Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147
Bog'liq
5-сон

Key words:
linguistic competence, comparison, interesting pictures and media, 
independent thinking, free attitude to reading. 
65


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirgan hamda jamiyatda munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan barkamol avlodni 
voyaga yetkazishdir. Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining jadallik bilan rivojlanishi 
barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga 
ko‘tarishni talab etmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida o‘qituvchilar zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni 
yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2017-yil6-apreldagi “Umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori ta’lim-tarbiya sohasini zamon talablariga mos ravishda 
takomillashtirish, o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi1. 
Shunga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni bevosita 
kundalik hayotda qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSni 
yaratish va ta’lim jarayoniga qo‘llash zaruriyati yuzaga keldi. Kompetensiyaviy ta’lim 
o‘quvchilarning ma’lum bilimlar yig‘indisini egallashnigina emas, balki shaxsni rivojlantirish, 
anglash va yaratish qobiliyatlarini shakllantiradi. Shu sababli barcha fanlarga tegishli bo‘lgan 
tayanch kompetensiya va har bir fanga doir kompetensiyalar berilgan. Jumladan, ona tili 
faniga oid nutqiy va lingvistik kompetnsiyalar mavjud bo‘lib, ular alohida ahamiyatga 
ega.Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi - o‘quvchilarni fikrlashga, o‘zgalar fikrini 
anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan 
nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan 
bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, 
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish va 
ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda lingvistik kompetensiyalarni 
shakllantirishdan iborat. Nutqiy kompetensiyada tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish 
rivojlantirilsa, lingvistik kompetensiyada tilshunoslik fanining bo‘limlari: fonetika, sintaksis, 
leksikologiya, morfologiya, punktuatsiyaga oid tushunchalar rivojlantiriladi.
5-sinf ona tili darsligida berilgan tilshunoslik fanining sintaksis va punktuatsiya 
bo‘limlarini o‘rganishda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish quyidagi 
tartibda bo‘ladi. Nutqiy kompetensiyada o‘quvchilar: 
– tinglangan matn, mashq va topshiriqlardagi yoki diktant matnini tushuna oladi;
– mavzuga oid mashq va topshiriqlarni orfoepiya qoidalariga rioya qilgan holda o‘qiy
oladi;
– fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi, urg‘uni to‘g‘ri qo‘ya oladi;
– o‘rganilgan mavzular doirasida lug‘at, saylanma, ta’kidiy diktantlarni hamda 85-95ta 
so‘zdan iborat bo‘lgan nazorat diktantini yoza oladi; 
– Husnixat va imlo qoidalariga amal qiladi;
– 8-10ta gapli ijodiy matn yarata oladi;
– mustaqil va ijodiy fikrlay oladi. 
Lingvistik kompetensiyada o‘quvchilar :
– yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtiradi.
– gapda so‘zlarning bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, 
gap bo‘laklari, undalma, kirish so‘z, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma gaplar va dialoglarni 
farqlaydi, izohlay oladi;
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o`rta ta`lim va o`rta maxsus, kasb-hunar 
ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida"gi qarori 
66


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
–so‘zlarni morfologik tahlil qila oladi; 
-– o‘rganilgan ifoda vositalarini og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi.
Оnа tili mаshg‘ulоtlаri bоsqichli kеtmа-kеtlik, shаkl bilаn mаzmun аlоqаdоrligi, 
tilshunоslik bo‘limlаrining o‘zаrо zich bog‘liqligidagi аsоslаridа ko‘rilаdi. Shuning uchun 5-
sinfning birinchi chоrаgi sintаksis bo‘yichа zаrur tushunchаlаrni — sоddа vа qo‘shmа gap, 
gаpning mаrkаzi, gap bo‘lаklаri, undаlmа vа uyushiq bo‘lаklаr, ko‘chirmа gap, ulаrdаgi tinish 
bеlgilаri o‘zlаshtirish berilgan. Ikkinchi chоrаkning bоshidа o‘quvchilаrgа lеksikоlоgiya vа 
mоrfоlоgiyaning muhim tushunchаlаri: so‘zning mа’nоsi, o‘z mа’nо vа ko‘chmа mа’nо, 
mа’nоdоsh so‘zlаr, uyadоsh so‘zlаr, zid mа’nоli so‘zlаr, qo‘shimchаdоsh so‘zlаr, o‘zаkdоsh 
so‘zlаr, mustаqil vа yordаmchi so‘z turkumlаri, o‘zаk, qo‘shimchа, shakl yasovchi vа so‘z 
yasоvchi qo‘shimchаlаr hаqidа dаstlаbki zаruriy mа’lumоtlаr bеrilgan.
Aynan 5-sinf o‘quvchilarida tilshunoslik fanining bo‘limlarini o‘rganilishini yanada 
soddalashtirib, mavzularni tushuntirishda taqqoslashning ahamiyatini havola etmoqdamiz. 
Bizga ma’lumki, mavzuni tushuntirish va fikrni ifodalash uchun ona tilida bir qancha 
imkoniyatlar bor. Ularni xilma-xil shakl va ko‘rinishlarga ega bo‘lgan suratlar, media 
manbalar orqali ma’lumotlarni o‘quvchiga yetkazish mumkin.
O‘quvchilarga lingvistik kompetensiyani rivojlantirishda, tilshunoslik fanining 
bo‘limlarini soddaroq tushuntirishda daraxt, uning shoxlari va barglariga taqqoslab, “Shajara 
daraxti”ga qiyoslagan holda izohlasak, yanada esda qolarli hamda tushunarli bo‘ladi. 5-sinf 
ona tili darsligida so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, imlo qoidalari, tinish belgilarning ishlatilish 
o‘rinlari, leksikologiya (so‘z ilmi), lug‘atshunoslik kabi tilshunoslik bo‘limlari haqida 
ma’lumotlar berilgan. O‘quvchilarga bo‘limlar va mavzularni o‘rgatishda ularning bog‘liqligi 
va ifodalanish tartibini “Shajara daraxti” orqali tushuntirish qiziqarli bo‘ladi. Daraxtning 
asosiy tana qismi bu – tilshunoslik. 
Daraxt shoxlari – tilshunoslik fanining bo‘limlari: fonetika, leksikologiya, morfologiya, 
sintaksis, punktuatsiya…Daraxt shoxlaridagi barglar – tilshunoslik fani bo‘limlaridagi 
mavzular: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe`l ; so‘z birikma, gap; shakldosh so‘zlar, ma`nodosh 
so‘zlar, zid ma`noli so‘zlar…
Tilshunoslik fanining bo‘limlari hamda mavzularni quyidagi tartibda jadvalga joylab 
izohini beramiz. 
3 Suratdagi va jadvaldagi ma`lumotlar o‘quvchilarga aytib o‘tiladi. 
67


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish