Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


BO‘LАJАK BOSHLАNG‘ICH SINF O‘QITUVCHILАRINING SАVOD O‘RGАTISHDА KАSBIY-



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147
Bog'liq
5-сон

BO‘LАJАK BOSHLАNG‘ICH SINF O‘QITUVCHILАRINING SАVOD O‘RGАTISHDА KАSBIY-
METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLАNTIRISH 
 
Normurodova N.А. – Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi 
 
Аnnotatsiya.
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining savod o‘rgatishga 
kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kompetentlik, universal kompetentlik, maxsus kompetentlik, savod 
o‘rgatish. 
РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-МЕТОДИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ 
УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В ОБУЧЕНИИ ГРАМОТЕ 
 
НормуродоваН.А. –преподаватель Термезского государственного 
университета 
 
Аннотация.
В статье освещается развитие профессионально-методической 
компетентности будущих учителей начальных классов. 
Ключевые 
слова:
компетентность, 
универсальная 
компетентность, 
специальная компетентность, обучение грамоте 
DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL AND METHODOLOGICAL COMPETENCE OF 
FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS IN LITERACY 
 
Normurodova N.A. – Teacher of Termez State University 
 
Annotation.
This article highlights the development of professional and 
methodological competence of future primary school teachers. 
Key words:
competence, universal competence, special competence, literacy 
training. 
Har bir mamlakat kasbiy sohadagi o‘z ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda 
o‘qituvchining 
muayyan 
kompetensiyalarini 
belgilaydi. 
Hozirgi 
kunda 
bizning 
mamlakatimizda taʼlim sohasida kompetensiyalar darajasidagi talablar yetarlicha 
shakllantirilmagan va ilmiy ishlab chiqish bosqichida hisoblanadi. Shunga qaramay, 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlantirish muammosi kam 
o‘rganilgan. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarliklarining sifatini 
belgilovchi umumiy mezonlar va ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zarurati yuzaga kelgan.
98


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Pedagogning kasbiy kompetentligi XX asr 90-yillarida olimlar tomonidan faol 
o‘rganilishiga qaramay turli adabiyot manbalarida u turlicha talqin etiladi, ammo bunda turli 
tadqiqotchilar dastlabki konseptual qarashlarda deyarli bir fikrga keladilar: pedagogning 
kasbiy kompetentligini rivojlantirish protsessual va tizimli xususiyatga ega, uning asosini 
kasbiy taʼlimning darajasi tashkil etadi. 
Mazkur tadqiqot ishi uchun T.M.Turkina tomonidan pedagogning kasbiy 
kompetentligiga berilgan taʼrifi yaqinroq hisoblanadi “...mutaxassisning pedagogik faoliyatni 
amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligining va muayyan mehnat vazifalarini 
mustaqil, masʼuliyatli, samarali bajarish qobiliyatida ifodalanuvchi muhim tavsifi”
1

Kasbiy kompetentlik strukturasiga zamonaviy yondashuv mazkur fenomenni universal 
(umumiy, asosiy), umumkasbiy (bazaviy) va maxsus (xususiy kasbiy) kompetensiyalar 
majmui sifatida qarashni taklif etadi. 
Universal kompetensiyalar ko‘pgina mutaxassisliklar uchun umumiy hisoblanadi. 
Ularga quyidagilar taalluqli: ijtimoiy, kommunikativ, axborot, muammoli kooperativ va 
boshqa kompetensiyalar. Ular mazkur dissertatsiya tadqiqotining predmeti hisoblanadi. 
Umumkasbiy (bazaviy) kompetensiyalarga umumkasbiy toifadagi universal kompetensiyalar 
majmuini kiritadilar. Pedagogikada bu barcha mutaxassisliklardagi pedagogik xodimlarni 
ifodalovchi psixologik va pedagogik kompetensiyalar majmui hisoblanadi. Maxsus 
kompetensiyalar maʼlum mutaxassis kasbiy faoliyati tavsiflarining majmuini ifodalaydi. 
Barcha sanab o‘tilgan kompetensiyalardan mazkur ishda, avvalo, boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining ayrim maxsus kompetensiyalari (jumladan, birinchi sinf o‘quvchilarini yozuv 
texnikasiga o‘rgatish), shuningdek, mos umumkasbiy - refleksiv kompetensiyalar tadqiq 
etiladi. Barcha sanab o‘tilgan umumiy birlashtirigan kompetensiyalar turlari boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi kasbiy kompetentligining bir qismi hisoblanib, uni rivojlantirish bo‘lajak 
mutaxassisni tayyorlashning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining 
aniq kompetensiyalari tarkibini belgilashning manbayi bo‘lib, ish beruvchilarning 
o‘qituvchilarning kasbiy malakalariga umumiy talablari, kasbiy standartlar va boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisining malakaviy tavsifi xizmat qiladi. Аdabiyotlarning nazariy tahlili, 
tadqiqotchining shaxsiy pedagogik va boshqaruv tajribasi, ommaviy pedagogik amaliyotni 
o‘rganish asosida biz kasbiy tavsif sifatida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy 
kompetentligini aniqlash mumkinligi va kontruktivligini aniqladik. U pedagogning kasbiy 
faoliyati xususiyatida ifodalanadi, belgilangan meʼyorlar, standartlar va talablarga muvofiq 
ravishda pedagogik funksiyalarni bajarishga tayyorlik va qobiliyatlilikni, maqsad, mazmun, 
texnologiyalar darajasida yangi pedagogik voqelikni yaratish istagi va malakasini, shuningdek 
boshlang‘ich taʼlimda yaxlit o‘quv jarayonini tushunish va ko‘ra olishni taʼminlaydi. Bu 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini, jumladan, kompetensiyalardan tashkil 
topgan struktura ko‘rinishida ifodalash imkonini beradi: psixologik-pedagogik, meʼyoriy-
huquqiy, refleksiv, fanga oid va metodik (1-sxema). 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish