THE SYNTHESIS OF ARTISTIC PERCEPTION AND CRITICAL THINKING IN WRITER'S WORK
Burхаnova F.А. – The teacher of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
The article describes the processes of updating the literature of the
period of independence on the example of the creative work of the talented writer Nazar
Eshankul. The writer's literary and aesthetic views alternate with cycles and stories created
by himself, in which poetic innovations, figurative content and stylistic identity are analyzed
in a comparative aspect, and scientific and theoretical conclusions are made.
Keywords:
literary-aesthetic views, work, detail, image, syncretism, subjectivity,
symbol, tragedy, story.
Istiqlol davri adabiyoti sinkretiklik, hur fikrlilik, subyektivlik, eksperimentallik kabi
turfa shakl-u shamoyil kasb etmoqda. Avvalo, bu avlod ijodida mafkuraviy tazyiq izlari yaqqol
sezilmaydi, milliy doiradagi muammolar nisbatan ochiq-oydin bayon etiladi; ikkinchidan,
o‘tgan tuzumga xos illatlar ularning asarlarida erkin va atroflicha ijtimoiy-badiiy tahlil etiladi,
unga nisbatan aniq konseptual munosabat bildiriladi; uchinchidan, bu avlod asarlarida
poetik eksperimentlar qilish imkoniyati keng va ular bu imkoniyatdan etarli darajada
232
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
foydalanadilar; to‘rtinchidan, Yevropa, Amerika va Lotin Amerikasi adabiyotiga xos badiiy
tendensiyalarga moyillik bu avlod estetik dunyoqarashining yetakchi xossalaridan
hisoblanadi; beshinchidan, ushbu avlodga mansub ijodkorlar jahon adabiyoti va nazariyasi
muammolari, dunyo adabiyotida mavjud adabiy oqim va metodlardan yaxshi xabardor.
Xabardorgina bo‘lib qolmay, bu haqda erkin fikr yurita oladilar.
Bu avlod, xususan, N.Eshonqul poetik idroki, adabiy-estetik qarashlari mana
shunday ijodiy prinsiplar asosida shakllangan. Ularning bosh maqsadlari, bizning fikrimizcha,
adabiy muhitni yangilash, ijodiy prinsiplarni qayta shakllantirish, jahon adabiyotidagi eng
ilg‘or tendensiyalarni milliy adabiyotga sintezlashda namoyon bo‘ladi. Albatta, bunda turli
badiiy eksperimentlar, ifoda usullaridagi yangilanishlar bilan birga adabiy-tanqidiy ishlarning
ham muhim o‘rni bor. Tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan N.Eshonqul asarlarida badiiy ijod
jarayonidagi estetik tamoyillar, poetik eksperimentlarning tanqidiy asarlarda izchil aks
etganiga guvoh bo‘lamiz.
Zamonaviy jahon va o‘zbek adabiyotida ro‘y bergan
biron muhim hodisa yo‘qki, u N.Eshonqul e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsin. Turli hajm va
shakldagi badiiy esselar, maqolalar, taqriz, suhbat, adabiy bahslarda N.Eshonqul badiiy idroki
va tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. 2014-yilda yozuvchining “Mendan
“men”gacha” nomli adabiy-tanqidiy asarlar to‘plami nashr etildi. Kitobdan N.Eshonqulning
qariyb o‘ttiz yillik tajribalari, adabiyot haqidagi fikr-mulohazalari o‘rin olgan. Kitobning
qamrov doirasi o‘ta keng. Unda Sharq va G‘arb klassiklari, o‘zbek nasri va she’riyatining
zabardast vakillari ijodi muhim ijodiy fenomen – ijodkor “men”i doirasida talqin-u tahlil
etilgan. Kitobning “MEN”ni izlab...” nomli dastlabki qismida adibning ijodkor shaxsi
mohiyatini belgilovchi, o‘zligini namoyon etuvchi yadrosi – “men”lik olami haqida fikr
yuritiladi.
Ushbu asarda, eng avvalo, ijodkor kim, uning o‘zligi qanday namoyon bo‘ladi,
ijodkorning yaratuvchanlik salohiyati nimalarda ko‘rinadi, degan savollarga javob izlanadi.
Uning shaxs darajasiga ko‘tarilishi yoki shaxssizlik doirasida qolib ketishining sabablari-yu
omillari nimada tarzidagi aniq va shafqatsiz savollar qo‘yiladi. “Men”i va “mensizlik” ijod
jarayonida qanday namoyon bo‘ladi kabi masalalar adabiy materiallar asosida tahlil etiladi.
Asl “men” – ijodkor “men”dir. U boshqalar ilg‘amagan, anglamagan moddiy va ma’naviy,
tashqi va botiniy holatlarni anglaydi. Faqat anglash, idroklash bilangina cheklanmaydi, o‘z
ijod namunalarida qayta kashf etadi. “Men ijoddan holi narsalarni yaratuvchilik deb
atashlariga qarshiman. Ijod yo‘q joyda yaratgan ham, yaratuvchilik ham bo‘lmaydi. Ijodiy
zavq olish so‘ngan daqiqadan turg‘unlik boshlanadi, ijodiy zavq tugagan jamiyat tanazzulga
yuz tutadi. Ijod – buyuklikni va Parvardigor qudratini anglash hissi”
1
. Ko‘rinadiki, N.Eshonqul
haqiqiy ma’nodagi ijodkor ijod bilan tirikligiga urg‘u bermoqda. Ijodkor shaxs o‘z hayotini
ijod qilgan daqiqalarinigina yashaydi. Umrining qolgan vaqtlarida oddiy odamlardan farq
qilmaydi. Lekin shuni unutmaslik lozimki, badiiy ijod jarayoni uch muhim bosqichni qamrab
oladi. Bularning birinchisi – asar yozilguncha bo‘lgan tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda
yozuvchi badiiy asar uchun mo‘ljallangan voqea-hodisalar, hayotiy shaxsiyatlar, detallar, joy,
vaqt va h.k.larni saralaydi. Yon daftarida qayd etilgan dalillar, jumla, ibora, so‘zlarni asar
kompozitsiyasining qaysi o‘rniga joylashtirish haqida fikr yuritadi. Xayolida, tafakkurida
asarda kechadigan “sahna” dekoratsiyasini tayyor holga keltiradi. Ikkinchi bosqich yozish
jarayoni bo‘lib, bu ijodiy jarayon uchun o‘ta muhim bosqich hisoblanadi. Tafakkurida yetilgan
badiiy komponentlarni yozuvchi aynan shu bosqichda moddiylashtiradi. Xayoliy manzaralar,
obrazlar, voqealarni jonlantiradi. Bir asar uslubiy tizimiga solib, o‘quvchiga ma’qul keladigan
1
Эшонқул Н. Мендан “Мен”гача. – Тошкент: Akademnashr, 2014. – Б.7 – Б.19.
233
Do'stlaringiz bilan baham: |