Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


PLANNING OF INTERDISCIPLINARY RELATIONS IN THE NATURAL-MATHEMATICAL



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147
Bog'liq
5-сон

 
PLANNING OF INTERDISCIPLINARY RELATIONS IN THE NATURAL-MATHEMATICAL 
CYCLE 
 
Yusupova N.V. – teacher of Kokand State Pedagogical Institute 
 
 
Annotation.
It is emphasized that the systematic and systematic implementation of 
interdisciplinary communication at all stages of education is the basis of knowledge, skills 
and abilities acquired in the studied disciplines. The article analyzes the four main methods 
of planning interdisciplinary relationships in school practice and their functions, as well as 
the processes of the formation of these methods in students. 
 
Key words:
natural-mathematical, dialectical, methodological, educational, 
constructive, inertial, educational-methodical, integrated approach, psychological and 
pedagogical, methodological cycle, cognitive, communicative, orientation 
116


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Taʼlimning barcha bosqichlarida fanlar asoslarini o‘qitishning mahsuldorligini 
oshirishda faqatgina o‘zaro uzviy bog‘liqlik va muvofiqlik, o‘rganilayotgan fanlardan 
olinadigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni keng tatbiq qilish mumkin bo‘lgan sharoitida turli 
o‘quv kurslarining mazmunini maqsadga qaratilgan holda tanlash va takomillashtirish hal 
qiluvchi rolni o‘ynadi. Boshqacha aytganda, maʼlum bir tipdagi taʼlim muassasasida faqatgina 
obyektiv voqelikning hodisa va jarayonlari o‘rtasida real mavjud bo‘lgan o‘zaro 
munosabatlarni aks ettiruvchi fanlararo bog‘lanishni tizimiy va rejali amalga oshirish 
sharoitidagina fan asoslarini yuqori darajali o‘zlashtirilishiga erishish mumkin bo‘ladi. 
O‘qitishga bunday yondashuv o‘quvchi va talabalarda dialektik fikrlashni optimal 
rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, yaxlit fikrlash va nuqtayi nazarni 
shakllantirishga yordam beradi, bu esa har qanday o‘qitishning maqsadidir.
Maʼlumki, fanlararo bog‘lanish hodisasi ko‘p o‘lchamli. U mazmunining ko‘pqirraliligi 
hamda o‘qitish metodlari va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi va 
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati bilan o‘qituvchilarning o‘qitish faoliyatining o‘zaro 
bog‘lanishi asosini tashkil qiladi. O‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish 
muammosining yuzaga kelishi tarixiy nuqtayi nazardan taʼlim jarayonining o‘quvchilarning 
ongida real dunyoning turli hodisalari to‘g‘risidagi bilimlarning alohida-alohida tizimlarini 
shakllantirishga yordam beradigan tuzilmaviy predmeti sababli paydo bo‘lgan.
O‘rta va oliy maktabda fanlararo bog‘lanish muammosiga АbdullayevaB.S., Kadirov B., 
Sharifov F., Аliyev, А.R.,Navruzov N.А., Choriyev А.I., Аbduxalilov O., Аliyev M.I., Аliyev R.D., 
Xaybulayev M.X., Xaydarov А.,Tuygunov R. va boshqalar o‘z ilmiy tadqiqotlari ishlarini 
bag‘ishlangan. Bu ishlarda o‘rta umumiy taʼlim va oliy maktabda o‘quv jarayonini 
takomillashtirishda, shu jumladan, pedagogika oliy taʼlim muassasalarida, o‘quvchilarning 
bilim sifatini hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirishda 
fanlararo bog‘lanishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Boshqa fanlardan olingan bilimlarning mazmunini, hajmini, qo‘llash vaqti va usullarini 
faqatgina pedagogika olim taʼlim muassasida har bir o‘quv fanining dasturi va yetakchi 
g‘oyalari asosida fanlararo bog‘lanishlarni rejalashtirish asosida aniqlash mumkin. Buning 
uchun kurslar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, masalan, tabiiy-matematik sikl fanlarini o‘qitish 
metodikasining “Fanlararo bog‘lanishlar” bo‘limlarida berilgan tavsiyanomalarni puxta 
o‘rganish, shuningdek, bir-biriga yaqin o‘qitish metodikalari kurslarining o‘quv rejalarini va 
materialini o‘rganish zarur. 
Maktab amaliyotida fanlararo bog‘lanishlarni rejalashtirishning to‘rtta asosiy usuli 
yuzaga kelgan – tarmoq bo‘yicha, kurs bo‘yicha, mavzular va darslar bo‘yicha. Pedagogika 
oliy taʼlim muassasasi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘rta umumiy taʼlim maktablarida 
fanlararo bog‘lanishlarni o‘tkazishga tayyorlashda ushbu usullar talabalarda ishlab chiqilishi 
kerak, aks holda talabalardan kerakli natijani kutish mumkin emas. Rejalashtirish bo‘lajak 
o‘qituvchilarni fanlararo bog‘lanishlar samarali amalga oshirishga tayyorlashning zarur va 
ahamiyatli bo‘g‘inini tashkil qiladi va o‘qitish amaliyotida talabalarni – ular orqali maktab 
o‘quvchilarini ularni amalga oshirish vositalaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy-matematik sikl fanlarining fanlararo bog‘lanishlari, fanlararo bog‘lanishlarning 
boshqa barcha turlari kabi, adabiyotlarda yetarlicha keng muhokama qilingan va bayon 
qilingan. Qaralayotgan savol bo‘yicha fanlararo bog‘lanishlarning vazifalarini qisqacha 
tavsiflab o‘tamiz. 
117


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Fanlararo bog‘lanishlarning metodologik vazifasi faqatgina ularning asosida 
talabalarda va o‘quvchilarda tabiatga dialektik qarashni, uning yaxlitligi va rivojlanishi 
to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlarni shakllantirish mumkin, chunki fanlararo bog‘lanishlar 
o‘qitishda tabiatni bilishga tizimiy yondashuv pozitsiyalaridan integratsiyalar, g‘oyalar va 
metodlar yo‘nalishida rivojlanuvchi zamonaviy tabiatshunoslik metodologiyasini aks 
ettirishga yordam beradi. 
Fanlararo bog‘lanishlarning taʼlimiy vazifasi o‘qituvchilar ularning yordamida 
o‘quvchilar bilimining tizimiylik, chuqurlik, onglilik, moslashuvchanlik kabi sifatlarini 
shakllantirishlaridan iborat. Fanlararo bog‘lanishlar o‘quv faniga oid tushunchalarni 
rivojlantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi, fanlar orasidagi bog‘lanishlarni va umumiy 
tushunchalarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 
Fanlararo bog‘lanishlarning rivojlantiruvchi vazifasi ularning talabalar va 
o‘quvchilarning tizimiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishdagi, ularda bilish faolligini
mustaqillikni hamda tabiiy-matematik sikl fanlarini bilishga qiziqishni shakllantirishdagi roli 
bilan belgilanadi. Fanlararo bog‘lanishlar fanga oid fikrlashdagi inertlikni bartaraf etishga 
yordam beradi va bo‘lajak fan o‘qituvchilarining va ular orqali maktab o‘quvchilarining 
fikrlash doirasini kengaytiradi.
Fanlararo bog‘lanishlarning tarbiyalovchi vazifasi ularning talabalar va o‘quvchilarni 
tarbiyalashning barcha yo‘nalishlarida, oliy taʼlim muassasida va maktabda tabiiy-matematik 
sikl fanlarini o‘qitishga yordam berishida ifodalanadi. Fanlarni o‘qitish metodikasi 
o‘qituvchilari boshqa fanlar bilan bog‘lanishga tayangan holda tarbiyaga majmuaviy 
yondashuvni amalga oshiradilar.
Fanlararo bog‘lanishlarning konstruktiv vazifasi shundan iboratki, ularning yordamida 
o‘qituvchi oliy taʼlim muassasasida maktabda o‘tiladigan dars samaradorligini oshirishga 
yo‘naltirilgan o‘quv materialining mazmunini, o‘qitish metodlari va uni tashkil qilishni 
takomillashtiradi. Fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish psixologo-pedagogik va metodik 
sikl o‘qituvchilaridan ham oliy taʼlim muassasida, ham maktabda o‘rganiladigan bir-biriga 
yaqin kurslarning darsliklarini va dasturlarini bilishini ko‘zda tutadigan o‘quv va 
auditoriyadan tashqari ishlarning majmuaviy shakllarini birgalikda rejalashtirishlarini talab 
qiladi.
Fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish – tabiiy-matematik sikl fanlarining eng 
murakkab metodik vazifalaridan biri. U boshqa fanlarning darsliklari va dasturlarining 
mazmunini bilishni talab qiladi. Umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘qitish amaliyotida 
fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish matematika, fizika, ximiya, biologiya, geografiya 
o‘qituvchilarining hamkorligini, ochiq darslarni kuzatishni, darslarni hamkorlikda 
rejalashtirishni va shu kabilarni ko‘zda tutadi. 
Fan o‘qituvchilari maktabning umumiy o‘quv-metodik ishlari rejasini hisobga olgan 
holda o‘z kurslari bo‘yicha fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirishning individual rejasini 
ishlab chiqadilar. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy taʼlim 
muassasasida o‘qish davridayoq o‘qitish xususiyatiga ega bo‘lgan zarur tayyorgarlik ishlarini 
tegishli tarzda olib borish zarur. Bunday ishga ijodkorlik bilan yondashish kerak bo‘ladi va u 
bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. Pedagogika kursi va fanlarni o‘qitish metodikasi kurslari bo‘yicha “Fanlararo 
bog‘lanish” bo‘limini, shuningdek, o‘rta umumiy taʼlim maktabi dasturlari va dasturlaridagi 
118


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
tayanch mavzularni o‘rganish, qo‘shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlarni 
o‘qish. 
2. Fanlararo bog‘lanish muammosiga oid maxsus kurs va maxsus seminarlarni o‘qish. 
3. Kurs va mavzuviy rejalardan foydalangan holda fanlararo bog‘lanishlarni darsma-
dars rejalashtirish. 
4. Konkret darslarda fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish vositalarini va metodik 
usullarini ishlab chiqish. 
5. O‘rta maktabda o‘qitishni tashkil qilishning majmuaviy shakllarini tayyorlash va 
o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, 
6. Tabiiy-matematik sikl fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishni 
va natijalarini baholash usullarini ishlab chiqish. 
Shunday qilib, o‘rta maktabda tabiiy-matematik sikl fanlarining mazmunini qurish, har 
bir kursning ichki bog‘lanishlarini kuchaytirish ularning maktabda erta o‘rganilgan o‘quv 
fanlari bilan o‘zaro bog‘lanishlarining ahamiyatini pasaytirmaydi. O‘qitishda fanlararo 
bog‘lanishlar didaktik tamoyil sifatida hamda turli o‘quv fanlarini o‘qitishning maqsad va 
vazifalarini, mazmuni va metodlarini, vosita va shakllarini qamrab olish sharti sifatida 
qaraladi.
Fanlararo bog‘lanishlar taʼlim mazmunining asosiy 
elementlarini 
bo‘laklarga 
ajratish, o‘quv faoliyatining tizim hosil qiluvchi g‘oyalari, tushunchalari, umumiy ilmiy 
usullarining rivojlantirilishi avvaldan ko‘ra bilish, turli fanlardan olingan bilimlarni umumiy 
o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilarining real faoliyatida majmuaviy qo‘llash imkonini beradi. 
Shuning uchun ham fanlararo bog‘lanish tamoyili bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy-pedagogik va 
metodik tayyorlashda yetakchi o‘rinni egallashi kerak.
Talabalar psixologo-pedagogik va metodik xususiyatga ega bo‘lgan masalalarni yechish 
va o‘zlashtirishda murakkab bilish va hisoblash amallarini bajaradilar: 
1) fanlararo masalaning mohiyatini anglab yetadilar, o‘z fanini o‘qitish amaliyotida 
boshqa fanlardan olingan bilimlarni qo‘llash zarurligini tushunib yetadilar; 
2) boshqa fanlardan zarur bilimlarni tanlab oladilar va dolzarblashtiradilar (“ishchi 
holatiga” keltiradilar);
3) bu bilimlarni yangi vaziyatga ko‘chiradilar, o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatini 
hisobga olgan holda bir-biriga yaqin fanlarni qay darajada bilishlarini solishtiradilar;
4) bilimlarni sintezlaydilar, tushunchalar, o‘lchov birliklari, hisoblash amallarini o‘zaro 
moslashtiradilar, funksional bog‘liqlikni aniqlaydilar, ularni bajaradilar; 
5) natijani 
oladilar, 
xulosalarni 
umumlashtiradilar, 
tushunchalarni 
mustahkamlaydilar.
Tabiiy-matematik sikl fanlarini o‘qitish metodikasi mashg‘ulotlarida fanlararo bilish 
masalalaridan muammoli savollar, miqdoriy masalalar, amaliy topshiriqlar shaklida tizimli 
foydalanish talabalarda o‘rta umumiy taʼlim maktablarida o‘qitiladigan turli fanlardan 
olingan bilimlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatishni va o‘zlashtirilishini, shakllantirilishini 
taʼminlaydi. Qaralayotgan masala bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim vazifasi 
aynan mana shundan iborat. 
Fanlararo bog‘lanishlar o‘quv fanlarining tarkibiga va tuzilmasiga taʼsir ko‘rsatadi. Har 
bir o‘quv fani fanlararo bog‘lanishlarning u yoki bu turining manbayi hisoblanadi. Shuning 
uchun ham tabiiy-matematik sikl fanlari har birining mazmunida hisobga olinadigan 
119


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
bog‘lanishlarni, va aksincha, har bir fandan boshqasi tomonga boruvchi bog‘lanishlarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda va ular orqali umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilarida real 
hayot haqidagi, materiya harakatining turli shakllari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aks ettiruvchi 
bilimlarning umumiy tizimini shakllantirish – fanlararo bog‘lanishlarning asosiy taʼlim 
vazifalaridan biri. Yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantirish fanlararo bog‘lanishlarni, albatta, 
hisobga olishni talab qiladi. Tarbiyada majmuaviy yondashuv pekdagogika oliy taʼlim 
muassasida o‘rganiladigan maxsus kurslar, shuningdek, psixologo-pedagogik va metodik 
fanlarning fanlararo bog‘lanishlar vazifasini kuchaytiradi. Bunday sharoitda ko‘rsatib o‘tilgan 
fanlarning (kurslarning) ham o‘zaro, ham gumanitar va texnik sikl fanlari o‘rtasidagi 
bog‘lanishlari mustahkamlanadi, bilimlarni ko‘chirish, ulardan foydalanish va har tomonlama 
fikrlash ko‘nikmalari yaxshilanadi.
Shunday qilib, fanlararolik – bu talabalarni o‘qitishning zamonaviy tamoyili bo‘lib, bir 
qator o‘quv fanlarining o‘quv materialini tanlashga va tuzilmasiga taʼsir ko‘rsatadi, o‘rta 
maktab o‘quvchilariga uzatiladigan talabalar bilimining tizimiyligini kuchaytiradi, o‘qitish 
metodlarini faollashtiradi, o‘qitishni tashkil qilishning majmuaviy shakllaridan foydalanishga 
yo‘naltiradi, pedagogika oliy taʼlim muassasida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning birligini 
taʼminlaydi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik va metodik tayyorlash jarayonida fanlararo 
xususiyatga ega bo‘lgan asosiy umumlashgan malakalar (kognitiv, konstruktiv, tashkiliy, 
kommunikativ, orientatsion, yo‘naltiruvchi, tadqiqotchilik) aniqlandi.
Talabalarda fanlararo mazmunga ega umumlashgan malakalarni maqsadga yo‘naltirib 
shakllantirish ularning kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirish imkonini berishi, va demak, 
o‘qituvchi sifatida fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish bo‘yicha bo‘lajak mustaqil 
faoliyatining saviyasi oshirilishi isbotlandi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish