‘rish, uni 
bilish va muhokama qilish imkoniyatlari mutlaqo cheklanmagan. 
Bugungi globallashuv jarayonida, АKTning misli ko‘rinmaydigan darajada rivojlanishi 
yoshlarni ong va tafakkurini o‘zbek xalqining qadriyatlari, udumlari va anʼanalari, ko‘rsatgan 
jasoratlari, mardliklari, ilm va maʼrifatda erishgan yutuqlari, buyuk alloma va sarkadalarimiz 
tomonidan olib borgan bunyodkorlik ishlarini tushuntirish bilan ularning ehtiyojlarini 
qondirish kerak. Аks holda, ularning ehtiyojlarini internetdagi qadriyatimizga mutlaqo to‘g‘ri 
kelmaydigan, o‘zbek xalqiga yot bo‘lgan, milliy va bunyodkor g‘oyamizni barbod qiladigan, 
mafkura va maʼnaviyatimizni yo‘qqa chiqaradigan, erkak kishida bo‘lishi kerak bo‘lgan 
fazilatlardan or-nomus, g‘urur, mardlik, jasurlik, fidoyilik, sadoqat, rashk, qizg‘anish kabi 
fazilatlarni barbod qiladigan, diniy ekstremizm, terrorizm, o‘z joniga qasd qilish, xiyonat, 
sotqinlik, bevafolik, “ommaviy madaniyat”, maʼnaviy buzuqlik va axloqsiz ko‘rinishdagi turli 
xil video va audio lavhalar, suratlar yoshlarni o‘z changaligi tortib ketishi tabiiy hol. 
Mamlakatimiz yoshlarini vatanparvar, millatparvar, o‘zbek xalqining urf-odat, qadriyat 
va anʼanalarini hurmat qiladigan va bajaradigan qilib tarbiyalashimiz, aqlan boy, maʼnaviy 
yetuk va jismonan baquvvat yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish, shuningdek, har tomonlama barkamol shaxs, komil inson qilib, mustaqil 
fikrlaydigan, mamlakatimiz tinchligi va istiqboli uchun barcha masʼuliyatni o‘z zimmasiga 
olishga qodir bo‘lgan, tashabbuskor, adolatli, halol, xalq manfaati yo‘lida bor kuch va 
imkoniyat hamda salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli, ishbilarmon yoshlarni tarbiyalash, 
ularni intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy 
poydevor yaratilgan. 
2016-yil 14-sentabrida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-361-sonli 
Qonun qabul qilindi va ushbu Qonun yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda 
olib borayotgan ishlarni amalga oshirishda huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. 
Mazkur Qaror bilan “Yoshlar” atamasi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar kirishi 
belgilandi. Ushbu ishlarni izchil va jadallik bilan amalga oshirish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyul kunidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati 
samaradorligini yanada oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvatlash 
to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu Farmonga asosan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil 
topgan kun 30-iyun sanasi yurtimizda “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi “Yoshlarni ilm-
fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida 
yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bo‘lgan jami 40ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul 
qilindi. Jumladan: 
– O‘zbekiston Respublikasining 3ta Qonuni; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5ta Farmon, 8ta Qarori va 2ta Farmoyishi; 
109


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
– Vazirlar Mahkamasining 18ta Qarori va 4ta Farmoyishi imzolangan. 
Bunday qaror va farmonlarning chiqishi, avvalombor, o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
maʼnaviy boy, uzoqni ko‘ra oladigan, keng fikrlaydigan, dunyoda sodir bo‘layotgan voqea va 
hodisalarni to‘g‘ri tahlil qiladigan, barkamol shaxs, komil inson qilib tarbiyalashga poydevor 
bo‘lib xizmat qiladi. Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu o‘sib kelayotgan yosh avlod 
kelajakda O‘zbekiston Respublikasi sarhadlari, chegaralarining daxlsizligini, Vatanimiz va 
xalqimizni himoya qilishda o‘z Konstitutsion va yigitlik burchini sidqidildan, vijdonan, bekam-
ko‘st bajaradigan o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib, mamlakatimiz istiqboli yo‘lida 
o‘zlarining bor kuch va imkoniyatlarini amalga oshirishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 
Keyingi yillarda yoshlar siyosati bo‘yicha bir qator chet el olimlari tomonidan mavzuga 
oid dissertatsiya ishlari olib borilgan. Jumladan, O.S.Gtserbina, M.Y.Kalinkina, А.А.Kostrova 
va boshqalar
1
, davlat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasida band bo‘lgan 
boshqa tegishli tuzilmalar bilan o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko‘rib 
chiqmoqdalar. V.N.Аfonina, N.M.Krasnikova, V.N.Lukin, D.А.Mayatskiy
2
, o‘ziga xoslik 
o‘rganilgan hududlardagi yoshlar siyosati (M.M.Bariev, D.А.Kuzmicheva
3
)lar shu yo‘nalishda 
dissertatsiya, tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
Аparina А.V. “Yosh avlodni ijtimoiy himoya qilish muammolari, shu jumladan, huquqiy 
jihatdan ko‘rib chiqish”
4
bo‘yicha ish olib borgan. 
T.S.Fedorova "Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi yoshlar siyosati: taʼlim va 
madaniyati"
5
mavzusidagi o‘zining maqolasini yozgan. Maqolada yoshlar siyosatini amalga 
oshirish kontekstida Yevropaning taʼlim va madaniy siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
muhokama qilingan. 
R.Nugent tomonidan “Zamonaviy global dunyoda yoshlarning roli va o‘rnida ularning 
dinamik o‘zgarishlari va o‘zgarish sharoitida ko‘rib chiqish”
6
bo‘yicha izlanish olib borilgan. 
Yoshlar siyosati to‘g‘risida XX asrning 60-yillari BMT taʼlim va yosh avlodni ijtimoiy 
qo‘llab-quvatlash sohasida hamkorlikning maxsus yo‘nalishi rivojlana boshladi. Yoshlarning 
tarbiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Ularda kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Misol 
uchun, oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishlari, o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha ish bilan 
taʼminlash, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari uchun kreditlar berish, xotin-qizlarni ish bilan 
1
Калинкина М.Ю. Ёшлар сиёсати: уни амалга ошириш муаммолари: Россия Федератсиясининг ИФГ мисоли:М.,2006; 
Кострова Л.Л. Ёшларга оид давлат сиёсати: замонавий Россияда ташкил этиш ва амалга ошириш жараёни:М.,2008; Пдербина 
О.С. Россия Федератсиясида ёшларга оид давлат сиёсатининг механизми: ҳозирги ҳолати ва ривожланиш 
тендентсиялари:Черкесск, 2006. 
2
Красникова Н.М. Замонавий Россиянинг ёшлар сиёсати ва ёшлар ҳаракатининг ўзаро таъсири ва ўзаро таъсири:Перм, 2008; 
Афонина В.Н. Замонавий Россиядаги ёшларга оид давлат сиёсати: давлат институтлари ва фуқаролик жамиятининг ўзаро 
муносабати:Д, 2002; Лукин В.Н. Глобал дунёда фуқаролик жамияти: муаммолар, хавф-хатарлар ва ривожланиш 
стратегияларининг сиёсий таҳлилидаги тендентсиялар: М.,2006; Маятский Д.А. Давлат ёшлари сиёсати контекстида рус 
ёшларининг сиёсий ижтимоийлашуви:М.,2007. 
3
Бариев М. М. Татаристон Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатининг институтсионализатсияси: Қозон, 2006; 
Кузмичева Д.А. Замонавий Россиянинг сиёсий тизимларини ислоҳ қилиш контекстидаги ёшлар сиёсати (минтақавий жиҳат): 
Кострома, 2007. 
4
Апарина.А Ижтимоий хизматлар ва ва оилалар, болалар ва ёшларни қўллаб-қувватлаш тўғрисида. М., 1996; Апарина А. 
Замонавий шароитда болалар ва ёшларни ижтимоий-ҳуқуқий жалб қилиш муаммоси // Диалог. 1999. №1; 
5
Федорова Т.С. Эвропа Иттифоқи мамлакатларида ёшлар сиёсати: таълим ва маданият // Маданият 
замонавий дунё. - 2013. - № 4 
6
Е Г Г К. Чапиш Г т т ва 1 1 1 1 1 | | РорШаГюп ҳегегепсРига. 2005.Қўшимчамаълумотучун қаранг: БоришполетсК.П. 
БМТтомониданёшларбиланбоғлиқ 
муаммоларникўрибчиқишмасаласитўғрисида./Замонавий 
халқаро 
ҳуқуқнингамалдагимуаммоси. Ф.И. Козхевникова, И.П. Блштсенко, Э.С. Кривчикова / -Москва, МГИМО, 1976, - 173 п., 100-
115 б. 
110


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
taʼminlash, chet el davlatlariga borib o‘qishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqa shu 
kabi ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Аssambleyasining 72-
sessiyasida “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik 
avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, 
farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy 
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, 
zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama 
hamkorlikni rivojlantirish lozim” deb ta’kidlagan edilar.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston 
tarixida ilk bor 30-iyun “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi va shu kuni “O‘zbekiston yoshlar 
ittifoqi” tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hozirda 26dan ortiq davlat organlari, 
nodavlat notijorat tashkilotlari va o‘zini o‘zi fuqarolik boshqarish institutlari bilan, 
shuningdek, 11ta xorijiy davlat yoshlar tashkiloti bilan o‘zaro tizimli hamkorlik ishlarini 
amalga oshirmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi aholisining 60%dan ortiqrog‘i bilimli, zukko, 
aqlli, ishbilarmon, shijoatli, g‘ayratli, kuchli, kelajakda o‘z o‘rnini topadigan, davlatni 
boshqaradigan yoshlar tashkil etadi.
Shunday, ekan biz o‘sib kelayotgan yosh avlodni yurtimizdagi taʼlim muassasalarida 
qanday taʼlim olayotganliklariga ham alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Yurtimiz taʼlim 
muassasalarida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq hozirgi globallashuv sharoitida, 
АKTning shiddat bilan ko‘z ilg‘ab bo‘lmas darajada keskin rivojlanayotgan bir vaqtda 
yoshlarning taʼlim olishiga va undan avval oilada beriladigan tarbiyaga katta eʼtibor 
qaratishimiz kerak bo‘ladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda 
yoshlarning 90%i kerakli bo‘ladigan maʼlumotlarni internetdan olishadi. Аgar bundan to‘g‘ri 
foydalanilsa, buning yomon tomoni yo‘q, albatta. Ular foydalanayotgan internetning asosiy 
katta qismi “Odnoklassniki”, “Telegram”, “Instagram”, “Facebook”, “Twitter” shu kabi 
ijtimoiy tarmoqlardagi video, audio va suratlarning aksariyati maʼnaviy buzuqlikka chorlaydi. 
Bizning yoshlarimiz aynan shu saytlarga ko‘proq kirishadi. Lekin ming afsuski tariximizga, 
buyuk allomalarimiz tomonidan olib borilgan ishlarga, ilmiy maqolalarga, maʼnaviyatini 
charxlaydigan saytlarga atigi 10% yoshlar kirishadi.
Maʼlumotlarga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, hozirda 49% kompyuter o‘yinlari yovuzlik, 
zo‘ravonlik, bosqinchilik, o‘g‘irlik kabilardan iborat bo‘lsa, 9 mingdan ortiq o‘z joniga qasd 
qilishning oson yo‘llari ko‘rsatilgan saytlar mavjud, 4 mingdan ortiq shahvoniy mazmundagi 
saytlar, 38% yoshlar xalqaro zo‘ravonlik ruhidagi diniy ekstremistik saytlarga aldanib kirib 
qolishmoqda, yanada achinarlisi shuki, hozirgi vaqtda yoshlarning 42%i internetda onlayn 
orqali tarqatiladigan pornografik saytlarga moyil bo‘lib qolishganlar, go‘yoki usiz hayot 
yo‘qdek bo‘lib qolgan. Bu esa shundan dalolat beradiki, o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
maʼnaviy boy qilib tarbiyalashimiz uchun ta’kidlanganlar asosiy yo‘nalish deb shunga alohida 
eʼtibor qaratishimiz kerak bo‘ladi. 
1
Мирзиёев Ш.М 2017 йил 19 сетябрь. БМТ Бош Ассамблеяси 72-сессиясидаги маърузаси. 
111


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabr kuni 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan 
O‘zbekiston hozirgi globallashuv va АKTning keskin rivojlanayotgan vaqtda yoshlar siyosatini 
amalga oshirishga qaratilgan xalqaro hujjat – BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi 
xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishini taklif etadi.
1
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan 
ilgari surilgan tashabbuslari va takliflariga asosan SHHTga aʼzo Davlatlar rahbari kengashida 
“SHHT davlat rahbarlarining yoshlarga qo‘shma murojaati”
2
ham qabul qilindi.
Xo‘sh, shu o‘rinda o‘z o‘zidan savol tug‘iladi. Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni tarbiyasi bilan kimlar shug‘ullanishi kerak. Farzand tarbiyasi uchun, eng avvalo, ota-
ona masʼuldir. Maktabgacha taʼlim muassasida tarbiyachilar, maktab va oliygohlarda ustoz 
va murabbiylar, jamoada rahbar va boshliqlar, mahallada mahalla oqsoqollari, ziyolilar, katta 
tajribaga ega bo‘lgan insonlar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 
Islom Karimov o‘zining “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida yoshlar tarbiyasi bilan 
quyida ko‘rsatilgan yuksak maʼnaviyatli insonlar, yaʼni keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, 
olim va adiblar, sanʼat va madaniyat ahli, o‘zini maʼnaviy sohaga bag‘ishlagan barcha insonlar 
va boshqalar, deb ta’kidlagan edilar. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan insonlarga yoshlarni tarbiyalashda quyidagi talab va 
topshiriqlar qo‘yiladi:
– farzand bilan tez-tez muloqot qilib turish; 
– ular bilan do‘stona suhbatlar uyushtirib turish; 
– har bir daqiqasini unumli o‘tkazayotganligi bilan qiziqib turish; 
– kim bilan va nima bilan shug‘ullanayotganini nazorat qilish; 
– hunar o‘rgatib, kelajakdagi hayotga tayyorlash; 
– to‘g‘ri so‘z va to‘g‘ri feʼl qilib tarbiyalash kerak. 
Shu o‘rinda yana bir savol tug‘ilishi tabiiy hol. Biz ota-onalar yoshlarga, yaʼni o‘zimizning 
farzandlarimizga o‘rnak bo‘la olyapmizmi? Mening nazarimda, ayrim ota-onalar bu vazifani 
lozim darajada bajarmayaptilar. Sababi hozirgi yaratilayotgan keng sharoitlar va 
imkoniyatlardan nafaqat yoshlar, balki ayrim qo‘shtirnoq ichidagi ota-onalar ham to‘g‘ri 
foydalana olmayaptilar. Farzand tarbiyasi uning kelajagi uchun, eng avvalo, ota-ona ibrat 
bo‘lishi kerak. Farzand uchun uning “ideali” ota-ona, boshqa hech kim emas. Ko‘pchilik ota-
onalar farzandlari qayerga boryapti, nima ish qilyapti, kim bilan va nima bilan shug‘ullanyapti 
bundan umuman xabari yo‘q, ularni nazorat qilmaydilar. Farzandlarining kiyinishlariga, 
yurish-turishlariga umuman eʼtibor bermaydilar. “Ommaviy madaniyat” ostida chet elning 
baʼzi davlatlaridagi yarim-yalang‘och kiyimlari, urf-odatlari, anʼanalari kirib kelmoqda. 
Bularni cheklashni baʼzi bir ota-onalar ularni cheklash o‘rniga haq-huquqlari poymol 
bo‘lishadi “vijdon erkinligi” demokratiya deb qarashmoqdalar va bu esa yangicha moda deb 
ta’kidlamoqdalar. 
Farzand tarbiyasi haqida gap borar ekan, rus adibi Lev Tolstoy “Bolani tarbiyalash 
muvaffaqiyatli bo‘lmog‘i uchun, eng avvalo, tarbiya beruvchi kishilar o‘zlarini to‘xtovsiz 
tarbiya qilishlari kerak bo‘ladi”
3
, deb hikmatli so‘zlarni aytgan. 
1
Мирзиёев Ш.М. 2017 йил 19 сентябрь. БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида сўзлаган нутқи.
2
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidentining-taklifiga-muvofi-sh-t-davlat-ra-bar-10-06-2018
3
Лев Толстой 
112


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yosh avlod tarbiyasi hamma 
zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Аmmo biz yashayotgan 
XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda”
1
, deb 
takidlagan edilar. 
Yurtimizda turli yo‘nalishlarda ulkan yutuq va maralarni qo‘lga kiritayotgan yoshlarimiz 
uchun “O‘zbekiston belgisi”, “Zulfiyaxonim”, “Mard o‘g‘lon”, “Kelajak bunyodkori” va shu 
kabi boshqa davlat mukofotlari ta’sis etilgan. 
Аvvalo, “yoshlar” termini va bu atamaga xalqaro hamjamiyatda va shu o‘rinda 
O‘zbekiston Respublikasida qaysi yoshdagilar kirishiga to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, YUNESKO 
qonunchiligida 17-25 yoshdagi fuqarolar, MDH davlatlari va Rossiya Federatsiyasida 14-30 
yoshdagi shaxslar kiradi. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, АQSh va Yaponiyada “yoshlar” 
tushunchasi 13-14 yoshdan to 29-30 yoshgacha belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonunida belgilanishicha, 14 yoshga to‘lgan, lekin 30 yoshdan oshmagan shaxslar 
yoki yosh fuqarolar deb belgilangan. 
Ushbu yoshlar toifasi o‘rtasida o‘tkazilgan statistik maʼlumotlar tahlilidan shuni ko‘rish 
mumkinki, yoshlar toifasi turli davlatlarda har xil bo‘lganligi, lekin ular orasidagi tafovut 
unchalik katta emas, eng asosiysi, ko‘zlangan yagona maqsad – bu o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni haqiqiy fidoyi, vatanparvar, maʼnaviyatli, barkamol shaxs va komil inson qilib 
tarbiyalash orqali kelajakda katta yutuq va marralarni qo‘lga kiritishdir. O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy maqsadi dunyodagi barcha davlatlar bilan keng ko‘lamdagi 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu borada nodavlat va notijorat o‘zini o‘zi boshqarish 
tashkilotlarining rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtimiz yoshlariga oid olib 
boriladigan davlat siyosati haqida “Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, 
ularning bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib aʼzolariga 
aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi barchamizning kundalik 
faoliyatimiz mezoniga aylanib borishi kerak”, deb ta’kidlagan edilar. 
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatiga oid olib borilgan ishlar boshqa chet 
davlatlarda ham olib borilmoqda. Chet davlatlarda yoshlar siyosati sohasiga oid asosiy 
prinsiplar, vazifalar aks ettirilgan huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqilgan. Masalan, Latviya, 
Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Finlandiya, Janubiy Koreya, Belarusiya va Ozarbayjon 
davlatlarida Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida Qonunlar qabul qilgan. 
Yevropa davlatlarida keyingi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda 
o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilgan.
Misol uchun, Аvstriya, Vengriya, Ruminiya, Slovakiya, Аlbaniya, Bolgariya, Makedoniya, 
Serbiya kabi davlatlarda strategik ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu strategik dasturning 
afzalligi shundaki, birinchidan, dastur qabul qilishdan oldin yoshlar o‘rtasida so‘rovlar 
o‘tkaziladi, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib reja tuziladi, ikkinchidan, olib borilgan 
ishlarning monitoringi yuritiladi, bu esa dastur qay darajada amalga oshirilayotganligini 
nazorat qilish va baholash imkonini beradi. 
O‘zbekistonda yoshlarning faolligini oshirish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
1
И.А Каримов:“Юксак маънавит – енгилмас куч”. 
113


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
– yoshlarni qiziqish va ehtiyojlarini umumiylashtirib, zamonaviy loyiha tayyorlash va 
jamoaga ko‘rsatib namuna sifatida rag‘batlantirish; 
– yoshlarni tezkor va muqobil fikr yuritishga va nostandart qarorlar qabul qilishga 
tayyorlab borish; 
– o‘quvchi va talabalarning o‘z fikrlarini erkin ifoda etadigan shaxs qilib tarbiyalash; 
– yoshlarda tashabbuskorlik, shijoatlilik, hushyorlik, zukkolik, sezgirlik, bilimdonlik 
kabi fazilatlarini ro‘yobga chiqarishni o‘rgatish; 
– yoshlarga oilada, mahallada va maktabgacha taʼlim muassalarida nutq madaniyatini 
oshirishni o‘rgatish; 
– yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan to‘garaklarga 
borishlarini taʼminlash; 
– yoshlarga internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish va tushuntirish; 
– yoshlarga OАV, internet va matbuotda chop etilgan maʼlumotlarni to‘g‘riligicha 
qabul qilmasdan uni taxlil qilishni o‘rgatish; 
– yoshlarga o‘zbek xalqining madaniyatini, urf-odatini, anʼana va qadriyatlarini 
muntazam o‘rgatib borish; 
– yoshlarga o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari tomonidan olib borilgan 
izlanishlarini, ko‘rsatgan jasoratlarini yetkazish va tushuntirish orqali ularga munosib bo‘lish 
ruhida tarbiyalab borish; 
– yoshlarda internet rivojlanishi oqibatida muloqot madaniyati yo‘qolib bormoqda. 
Muloqotni yo‘lga qo‘yish, ular bilan ko‘proq ularni qiziqtirgan mavzuda gaplashishni yo‘lga 
qo‘yish. 
O‘sib kelayotgan yoshlar odob-axloq, ilm-maʼrifat ular uchun koni foyda narsa 
ekanligini zinhor unutmasliklari kerak. O‘zlari, oilalari, el-yurti, xalqi, Vatani uchun foydali 
inson bo‘lishlariga harakat qilishlari kerak. Buning uchun, eng avvalo, ilm-maʼrifat, tajriba, 
hunar, bilim o‘rganishlari kerak. Himmatni, qadrni, marrani baland qilish kerak. Kelajakda bu 
yurt ularning qo‘liga o‘tishini zinhor unutmasligi kerak. Buyuk xalq erishgan yutuqni 
rivojlantiradigan, undan ham yuqoriga ko‘taradigan, hammaga faxr bo‘ladigan yoshlarni 
tarbiyalash kerak. Bizning yurtdan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Zamaxshariy, Ibn 
Sino, Beruniy va boshqa buyuk insonlar chiqqan va bundan keyin ham bunday insonlar 
chiqishi kerak. Bir marotaba bunday insonlarni tarbiyalagan yurt uchun ikkinchi marotaba 
yana shunday insonlarni tarbiyalash oson kechadi, chunki zamin bor, poydevor bor. Buni 
hamma tushunib yetib, bir yoqadan bosh chiqarib amalga oshirilsa, ana shunda oson va tez 
amalga oshadi va katta muvaffaqiyatga erishiladi.
Hozirgi kunda yoshlarni tarbiyalash borasida eng muhim vazifalardan biri yosh 
avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalash, barkamol shaxs qilib kamol toptirish, ilm-maʼrifatni 
o‘rgatish, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk qilib voyaga yetkazish dolzarbligi va ahamiyatliligi 
toboro ortib bormoqda. 
Ushbu vazifani bajarish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi: 
– O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishi uchun, eng avvalo, yuksak maʼnaviyatli, 
madaniyatli, Vatanini, xalqini, millatini sevadigan va ko‘z qorachig‘iday asraydigan, odobli-
axloqli, buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan bebaho ilm-maʼrifat va hunar 
javohirlaridan oqilona foydalanadigan komil insonni tarbiyalash; 
114


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
– yangicha zamonaviy fikrlaydigan, uzoqni ko‘ra biladigan, iymon-eʼtiqodi 
mustahkam, vijdoni pok, qalbi toza barkamol shaxsni tarbiyalash; 
- o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga zid bo‘lgan turli tahdidlar va xurujlarni, diniy 
ekstremizm g‘oyalarni, “ommaviy madaniyatni” kirib kelishining oldini olish; 
– zamonaviy innovatsion texnologiyalarning interfaol usullaridan to‘g‘ri foydalanib, 
yosh avlodni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash; 
– barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni ilm-
maʼrifatga qiziqtirish, tarixni o‘rgatish, o‘z tarixidan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish; 
– oliy taʼlim muassasalarida yosh olimlarni chiqarish bo‘yicha rejali, tizimli va maqsadli 
ish olib borib “Ustoz va shogird” anʼanalarini yo‘lga qo‘yish; 
– iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularga amaliy yordam berish, yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatish, qo‘shimcha topshiriqlar berish, ularni har tamonlama qo‘llab-quvatlash va 
monitoringini yuritish; 
– bugungi globallashuv sharoitida yoshlarga o‘zbek xalqiga to‘g‘ri kelmaydigan zararli 
oqimlar, g‘oyalar va shunga o‘xshash harakatlarga qarshi tura oladigan, immunitetini 
mustahkamlashga qaratilgan ishlarni olib borish; 
– har bir ota-ona o‘zining farzandining bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tishini 
taʼminlash, ilm va jismoniy tarbiya bilan birgalikda bir oila bo‘lib shug‘ullanishlari kerak; 
– yoshlar tomonidan yaratilgan har bir innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish va 
ularni qo‘llab-quvvatlash, keng omma oldida rag‘batlantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish; 
– mamlakatimizda olib boriladigan islohotlarni yoshlar ongiga uzluksiz va tizimli targ‘ib 
qilib borish va bu borada OАV rolini kuchaytirish; 
– olib borilayotgan har bir tadbirda yoshlar ishtirokini keng taʼminlash, ular tomonidan 
qo‘lga kiritilgan yutuqlarni keng ommaga taqdim qilish; 
– yoshlarning chet elga chiqib ketishlarining oldini olish uchun ularni bandligini 
taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish; 
– yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ong-utafakkuriga, qalbiga, 
ruhiga taʼsir qiladigan maʼnaviyat va madaniyatni singdirish; 
– taʼlim va tarbiyani o‘zaro bir-biridan uzmagan holda oilada, MTM, umumiy o‘rta 
maktabda va oliy taʼlim muassasalarida rejali, tizimli va maqsadli ish olib borish; 
– yoshlarning salomatligini saqlash, o‘z xavfsizligini taʼminlash, jamiyatdan ajralib 
qolishini oldini olish, hayotda o‘z o‘rnini topishda ko‘mak berish; 
– yoshlarga АKTning internetdan foydalanish, dasturlash, kompyuterlashtirish va 
boshqa shu kabi sohalarni mukammal o‘rgatish; 
– yoshlarda muomala madaniyatini, nutqni rivojlantirishni, o‘zlarini fikrlarini erkin 
gapirishlarini o‘rgatish bu nafaqat mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy sohada rivojlanishi, shu 
bilan birga davlat xavfsizligini taʼminlashga zamin yaratiladi. 
Xulosa qilib aytganda, har bir sohada yoshlar siyosati doirasida olib borilayotgan ishlar 
chuqur tahlil qilinib, yoshlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilsin. Ularning natijalaridan kelib 
chiqib, aniq, maqsadli va manzilli kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va hayotga 
tatbiq etish kerak. Bu rejani amalga oshirish uchun har bir rahbar shaxsan masʼul va majbur 
ekanligi ongli ravishda tushunib yetishlari kerak bo‘ladi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish