ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Key words:
economist, innovation, influence factors, pedagogical skills, pedagogical
competence, pedagogical technologies, information and communication technologies,
modular system
Keyingi
yillarda
mamlakatimizda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
ustuvor
yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy taʼlim tizimini
yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi oliy taʼlim
muassasalarining tashkil etilishi, xususan, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab, bo‘lg‘usi
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining
Samarqand filiali
1
, Аndijon viloyatida Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutlarining tashkil
etilishi
2
,kadrlar tayyorlashning zamonaviy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda
sirtqi va kechki bo‘limlarining ochilishi, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarining
oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bu zamonaviy bilimga
ega bo‘lgan mutaxasis kadrlarga bog‘liqdir
3
. Bu borada oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati
va samaradorligini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar,
ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini
taʼminlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Hammamiz yaxshi tushunamizki,
oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun
tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni, albatta, amalga oshirishimiz kerak. Hozirgi
vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida ko‘p hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish,
ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yo‘lga qo‘yilmagani sezilmoqda.
Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam
nomiga ishlab o‘tiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish ko‘p, vazifa ko‘p, lekin ishlaydigan
odam, kadr yetishmaydi. Bunday noto‘g‘ri ish taqsimotiga mutlaqo chek qo‘yishning vaqti
yetdi. Har bir davlat xizmatchisi o‘zining burchi va majburiyatini aniq-ravshan bilishi, sodda
qilib aytganda, o‘z aravasini o‘zi tortishi lozim”, – deb taʼkidlagan edi
4
, Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida.
Shu bilan birga bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini
takomillashtirishga taʼsir etib kelayotgan omillar mavjud, ular bevosita yetishib chiqayotgan
iqtisodchi mutaxassislarning faoliyat natijalarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa,
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga,
respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy
sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini taʼminlashda saqlanib
qolmoqda.
1
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 28 майдаги Тошкент давлат иқтисодиёт университетининг
Самарқанд филиалини ташкил этиш тўғрисида”ги 438-сонли қарори. https://lex.uz/uz/
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 21-22 май кунлари Андижон вилоятига ташрифи давомида берилган
топширҳамда вилоят фаоллари иштирокида ўтказилган йиғилиш баёни (№34).
3
И.Мамажанов. Подготовка преподавателей-экономистов в условиях современной рыночной экономики. Вестник
Университета Российской академии образования № 3/2011. Ст. 89.
4
Мирзиёев. Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисида сўзлаган нутқи.2016
йил, 15 декабрь. https://kun.uz/
59
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
1. Oliy taʼlim muassalarining moddiy texnik bazasi. Iqtisodchi mutaxasislarni
innovatsion faoliyatga tayyorlashda taʼlim muassasalarining moddiy texnika bazasi
mustahkam bo‘lishi zarur. Bino-inshootlarning yetarliligi, ularda auditoriyalarning holati va
sig‘imi. Shunday holatlar mavjudki, auditoriyalarning sig‘imi 24tani tashkil etsa, baʼzi
hollarda, ularda 30 nafargacha tahsil olayotgan holatlar mavjud. Shuningdek,
auditoriyalarning eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanmaganligi, yaʼni
baʼzi oliy taʼlim (ayniqsa, viloyat oliy taʼlim) muassasalarida auditoriyalar zamonaviy texnika
va texnologiyalar bilan jihozlanmagan. Taʼlim muassasalaridagi laboratoriya xonalarning
yetishmasligi. Viloyat oliy taʼlim muassasalarida issiqlik, elektr energiya manbalarining
muntazam ishlamasligi (viloyatlarda) uchraydi. Yuqorida qisman sanab o‘tilgan omillar
bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassislar, balki boshqa taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ham
tayyorlanayotgan mutaxassislarning innovatsion faoliyatini tashkil etishga taʼsir etadi.
2. O‘quv-uslubiy taʼminot. Bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini
takomillashtirishga taʼsir etib kelayotgan omillarning asosiysi deb hisoblash mumkin. Taʼlim
yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘quv rejalarning har yili o‘zgarib turishi natijasida,
bir kurs o‘qiyotgan fanlar keyingi kelayotgan kurslarda o‘qitilmasligiga yoki baʼzi fanlarning
mazmuni va mohiyati, kelajakda bo‘lg‘usi mutaxassilarning faoliyatiga qanchalik foydali
ekanligi chuqur tahlil qilinmasligi oqibatida o‘quv rejalarda o‘z aksini topish hollari mavjud.
Shuningdek, tayanch oliy taʼlim muassasalarida o‘quv rejalarni ishlab chiqishda turdosh oliy
taʼlim muassasalarning mutaxassislarini ishtirok etmasligi yoki ular tomonidan berilayotgan
takliflar inobatga olinmasligi holatlari uchraydi. Bu o‘z navbatida turdosh oliy taʼlim
muassasalarining faoliyatiga salbiy taʼsir etadi.
Barcha oliy o‘quv yurtida taʼlim jarayoni o‘quv reja asosida quriladi va taʼlim
dasturlarini amalga oshirish vositasi sifatida taʼlimning sifatiga kata taʼsir ko‘rsatadi. O‘quv
rejasidagi fanlar mantiqiy izchillikni hisobga olgan holda tuzilishi, yaʼni har bir keyingi fan
o‘zidan oldingi fanlarning o‘quv materialiga tayanishi kerak.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi taʼlimni rivojlantirish markazi
tomonidan har bir oliy o‘quv yurtining o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos
hisoblanadigan namunaviy o‘quv rejalari tasdiqlangan. Biroq namunaviy o‘quv rejalarida
umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘rganishning izchilligida katta nomuvofiqliklarga yo‘l
qo‘yiladi.
Masalan, iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalarida iqtisodiyot
nazariyasi barcha iqtisodiy fanlar uchun asosiy fan hisoblanadi, chunki u talabalarning
iqtisodiy dunyoqarashini shakllantiradi, bu ular tomonidan ishlab chiqarish omillari, ishchi
kuchi, ish haqi, ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar va h.k. haqidagi
bilimlarning egallanishi uchun zarur. Ushbu bilimlar asosida talabalar barcha iqtisodiy
mutaxassisliklar uchun umumkasbiy fan hisoblangan statistikani o‘rganadi. Ijtimoiy-iqtisodiy
statistika bo‘limida talabalar tarmoqlar va korxonalarning statistik ko‘rsatkichlarini
o‘rganadi, bu korxona darajasida amaliy iqtisodiyotni o‘rganish uchun o‘tish bazasi
hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini iqtisodiyot kursidan keyin o‘rganish lozim, chunki
buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lib korxonaning xo‘jalik faoliyati, shu jumladan
korxonaning xo‘jalik vositalari va ularning manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari
hisoblanadi.
60
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
O‘quv rejasi fanlarining zarur o‘quv-metodik taʼminotini aniqlash ham taʼlimning
sifatiga taʼsir ko‘rsatadi. Tayyorlash mazmuni va sifatini ekspertiza qilish metodikasiga
muvofiq asosiy taʼlim dasturini attestatsiya qilishda o‘quv-metodik taʼminotning darajasi
quyidagilar bilan aniqlanadi:
– o‘quv ish rejasining barcha fanlari bo‘yicha o‘quv axboroti manbalarining yetarliligi
va o‘z vaqtidaligi;
– asosiy o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning mavjudligi;
– kutubxona fondida tavsiya etilayotgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlari nusxalari
yetarli sonining mavjudligi (bir nafar talabaga fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalari nusxalarining soni);
– professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik material (darsliklar
va o‘quv qo‘llanmalar, talabalarning mustaqil ishi, kurs ishlari, amaliyotlarni o‘tkazish,
bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga tayyorlash bo‘yicha metodik ishlanmalar va
boshqalar)ning mavjudligi;
– davriy nashrlar va ulardan foydalanish;
– o‘quv ish rejasi fanlari barcha semestrlarining asosiy taʼlim dasturiy-axborot
taʼminotini baholash (elektron darsliklar, maʼlumotlar bazalariga kirish va h.k.);
– zamonaviy axborot vositalaridan, shu jumladan, xalqaro aloqa vositalaridan
foydalanish.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi ruxsatnomasi bilan
nashr qilinayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning aksariyati akademik xususiyatga ega
va ko‘pincha ularda amaliy faoliyat uchun tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar mavjud emas.
Iqtisodiy fanlar bo‘yicha darsliklarning ko‘plab mualliflari hajmning ketidan quvishadi.
Masalan, turli taʼlim dasturlari bo‘yicha 50 soatdan 120 soatgacha auditoriya
mashg‘ulotlarini (maʼruzalar va amaliyotlarni) qamrab olgan fan 400-500 sahifadan ortiq
hajmdagi asosiy darsliklar bilan taʼminlanadi.
Darsliklar hajmining oshishi ularning qiymatida aks etadi, bu mazkur darsliklarning
talabalar tomonidan deyarli xarid qilinmasligiga olib keladi, shuningdek ular oliy o‘quv
yurtlarining kutubxonalari uchun nihoyatda qimmatlik qiladi. Darsliklarning sifatiga
keladigan bo‘lsak, taʼkidlash lozimki, ko‘pincha ularning mazmuni turli o‘quv fanlarining
mavzulari bo‘yicha takrorlanadi.
Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston iqtisodiy oliy taʼlim muassasalarida
auditoriya o‘quv vaqtining ulushi Germaniya, Аngliya va АQShdagiga qaraganda ancha
yuqori. Masalan, O‘zbekistonda har bir auditoriya ishiga talabalarning bir soat mustaqil ishi
to‘g‘ri keladi, shu bilan birga chet el taʼlim amaliyotida nazariy tayyorgarlikning umumiy
hajmida mustaqil ishning ulushi ikki-uch marta yuqori. Bir tomondan, auditoriya
yuklamasining kamaytirilishi taʼlim dasturlarini innovatsion texnologiyalar asosida
o‘zlashtiruvchi talabalar uchun qulay sharoit yaratadi, ikkinchi tomondan, mustaqil ishga
motivatsiyaning bo‘lmasligi bo‘shagan vaqtdan maqsadsiz foydalanishga olib keladi.
O‘qishning kunduzgi shakli talabalari mustaqil auditoriyadan tashqari ishi uchun ajratilgan
vaqt monitoringi shuni ko‘rsatdiki, taʼlimning 4-bosqichida talabalar ishlab chiqarish
sohalariga faol ishga joylashadi. Erta ishga joylashish nazariy taʼlimning sifatini pasaytiradi,
lekin amaliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishga yordam beradi, bu oliy o‘quv yurtini
tugatganlaridan keyin ularga talab mavjud bo‘lishini kafolatlaydi.
61
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
3. O‘quv rejalarga kiritilgan fanlarning fan dasturlarini sifat jihatdan pastligi. Fanlarning
fan dasturini ishlab chiqishda meʼyor talablariga rioya qilinmasligi, xorijiy tajribalardan
foydalanmasligi holatlari natijasida fan dasturlarining sifati pastligicha qolmoqda.
Shuningdek, tayanch oliy taʼlim muassaslarida o‘quv-uslubiy kengashlar faoliyatini to‘liq
ishlamasligi, kengashda fan dasturlarning muhokasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar
o‘tkazilmasligi, fan dasturlari bo‘yicha turdosh oliy taʼlim muassasalarining taklif va
mulohazalari inobatga olinmasligi natijasida bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion
faoliyatini takomillashtirishga taʼsir etib kelmoqda.
4. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanmaslik. O‘quv
jarayonida nafaqat kasbiy bilimlarni olish, balki amaliy vazifalarni hal etishdagi zarur kasbiy
qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini ham beruvchi faol o‘qitish usullarini
qo‘llashga alohida eʼtibor qaratish zarur. Аynan faol o‘qitish usullari ijodiy tashabbus,
mustaqillik, javobgarlik hissining rivojlanishiga, jamoada ishlay olish, o‘z loyihalarini himoya
qilish va asoslash hamda kreativ qobiliyatlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Аna shunday
o‘qitish usullaridan biri amaliy o‘yinlar bo‘lib, ular yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:
– erishilgan natijalarni muhokama qilgan holda nazariy va amaliy muammolarni hal
etish;
– yechimlarni jamoaviy izlash («aqliy hujum»);
– boshqaruv qarorlarini ekspertiza qilish.
5. Bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini takomillashtirishga taʼsir
etadigan
omillardan
yana
biri,
bu
fan,
taʼlim
va
ishlab
chiqarishning
integratsiyalashmaganligidir. Fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi,
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashda soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish,
ilmiy-tadqiqot natijalarini targ‘ib va joriy qilish tizimini tubdan takomillashtirish talab
etilmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” keltirilgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz
taʼlim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyada bo‘lishi iqtisodchi mutaxassislarni
tayyorlashda asosiy vosita vazifasini bajarib kelmoqda. Ishlab chiqarish-iqtisodiyot sohasi
uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga
nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini
moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisi demakdir.
Ishlab chiqarish turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojni
shakllantiradi, o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni
o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan
uzluksiz taʼlim tizimiga ko‘maklashadi, muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim
mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek, turli tip va darajadagi
o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi, taʼlim va ilm-fanning turli shakllardagi
integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari,
markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi. Bu jarayonlar bo‘lg‘usi iqtisodchi
mutaxassisning innovatsion faoliyatini takomillashtirishda uzluksiz taʼlim, fan va ishlab
chiqarishning integratsiyasini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |