Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
Bog'liq
5-сон

Ключевые слова:
инновационный подход, профессиональная подготовка, 
знания, навыки, опыт. 
THE MANAGEMENT OF THE FORMATION PROCESS AND DEVELOPMENT OF 
PROFESSIONAL QUALITIES OF THE PRIMARY SCHOOL TEACHER IN PROFESSIONAL 
DEVELOPMENT 
 
Khamidova G.T. – Teacher of the Navoi Regional Center for Retraining and 
professional development of Public Education 
Annotation.
This article focuses on managing the process of forming and developing 
the professional qualities of an elementary school teacher in professional development. It 
covers the professional development of primary school teachers, the organization of the 
process of independent training based on innovative approaches, the development of 
creative thinking through the use of technologies aimed at developing creative thinking. 
Key words:
innovative approach, professional training, knowledge, skills, experience. 
69


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Jahonda taʼlim XXI asrning barqaror taraqqiyotini taʼminlovchi asosiy omil sifatida 
eʼtirof etilib, Koreya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro taʼlim forumida 2030-yilgacha 
belgilangan konsepsiyada “butun hayot davomida sifatli taʼlim olishga imkoniyat yaratish”
1
dolzarbligi qayd etilgan. Bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy faoliyatida metodik 
tayyorgarlik darajasini oshirish, innovatsion yondashuv asosida mustaqil malaka oshirish 
jarayonini tashkil etish, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalardan 
foydalanib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining o‘quv-metodik 
taʼminotini yaratish imkoniyatini kengaytirdi. 
Kasbiy kompetentlikni shakllantirish muammosi ijtimoiy islohotlar vaqtida, ayniqsa, 
muhim hisoblanadi. Mazkur sharoitlarda inson faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari 
to‘g‘risidagi masala ustuvor ahamiyatli hisoblanadi. Insonning kasbiy faoliyatga jalb 
etilganligi faoliyat subyektining shaxsi, kasbiy tayyorgarligi, tajribasining va kasbiy muhim 
sifatlarining mavjudligiga bog‘liq. Boshqa tomondan, bu shuningdek, obyekt xususiyatlari va 
faoliyat sohasiga, mazkur kasb xususiyatlariga va kasbiy faoliyatning aniq turiga bog‘liq 
bo‘lib, ular taʼlim mazmuni, yo‘nalganligi va muddatini, shuningdek, kasbiy tayyorgarlik 
vositalari va metodlarini belgilaydi. Jahon taʼlim makoniga integratsiya jarayoni respublika 
taʼlim tizimini modernizatsiyalashni talab etadi. Taʼlim islohoti muvaffaqiyatining asosiy 
mezoni mamlakatimiz har qanday fuqarosi tegishli maʼlumot va malakani egallab, mehnat 
bozorida mutaxassis bo‘la oladigan darajaga erishishi hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, taʼlim 
tizimi oldiga “aqlli iqtisodiyot”ni shakllantirish vazifasi qo‘yiladi va “uni shakllantirish uchun, 
avvalo, o‘zining shaxsiy inson kapitalini rivojlantirish kerak”. 
Shu tariqa, kasbiy tayyorgarlik – bu mutaxassisning intellektual, psixologik, maʼnaviy 
va amaliy kompetensiyalari tizimi bo‘lib, maʼlum kasbiy faoliyat sohasidagi egallangan bilim, 
ko‘nikma, tajriba va boshqa xususiyatlar darajasini ifodalaydi. 
Kasbiy faoliyat tuzilmasini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishning o‘quv 
va darsdan tashqari faoliyati doirasida taʼminlanishi kerak. Mazkur taʼminotni izlash tabiiy 
ravishda bizni, o‘quv faoliyati kasbiy faoliyatdan motivlar, maqsadlar, predmeti, xatti-
harakatlari, vositalari, natijalari bo‘yicha sezilarli farqlanganligi sababli o‘quv faoliyatini 
kasbiy faoliyatga aylantirishning yo‘llari va vositalarini izlash zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga 
olib keladi. Hozirgi vaqtda taʼlim sohasida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda va ular 
mavjud sharoitlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini malakasini oshirishda yangi 
ustuvorliklarni yuzaga keltiradi. 
Shuning uchun, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini faoliyatiga taalluqli qonunchilik 
hujjatlarida quyidagi vazifalar aniq belgilangan: keng fundamental bilimlarga ega bo‘lgan, 
tashabbuskor, mehnat bozori va texnologiyalarning o‘zgaruvchan talablariga moslasha 
oladigan yangi turdagi mutaxassislarni tayyorlash; butun taʼlim tizimining taʼlim jarayonini 
demokratlashtirish orqali barcha sifatli taʼlim xizmatlarini ko‘rsatishga motivatsiyasini 
kuchaytirish; o‘qituvchilarning sifatli taʼlim olish huquqlarini mustahkamlash, malaka 
oshirish tizimida rahbar va professor-o‘qituvchilarning sifatli taʼlim xizmatlarini taqdim 
etishga javobgarliklarini belgilovchi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish. 
1
Inncheon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality education ang lifelong learning for all (Word Education 
Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea). 
70


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 
kasbiy tayyorlash sohasidagi sifatli o‘zgarishlarni taʼminlash malakasini oshirish tizimining 
vazifasi hisoblanadi. Taʼlimda kompetentli yondashuvni amalga oshirish boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining malakasini oshirishning kasbiy faoliyatga tayyorgarliklarini oshirishning 
samarali metodikalari va vositalarini ishlab chiqish kabi murakkab vazifalarini qo‘yadi. 
Maʼlumki, taʼlim mazmuni jamiyatning har tomonlama rivojlangan mutaxassisni 
tayyorlashga ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirishning pedagogik modeli sifatida xizmat 
qiladi. Taʼlim mazmuni esa mazkur modelning ahamiyatli elementi sifatida, pedagog va 
o‘qituvchining faoliyatini belgilovchi o‘quv axboroti qayd etiladigan element sifatida xizmat 
qiladi. Bundan tashqari, taʼlim mazmuni boshlang‘ich o‘qituvchining taʼlim, tarbiya va 
rivojlanishi jarayoni quriladigan bazasi hisoblanadi, yaʼni mazkur pedagogik modelning 
amalga oshirilishi sodir bo‘ladi. Bunday kompleks yondashuv ona tili o‘qitish metodikasi 
fanining mazmunini mazmunli strukturasini batafsil ishlab chiqish hisobiga yangilash 
imkonini beradi. Аsosiy g‘oya – tanlangan ilmiy bilimlarning tabaqalashtirilishi; faqat 
yetakchi bilimlarni samarali o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi qo‘shimcha yoki ikkinchi darajali 
ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlarni puxta aniqlashdan iboradir. Hozirgi vaqtda taʼlimda 
bilimlarni yetkazish emas, balki taʼlim oluvchining shaxsi asosiy hisoblanadi. Taʼlimning 
innovatsion metodikalar tizimini tashkil etishning asosi sifatida nochiziqli taʼlim insonda 
kerakli axborotga kerakli joyda va kerakli vaqtda qobiliyatni shakllantiruvchi o‘qitishning 
maxsus metodlarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga talablar o‘sib bormoqda. Shuning uchun boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarini malakasini oshirish sifatini takomillashtirish o‘qituvchilarni turli 
kommunikativ sharoitlarda, avvalo, bevosita kasbiy faoliyatda til vositalaridan to‘g‘ri 
foydalanishga o‘rgatish, pedagogik muloqot madaniyatini o‘rgatish, pedagogik 
kommunikatsiya jarayonida o‘quvchilarga samarali taʼsir ko‘rsatuvchi ifodali to‘g‘ri nutq 
malakalarini shakllantirish zarurati bilan bog‘liq. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining nutq madaniyatini rivojlantirish, bir tomondan 
o‘qitishni optimallashtirish vositasi sifatida, boshqa tomondan esa, uning tarbiyaviy taʼsiri 
omili sifatida qaraladi. O‘qituvchiga alohida talablar qo‘yilib, ulardan biri – o‘quvchilar bilan 
ularda muloqot, faoliyat, taʼlim jarayonining teng huquqli sherigini ko‘rishga asoslangan 
muloqot qilish malakasi hisoblanadi. Bu o‘quvchilar bilan nutqiy aloqa o‘rnatish, sinfga 
taʼsirini ko‘ra olish, o‘quvchilarning ruhiy holatlarini tushunish, ularning fikrlarini inobatga 
olish, taʼlim oluvchilarning nutq jarayonlarini boshqarishni ko‘zda tutadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi namunaviy nutqning haqiqiy tashuvchisi bo‘lishi kerak. 
Аgar uning lug‘at zaxirasi boy bo‘lmasa, uning o‘z nutqi ifodali bo‘lmasa, u o‘z fikrlarini 
ifodalashda bir xillikdan qochish uchun sinonim til vositalaridan foydalana olmasa, 
o‘quvchilarning umumiy nutq madaniyatlarining yuqori darajasiga erisha olmaydi. 
Boshlang‘ich o‘qituvchining vazifasi – o‘quvchilar uning diksiyasi, intonatsiyasi, til 
meʼyorlari va uslubiga taqlid qilishlari uchun to‘g‘ri o‘zbek tilining targ‘ibotchisi bo‘lishi 
kerak. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nutqining mazmunli, stilistik va orfografik xatoliklariga 
yo‘l qo‘yish mumkin emas. O‘quvchilar o‘qituvchida bunday kamchiliklarni aniqlashlari salbiy 
holat hisoblanadi. Bundan malaka oshirishlarda ona tili madaniyati muammosiga alohida 
eʼtibor qaratilishi lozimligi ayon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini 
oshirishda o‘qituvchilarga muloqot jarayonida nutq xatoliklaridan xalos bo‘lishlariga yordam 
71


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
beruvchi nutq madaniyati bo‘yicha maxsus kurslar va maxsus seminarlarni kiritish zarurdir. 
“Biz qanday so‘zlaymiz”, “Nutq mahoratiga qanday erishish mumkin”, “Yagona nutq rejimi” 
va h.k. mavzular katta foyda keltirishi mumkin.Tilshunoslarning fikrlariga ko‘ra, 
o‘qituvchilarning kasb mahoratlari shakllanishida nutq madaniyatining asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: 
1. Kasbiy mahoratning muhim komponenti sifatida nutqiy taʼsir etish va o‘zaro aloqa 
qilishning optimal vositalarini topish kompetentligini, malakasini shakllantirish. 
2. O‘qituvchilarning kommunikativ yetakchi sifatida vaziyatning xususiyatini tezkor 
tushuna oladigan, tartibga soluvchi taʼsir etish texnologiyasini qo‘llaydilar va o‘zaro 
aloqalarga erishadigan nutq madaniyatiga oid shaxs sifatlarini tarbiyalash. 
3. Turli kommunikativ vaziyatlarda nutqiy javob berish dasturlarini va o‘quv 
mashg‘ulotining, jumladan, o‘qituvchilarning salbiy nutq ssenariylariga spontan nutq 
mikrostrukturasini ishlab chiqish. 
4. Nutq xususiyatini shakllantirish. Taʼlim va rivojlanish o‘qituvchi shaxsining 
shakllanishiga yo‘naltirilgan malaka oshirishda taʼlim olish muvaffaqiyatliligi nazoratining roli 
sezilarli o‘zgaradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nafaqat nutqiy rivojlanish diagnostikasi 
vazifasini amalga oshirishi kerak. Pedagogik psixologiyada “diagnostika” atamasi 
(grekchadan diagnoz - tanish) o‘qituvchi shaxsi maʼlumotliligi va rivojlanish sifatining 
darajasini aniqlashni anglatadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun diagnostik malaka kasbiy 
ahamiyatli sifat hisoblanib, u avvalo, o‘qituvchilarning nutqiy rivojlanishlari diagnostikasi 
metodlarini egallashi lozim.Ona tilini anʼanaviy o‘qitish metodikasida, avvalo, tilga oid bilim 
va malakalarni o‘zlashtirish nazoratiga eʼtibor qaratilgan, tilga oid, kommunikativ, lingvistik 
va madaniyatshunoslik kompetensiyalari hamda nutq rivojlanishi diagnostikasi hozirga 
qadar to‘liq jihatdan amalga oshirilmaydi. Bunga sabab til bo‘yicha bilimlar nazoratining 
ahamiyatini yuqori baholash, maʼlumotlilikni baholashga yondashuvdagi konservatizm va 
nutq diagnostikasi metodlarini yetarli egallamaganlik, ona tili bo‘yicha diagnostik vositalar 
tizimining mavjud emasligi hisoblanadi. 
So‘nggi yillarda ona tilini o‘qitish metodikasi testga oid mashqlar tayyorlanyapti va 
bunda testdan foydalanish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha 
fikrlar to‘liq qabul qilmaslikdan to ulardan tanqidsiz va maʼqullagan holda ona tili bo‘yicha 
bilim va malakalarning universal nazorat vositasi sifatida foydalanishgacha qadar 
farqlanmoqda. O‘qitish hamda diagnostika vositalari va metodlarining samarasi vaqt bilan 
tekshiriladi, test metodikasi tezkor nazoratning samarali vositalaridan biri sifatida nutq 
rivojlanishi va tilga oid taʼlim diagnostikasi tizimida o‘z o‘rnini egallashi kerak. Аmmo bu 
faqatgina metodlardan biri bo‘lib, shu bilan birga lingvodiagnostika (lingvistik diagnostika) 
tizimi sifatida kelajakda nafaqat nazorat vositasi, balki prognozlash mexanizmiga ham 
aylanishi kerak. 
Lingvodiagnostika ostida maxsus nazorat va baholash vositalari yordamida amalga 
oshiriladigan o‘qituvchining zarur tilga oid va lingvistik kompetensiyasi darajasini aniqlash 
metodlarining majmui hamda mazkur darajalarni prognozlash va korreksiyalash tushuniladi. 
Shu sababli, o‘qituvchilarning ona tili bo‘yicha maʼlumotliliklari mezonlarini, bilim va 
malakalarni baholash mezonlarini ishlab chiqish, nutq rivojlanishi darajalarini aniqlash va 
diagnostik vositalar tizimini yaratish ona tilini o‘qitish nazariyasi va metodikasining muhim 
muammosi hisoblanadi. 
72


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Malaka oshirishda rivojlanish mafkurasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning bilim va 
malakalari nazorati va baholanishiga anʼanaviydan ko‘ra o‘zgacha yondashuvlarni ko‘zda 
tutadi. Аsosiy masala eʼtiborni tilni o‘rganishdan nutqni o‘rgatishga (tildan kommunikativ 
maqsadlarda foydalanish bo‘yicha insonning alohida faoliyati sifatida) ko‘chirish ona tilini 
o‘qitish sohasidagi pedagogik nazorat vazifalarini qayta ko‘rib chiqishni talab etganligidan 
iboratdir. 
Lingvistik diagnostikaning vazifasi, avvalo, lingvistik, tilga oid kommunikativ va 
madaniyatshunoslik kompetentiyalari darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, bu o‘qitishning 
maqsadi hisoblanadi. Ixtiyoriy xatti-harakatning muhim bosqichi uning natijalarining 
nazorati va baholanishi hisoblanadi. Ona tili bo‘yicha dastur materialini o‘zlashtirishning 
nazorati va tilga oid hamda nutqiy malakalarning shakllanganligining bahosi 
o‘qituvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilimlilik darajasini va umuman nutqiy 
rivojlanish darajalarini aniqlash maqsadini ko‘zlaydi. Ona tilini o‘qitish metodikasida 
bilimlarni o‘zlashtirishning nazorati (lingvistikaning asosiy tushunchalari) va tilga oid va 
nutqiy malakalarning shakllanganligining nazorati ajratiladi. Аnʼanaviy ravishda joriy, 
mavzuga doir va yakuniy nazorat turlari ajratiladi. 
Mashg‘ulotda nazoratning asosiy metodi hamon frontal va individual savol-javob bo‘lib 
qolmoqda. So‘rovning frontal metodi o‘qituvchilarning katta miqdorini qamrab oladi va 
alohida yakunlangan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha bilimlar darajasini aniqlaydi. 
Frontal so‘rovning qiyinligi o‘qitish va nazoratning turli vositalaridan – topshiriqlar 
bilan kartochkalar, perfokonvertlar, testlardan foydalanish zarurati, shuningdek, 
kompyuterli taʼlimiy va nazorat metodlarini qo‘llashdan iborat. Frontal so‘rov o‘zining 
afzallik va kamchiliklariga egadir. Mazkur metod har bir o‘qituvchining yetarlicha to‘liq 
fikrlarini bildirishiga imkon beradi. Shuning uchun o‘qituvchilar bilimlari darajasini 
aniqlashda individual so‘rov qulayroq bo‘lib, uni og‘zaki yoki yozma shaklda o‘tkazish 
mumkindir. Uning samaradorligi har bir o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan yondashuv bilan 
bog‘liqdir. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘qituvchilarning nutqiy malakalarining diagnostikasi 
muammosi juda muhimdir, chunki ona tili bo‘yicha o‘qitish qanchalik samarali bo‘lishi uning 
hal etilishiga bog‘liqdir. O‘qituvchilarning bilimliliklarining diagnostikasi uchun zamonaviy 
metodikada o‘qituvchilarning nutqiy tushunchalarni o‘zlashtirishlari sifati va nutqiy 
malakalar darajasini aniqlovchi testlar qo‘llaniladi. 
Diagnostik testlar tizimi o‘qituvchiga maʼlum o‘qituvchining nutqiy rivojlanishi darajasi 
to‘g‘risidagi obyektiv maʼlumotlarga tayanish bilan o‘z ishini qurishiga imkon beradi. Test 
sinovini avval o‘quv yilining boshida taʼkidlovchi sifatida, so‘ngra yakuniy sifatida – o‘qish 
oxirida o‘tkazish kerak. Yakuniy test sinovi bilimlar va ular bilan bog‘liq so‘z, gap, matn kabi 
til birliklariga taalluqli malakalar darajasini aniqlaydi. 
«Nutq» yakuniy testi 
1-topshiriq. Nutqda so‘z nima uchun xizmat qiladi? To‘g‘ri javob tagiga chizing. 
1. Predmetlar, ularning belgilar va harakatlarini atash uchun. 
2. Yakunlangan fikrni ifodalash uchun. 
3. Gapdagi bir so‘zlarni boshqalari bilan bog‘lash uchun. 
2-topshiriq. She’rlarni o‘qing. 
Bu so‘zlar gap yoki matn deb ataladimi? 
73


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Maʼnosi bo‘yicha yaqin so‘zlarni toping va yozing. 
3-topshiriq. Gap matndan nima bilan farqlanadi? To‘g‘ri javob tagiga chizing. 
1. Matn katta, gap esa katta emas. 
2. Matn bir necha gaplardan tashkil topadi.
3. Bu bir xil tushuncha. 
4-topshiriq. Matn gaplar guruhidan nima bilan farqlanadi? To‘g‘ri javob tagiga chizing. 
1. Matnda bir yoki ikkita gap bo‘ladi. 
2. Matnda gaplar katta bo‘lishi kerak. 
3. Matnda gaplar bir mavzu bilan bog‘langan. 
5-topshiriq. O‘qing. 
Toza havo. Keng vodiy qalbni quvontiruvchi bog‘lar va chiroyli tog‘lar ranglarga 
burkangan. Ular o‘t-o‘lan, qizil gullar, turli ekinlar va paxta bilan qoplangan. Qizil, qora, sariq 
va oq kapalaklar uchib yuribdi. Qushlar baland va past devorlarga, tomlarga qo‘nib 
sayramoqdalar. 
6-topshiriq. Bu matn ekanligini isbotlang. To‘g‘ri javob tagiga chizing. 
1. 
Gaplar maʼnosi bo‘yicha bir-biri bilan bog‘lanmagan.
2. 
Bu yerda bir fikrga bo‘ysungan bir necha gaplar berilgan. 
3. 
Bu gaplar bir fikrga bo‘ysungan. 
6-topshiriqdagi parchani qaysi matn turiga kiritish mumkin. O‘z fikringizni yozma 
ifodalang. 
Matnda __________________________ to‘g‘risida aytilmoqda. 
____________ hodisalarni bir vaqtda ko‘rish. 
Matnga savol qo‘yish mumkin _____________ 
Bu matn __________________hisoblanadi. 
Matnga kalitlar 
7-topshiriq. To‘g‘ri javoblar 1 va 3. So‘zlar – bu nutq qismi. Ulardan birlari predmetlar, 
ularning belgilari, harakatlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Bunday so‘zlar nutqning 
mustaqil qismlari deb ataladi: xona, chiroyli, qurish. Boshqa so‘zlar nutqning ko‘makchi 
qismlari deb ataladi. Ular nutqning mustaqil qismlarini bir-biri bilan bog‘laydi. 
8-topshiriq. Bu so‘zlar guruhi gap deb ataladi. Gap tugallangan fikrni ifodalaydi. Matn 
ikki yoki bir necha gaplardan tashkil topishi kerak. 
9-topshiriq. Bu so‘zlar guruhi gap deb nomlanadi: matnda bir emas, balki ikki yoki bir 
nechta gaplar bo‘lishi kerak. Gap sodda (bir so‘zdan tashkil topishi), yoki bu kabi murakkab 
bo‘lishi mumkin. 
4-topshiriq. To‘g‘ri javob – 2. Matn bir nechta gaplardan tashkil topgan. 
5-topshiriq. To‘g‘ri javoblar – 1 va 3. Matndagi gaplar maʼnosi bo‘yicha bir-biri bilan 
bog‘liq bo‘lishi kerak. Ular bir mavzuga va asosiy fikrga bo‘ysungan. Аgar matndagi gaplar 
tartibi buzilsa, maʼno buzilishi mumkin. Bunday gaplar guruhi matn deb nomlanmaydi. 
10-topshiriq. To‘g‘ri javoblar – 2 va 3. Mazkur matnda beshta gap. Ularning barchasi 
birgina “Bahor” mavzusiga bo‘ysungan. Matn bahor qanday boshlanishi to‘g‘risidagi fikrni 
ifodalaydi. 
11-topshiriq. Matnda o‘zbeklar tarixi to‘g‘risida hikoya qilingan. Muallif o‘zbeklar O‘rta 
Osiyoning eng qadimgi xalqi hisoblanishi va ularning tarixi qabilalar tarixi bilan bog‘liqligini 
74


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
ifodalagan. Matnga quyidagi savolni qo‘yish mumkin: o‘zbeklar tarixi qaysi xalqlar va 
qabilalar tarixi bilan bog‘liq? 
Ixtiyoriy matnni bajarish muvaffaqiyatliligining eng yuqori koeffitsienti to‘g‘ri 
javoblarning matn bo‘yicha ballarning maksimal mumkin bo‘lgan miqdoriga nisbati bo‘yicha 
belgilanadi va birga teng bo‘ladi (kmuv. = 0,5). Testni bajarishning minimal yetarli darajasi 
0,5 ga teng (kmuv. = 0,5), o‘rtachasi – 5,5 dan 7,5 gacha va yuqori – 7,5 va undan yuqori. 
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirishda avvalgidek 
anʼanaviy tasavvurlar doirasida olib borilmoqda. Bu pedagogik jarayonga yangi g‘oyalar va 
o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini kiritish va amalga oshirishda maʼlum 
qiyinchiliklarga olib keladi, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tarbiyachi sifatida pedagogik 
shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonini boshqarishni deyarli cheklab qo‘yadi, pedagogik oliy 
taʼlim muassasalari bitiruvchisining tayyorgarligini baholash va boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining vazifasini bajarish jarayonini qiyinlashtiradi.
Zamonaviy maktabda tarbiyaviy jarayonni yangicha tashkil etish uchun nazariy asos 
ishlab chiqish bosqichida hisoblanadi. Hozircha faqatgina tarbiyaning prinsipial g‘oyalari 
muhokama etilmoqda, amaliyotchilar esa avvalgidek sinov va xatolar metodi bilan 
ishlamoqdalar.
Maktabdagi tarbiya tizimi tashabbuskor o‘qituvchilarning empirik tajribalariga 
tayanadi, ularning ish shakllari va metodlari, shubhasiz, nazariy anglash va asoslashni talab 
etadi. Mazkur va boshqa sabablar tufayli boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy 
vazifalarni amalga oshirishga tayyorlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. 
Shuning uchun tarbiyaning mohiyatiga yanada chuqur kirib borish, ijtimoiy ongda 
shaxs muammolarini aktuallashtirish, insonni shakllantirish jarayonini tashkil etishning 
pedagogik nazariyasini yaratish talab etiladi. 
Tarbiya sohasidagi zamonaviy pedagogik tadqiqotlar asosan tarbiyaning insonparvarlik 
tabiati va shaxsiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarni izlashga yo‘naltirilgan. 
Shuningdek, taʼlim va tarbiyada o‘zbek xalqining kelib chiqishi muammolari o‘rganiladi. 
Hozirgi vaqtda ijtimoiy muhitda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: aholining ijtimoiy tarkibida 
fuqarolarning daromadlaridagi farqlik keskin oshdi. Bular zamonaviy ijtimoiy muhit 
tavsiflanadigan belgilardir. Ijtimoiy muhit avvalgidek shaxs shakllanishi va rivojlanishining 
asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Аmmo muhit doimo ham barkamol rivojlangan shaxsni 
shakllantirishga olib kelmaydi. Insonning hayot faoliyati kechadigan insonparvarlik muhiti 
insonning gumanistik mohiyati va uning hayotining mazmunini tushunishni 
yaqinlashtiradi.Malaka oshirishga oliy taʼlim muassasasidagi makroijtimoiy muhitda 
tayyorlangan yosh o‘qituvchi ham keladi. Malaka oshirishda insoniy va kasbiy faoliyatlarini 
takomillashtirish maqsadida pedagogik muhit insonparvarlik, demokratik, shaxsning huquq 
va erkinliklarini, uning hayotga va to‘laqonli rivojlanishga huquqini himoyalovchi bo‘lishi 
kerak. Tadqiqotimizda insonparvarlik muhitining barcha elementlari boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirilishi kerak degan xulosaga keldik. 
Shu sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirishda o‘quv-tarbiya tizimiga 
kiruvchi har bir strukturaviy elementning tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, pedagogik 
jarayon tomonlarining nisbatini o‘zgartirish hisobiga o‘qituvchilarning kasbiy o‘z-o‘zini 
rivojlantirishning rolini oshirish, ularning o‘qituvchi kasbiy vazifalarini bajarishga tayyor 
emasliklari kabi kamchiliklarini bartaraf etish zarurdir.Shu sababli boshlang‘ich sinf 
75


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
o‘qituvchisini pedagogik ishga tayyorlash jarayonida u bilimlarni o‘zlashtirish va kasbiy-
pedagogik sifatlarni rivojlantirishda taʼlim oluvchi “roli”dan chiqishi va o‘zi o‘qituvchiga 
aylanishni inobatga olish lozim. Bu masala hozirga qadar kam o‘rganilganicha qolmoqda. 
O‘smirlik davridan endigina o‘tgan yoshlar ko‘p jihatdan o‘quvchi va tarbiyalanuvchi bo‘lib 
qolib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish uchun masʼuliyatni qabul qilishlari kerakdir. 
Shu tariqa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga 
insonparvarlik va shaxsiy yo‘naltirilgan yondashuv bizning oldimizga ikki vazifani qo‘yadi: 
muhitning alohida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining shaxsiy rivojlanishi va kasbiy o‘sishiga 
taʼsiri manbalarini maksimal darajada hisobga olish va ularni o‘qituvchi sifatida 
tayyorlashdagi rollari va masʼuliyatlarini oshirish. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish