Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


“TUZLАR” MАVZUSINI O‘QITISHDА TА’LIM TEXNOLOGIYALАRINI QO‘LLАSH



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147
Bog'liq
5-сон

 
“TUZLАR” MАVZUSINI O‘QITISHDА TА’LIM TEXNOLOGIYALАRINI QO‘LLАSH 
TАJRIBАSIDАN 
 
Farmonova Sh.B. – Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi 
 
Аnnotatsiya.
Ushbu maqolada kimyo fanidan “Tuzlar” mavzusini o‘qitishda interfaol 
metodlarning qo‘llanilishi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
klaster, keys, tuz, o‘rta tuz, nordon tuz, asosli tuz, qo‘sh tuz, kompleks tuz. 
ИЗ ОПЫТА ПРИМЕНЕНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ОБУЧЕНИИ 
ТЕМЫ “СОЛИ” 
 
Фармонова Ш.Б. – преподаватель Ташкентского государственного 
педагогического университета 
 
Аннотация.
В статье рассматривается использование интерактивных методов в 
преподавании темы “Соли” в курсе химии. 
Ключевые слова:
кластер, кейс, соль, средняя соль, кислая соль, основная соль, 
двойная соль, комплексная соль. 
FROM THE EXPERIENCE OF USING EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING THE 
TOPIC OF “SALT” 
 
Farmonova Sh.B. – teacher of Tashkent State Pedagogical University 
 
Annotation.
The use of interactive methods in teaching the topic “Salt” in a chemistry 
course is analyzed in the article. 
146


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Key words:
cluster, case, salt, middle salt, acid salt, basic salt, double salt, complex salt. 
Hozirgi paytda respublikamizda chuqur bilimga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk, 
teran fikrlovchi, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida taʼlim sohasiga oid tub 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Taʼlimni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish 
yo‘llarini izlash, yangi axborot va interfaol metodlarni joriy etish bu islohotlarning diqqat 
markazida turibdi. O‘qitishning interfaol metodlarini taʼlim tizimiga joriy qilish zamonaviy 
kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o‘qituvchi uchun 
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish va bilimga chanqoq yoshlar bilan to‘la 
auditoriyaga katta hajmdagi bilimlarni berishning o‘zi yetarli emas. O‘tkazilgan ko‘pgina 
tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, o‘qitishga yangicha qarash, talabalarni o‘qitishda faol 
yondashuvlardan foydalanish bilim berishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. 
Oddiy so‘z bilan aytganda, talabalar o‘quv jarayoniga faol jalb qilingandagina berilayotgan 
materiallarni oson idrok etadi, tushunadi va eslab koladi. Shundan kelib chiqqan holda, 
bugungi kunda asosiy metodik innovatsiyalar o‘qitishning interfaol metodlarini qo‘llashni 
taqozo etadi.
Kimyo fanlarini o‘qitishda ham turli-tuman taʼlim texnologiyalar tatbiq etib 
kelinmoqda. Kimyoni o‘rganishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun 
darsning o‘quvchilarning o‘tgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini aniqlash, ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o‘zlashtirigan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o‘rganish 
jarayonida xususiy metodik va modulli taʼlim texnologiyalardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Kimyoni o‘qitishda modulli taʼlim texnologiyalaridan foydalanishda darsda 
foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, yaʼni modullarga ajratiladi va har 
bir qismni o‘quvchilar mustaqil o‘zlashtirishlari uchun o‘quv topshiriqlari tuziladi. Shu o‘quv 
topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o‘tkaziladi va xulosa chiqariladi.
Tuzlar mavzusini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Metall atomi va kislota qoldig‘idan tashkil topgan murakkab moddalarga tuzlar deyiladi. 
Tuzlar quyidagi turlarga bo‘linadi. 
1. O‘rta tuz ___ kislota tarkibidagi vodorodni o‘rnini to‘liq metall egallashidan hosil 
bo‘ladi. M-n Na2SO4, NaNO3, Na2CO3 
2. Nordon tuz ___ kislota tarkibidagi vodorodni bir qismini metall egallashi natijasida 
hosil bo‘ladi. M-n NaHSO4, NaHCO3, Na2HPO4 
3. Аsosli tuz ___ metall atomi, kislota qoldig‘idan tashqari tarkibida gidroksid gruppa 
saqlaydigan tuzlar. M-n CaOHCl, (CaOH)2SO4, (CaOH)3PO4
4. Qo‘sh tuzlar ___ tarkibida ikkita kation saqlaydigan tuzlar. M-n KAl(SO4)2, 
(NH4)2Fe(SO4)2 
5. Kompleks tuzlar ___ markaziy atomga ega bo‘lib, uni bir necha ion yoki molekulalar, 
yaʼni ligandlar qurshab turadi. M-n K2[PtCl6], [Ag(NH3)2]Cl, K3[Fe(CN)6]
Tuzlarning nomlanishi, turlari, olinish usullari va xossalari haqida maʼlumot beriladi va 
mavzuni mustahkamlash uchun “Аqliy hujum” savollari beriladi. 
“Аqliy hujum” savollari 
1. Tuzlar deb nimaga aytiladi? 
2. Tuzlar necha sinfga bo‘linadi va sanab bering. 
147


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
3. Аchchiqtoshlar tuzlar sinfiga kiradimi, misollar keltiring. 
4. Mis kuporosi nima, formulasini yozing va u qishloq xo‘jaligida nima maqsadda 
ishlatiladi? 
5. Kiyimlarni ohorlashda qaysi tuz ishlatiladi? 
6. Yog‘ochlarni chirishdan saqlashda qaysi tuz ishlatiladi? 
Talabalar bilimini mustahkamlash uchun ularga har xil tuzlar va ularning ishlatilishi 
sohalari haqida qiziqarli ma’lumotlar beriladi: 
Zn Cl2 suvsiz holatda olish juda qiyin bo‘lgan modda. Suvda yaxshi eriydi. Yog‘ochni 
chirishdan saqlashda, metallar sirtini tozalashda va gigroskopik modda bo‘lgani uchun 
qurutuvchi sifatida ishlatiladi.
Zn S04 eng ko‘p ishlatiladigan ruxning tuzlaridan biri hisoblanadi. U elektrolit sifatida, 
tibbiyotda va ko‘plab rux birikmalari olishda boshlang‘ich xomashyo hisoblanadi. Bu tuz 
metallar yuzasini qoplashda, to‘qimachilik sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Rux 
sulfat ortoborat kislotasi bilan ko‘z kassaliklarida antiseptik dori sifatida ishlatiladi. 
CdS yomon eriydigan tuz hisoblanadi. Sariq bo‘yoq olishda va rangli shishalar olishda 
ishlatiladi. 
NaCl organizmni zaruriy moddalar bilan ta’minlaydi, ovqat hazm qilishga yordam 
beradi, oshqozon shirasining asosi hisoblanmish tuz kislotalarini ishlab chiqadi, yog‘ va suv 
almashinuvini normallashtiradi, antiseptik mahsulot hisoblanib, oshqozondagi zararli 
bakteriyalarni yo‘q qiladi, mushaklarni mustahkamlaydi, tishlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. 
HgCl2 juda suyultirilgan eritmasi tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. 
AgCl yorug‘lik taʼsirida parchalanib, metall holidagi kumush hosil qilishdan 
fotografiyada yorug‘lik sezuvchi plastinkalar, plyonkalar va qog‘ozlar tayyorlanadi. 
Tuzlarni turlari, ishlatilishi sohalarini talabalar yaxshi o‘zlashtirishlari uchun “Klaster” 
metodidan foydalanish maqsadga muvofiq. 
148


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Mavzu nihoyasida talabalar guruhlarga bo‘linib, o‘qituvchi tomonidan berilgan 
quyidagi “Keys”ni yechadilar. Keys bayoni:
Qo‘rg‘oshinli atsetat indikator eritmasiga nomaʼlum modda eritmasi qo‘shildi va har 
ikkala eritma plitaga qo‘yilib qaynatildi. So‘ngra ikkala eritma bir-biriga qo‘shildi. Natijada 
sariq cho‘kma tushdi. Oxirgi eritma sovutildi. Eritma sovutilgandan keyin probirka ichida 
“oltin zarlari” hosil bo‘ldi.
Keys topshirig‘i: 
1. Qo‘shilgan nomaʼlum moddani aniqlang. 
2. Nima sababdan probirka ichida “oltin zarlari” hosil bo‘ldi? 
3. “Oltin zarli” modda nima? 
4. Reaksiya tenglamalarini yozing va izohlang. 
Guruhga muhokama uchun 5 minut vaqt beriladi. Talabalar keys topshirig‘ini 
yechadilar. Keys muammosini hal qilish uchun yuqoridagi tajriba o‘qituvchi tomonidan 
bajarib ko‘rsatiladi. Talabalarga mavzuni tushuntirishda yuqoridagi metodlar qo‘llanilsa, dars 
juda samarali bo‘ladi. Bunda talabalar mashg‘ulotni to‘laqonli bajarish uchun darslik va 
qo‘llanmalardan foydalanishga, “Internet” tarmog‘i orqali mavzuga oid yangiliklar izlashga 
harakat qiladilar, ularga ko‘rgazmali materiallar, masalan, slaydlar hozirlab, namoyish etish 
tavsiya qilinsa yana yaxshi. Darsga tayyorlanish asnosida dastur materiallari mustahkam 
o‘zlashtiriladi, ayni paytda dunyoqarash shakllantiriladi, fikr doirasi kengayadi, faollik ortadi, 
eng muhimi, mustaqil mulohaza yuritish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish