TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
adabiyotlari tahlilidan shu narsa namoyon bo‘ladiki, Qo‘qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy
sohalari doirasida bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, mazkur masala hali
to‘la-to‘kis yoritib berilmagan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tadqiqot ishlaridan tashqari
mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan manbalarning mustaqillik yillarida qayta nashr
etilishi ham mazkur masalaning o‘rganilishida muhim ishlardan sanaladi
1
. Ayniqsa, ushbu
manbalar orasida O‘.Sultonov tomonidan Muhammad Solihxo‘janing “Tarixi jadidai
Toshkand”
2
, Sh.Vohidov tomonidan Muhammad Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix”
3
nomli manbalarining tarjima qilinib, ilmiy muomalaga kiritilishi xonlikning, ayniqsa, ijtimoiy-
iqtisodiy, savdo-sotiq kabi sohalari xususida kengroq tasavvur hosil qiladi. O‘zining
tadqiqotlarida
4
nafaqat Qo‘qon xonligi, balki butun yurtimiz tarixiga mustaqillikdan bir
muncha vaqt ilgariroq yangicha fikr va eng muhimi obyektiv qarashlarini kirita boshlagan
H.Bobobekovning o‘rganilayotgan mavzuga doir yana bir asari “Qo‘qon tarixi”dir
5
. Ushbu
asardagi ma’lumotlar faqatgina Qo‘qon shahri doirasida keltirilganligi sababli uni xonlikning
iqtisodiy hayoti doirasida batafsil yoritilgan tadqiqot ishi sanab bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-
da, Qo‘qon shahri xonlikning poytaxti hamda eng yirik shaharlardan biri bo‘lganligi sababli
asardagi ma’lumotlar orqali uning iqtisodiy hayoti haqida bir qancha xulosalar chiqarish
mumkin. Qolaversa, ushbu asarda xonlikning qo‘shni davlatlar bilan amalga oshirgan savdo
yo‘llari batafsil yoritilgan. Sh.Mahmudov tomonidan amalga oshirilgan dissertatsiyada
6
asosiy masala Qo‘qon xonligidagi boshqaruv tizimiga qaratilgan bo‘lsa-da, xonlikdagi
ijtimoiy-iqtisodiy ahvol ham o‘rganilgan. Xususan, xonlikdagi soliq va uning turlari, turli
xildagi yig‘imlar hamda to‘lovlarni undirish yoki ushbu jarayonlarda kimlarga imtiyoz berish
masalalarini mahalliy boshqaruv tizimining faoliyati sifatida ochib berishga harakat qilgan.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, xonlikdagi hashar ishlarining davlat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotiga ta’siri yaxshi talqin etilgan. Jumladan, sun’iy sug‘orish inshootlarini barpo etish,
eskilarini ta’mirlash, saroylar, madrasalar, masjidlar, harbiy istehkomlar va himoya
vositalarini qurish, sholi ekish, yantoq o‘rish kabi mehnat majburiyatlarining aholiga
1
Аваз Муҳаммад Аттор. Тарихи жаҳоннамойи. Форс
-тожик тилидан Ш.Воҳидов таржимаси // Шарқ
юлдузи.
Тошкент, 1991. № 8. 119
-137 - бетлар.; Исҳоқхон Тўра Ибрат. Тарихи Фарғона / Нашрга тайёрловчилар
Ҳ.Бобобеков, Маҳмуд Ҳасаний. Тошкент, 1991. 268
-327 - бетлар; Муҳаммад Юнус Тойиб. Тарихи
Алимқули амирлашкар // Шарқ юлдузи. Тошкент, 1996. № 1. 214
-223 – бетлар.; O‘sha muallif . Тарихи
Алимқули амирлашкар // Шарқ юлдузи. Тошкент, 1996. № 2. 208
-223 – бетлар.; Муҳаммад Азиз
Марғилоний. Тарихи Азизий / Нашрга тайёрловчилар Ш.Воҳидов, Д.Сангирова. Тошкент: Маънавият,
1999. 112 б; Мулло Олим Махдум Ҳожи. Тарихи Туркистон. Қарши: Насаф, 1992. 148 б.; O‘sha muallif .
Тарихи Туркистон / Сўзбоши ва изоҳлар Ш. Воҳидовники, араб ёзувидан табдил Ш.Воҳидов ва
Р.Холиқованики, кўрсаткичлар Ш.Воҳидов ва Д.Сангированики. Тошкент: Янги аср авлоди, 2008. 242 б.
ва б.
2
Султонов Ў. А. Муҳаммад Солиҳхўжа ва унинг “Тарихи жадидайи Тошканд” асари. Тошкент:
Ўзбекистон, 2007. 262 б.
3
Муҳаммадҳакимхон тўра. Мунтахаб ат-таворих. Форс-тожик тилидан таржимон, сўз боши, изоҳ ва
кўрсаткичлар муаллифи Ш.Воҳидов. Тошкент: Янги аср авлоди, 2010. 720 б
.
4
Бобобеков Ҳ. Ўтмишда ўзбеклар саводсиз бўлганми? // Фан ва турмуш. 1989. № 5. 12 – 13 – бетлар.;
O‘sha muallif . Россия Ўрта Осиёни босиб олганми?.// Фан ва турмуш. 1989. № 8
. 22 – 24 – бетлар.; O‘sha
muallif . Ўрта Осиё Россияга қўшиб олинганми?. //Фан ва турмуш. 1989. № 10. 12-15 – бетлар.; O‘sha
muallif . Ватанпарварлик нимадан бошланади? // Фан ва турмуш. Тошкент, 1990. № 3. 6 – 7 - бетлар.
5
Бобобеков Ҳ. Қўқон тарихи. Тошкент: Фан, 1996. 240 б.
6
Маҳмудов Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709–1876 йй.). Тарих фан. номз....
дисс.
Тошкент: ЎзР ФА Тарих институти, 2007. 160 б.
229
Do'stlaringiz bilan baham: |