TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
yuklatilishi bir tomondan, xalqqa ortiqcha ish sifatida, ikkinchi tomondan, ushbu vazifalar
mamlakat obodonchiligi hamda yurt ravnaqi uchun xizmat qilishi kabi ilmiy xulosalar
keltirilgan
1
.
T.Xudoyqulovning nomzodlik dissertatsiyasida
2
xonlikning o‘rganilayotgan sohalariga
doir bir qancha ma’lumotlar keltirilgan.Muallif ushbu tadqiqot ishida xonlikning
siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarini o‘rganishga harakat qilgan. Xonlik iqtisodiy
hayotning asosini tashkil etuvchi omillar: savdo-sotiq va tashqi savdodagi tovarlar aylanmasi,
bozor munosabatlari, soliqlar kabi masalalarga to‘xtab o‘tilgan. Barcha davlatlarning
iqtisodiy asosini tashkil etuvchi omili bu uning savdo munosabatlari hisoblanadi. Qo‘qon
xonligining ham iqtisodiy hayotini o‘rganish jarayonida uning savdo munosabatlariga
alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Xonlikdagi savdo munosabatlarini aynan o‘rganayotgan davrda
batafsil ravishda tadqiq etgan dastlabki tarixchi Z.Madrahimov hisoblanadi. Z.Madrahimov
o‘zining tadqiqotida xonlikdagi savdo munosabatlari, ichki va tashqi savdoning xususiyatlari,
savdoning mamlakat iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari
hamda bojxona tizimlari xususida batafsil yoritib bergan
3
. Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayoti
xususida gap ketganda 1868-yilda Qo‘qon xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan
savdo shartnomasi xususida to‘xtalib o‘tish lozim. Ushbu bitim natijasida Qo‘qon xonligi
o‘zining amalda tashqi siyosatda ko‘pgina huquqlaridan mahrum bo‘lishini anglatar edi.
Mazkur bitim xususida bir qancha tadqiqotchilar to‘xtalib o‘tishgan. Xususan, H.Bobobekov
bitimni ilmiy tahlil etib, “Qo‘qonning Rossiyadan savdo qaramligi, ayniqsa, Turkiston general-
gubernatorligi bilan 1868-yilda imzolangan savdo bitimida yaqqol namoyon bo‘ldi”,- deb
to‘gri xulosa chiqaradi. H.Ziyoyevning “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi
kurash” nomli monografiyasida ham ushbu bitimning 5ta bandi misol tariqasida keltirib,
ushbu bitim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, uning imzolanishi Qo‘qon xonligining siyosiy
jihatdan ham Rossiya imperiyasiga qaram bo‘lib qolganini ta’kidlaydi
4
. Mavzu doirasida
tadqiqot olib borgan ko‘plab tarixchilarning ishlarida ushbu savdo bitimining tahlil etilishi
aynan yuqoridagi ilmiy xulosalarga tayangan holda keltirilgan. Z.Madrahimov esa o‘z
tadqiqot ishida mazkur bitim natijasida xonlikda xorijlik savdogarlarning erkinligi
cheklanganligi, xususan, oldinlari anchayin bozori chaqqon hisoblangan, ayniqsa, hind
savdogarlari endilikda turli xil to‘siqqa uchray boshlaganlarini, bundan maqsad esa rus
mollari sotuvining sun’iy ravishda ko‘payishiga erishish edi, deb ta’kidlaydi
5
. Bizga ma'lumki,
O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga asosiy sabablaridan
biri o‘sha davrdagi siyosiy qarama-qarshiliklar bo‘lsa, keyingi sabab sifatida ko‘riladigan lekin
asosiy maqsad qilib qaralgan omil ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. Ya’ni, o‘sha
davrda Rossiya imperiyasi rivojlanish jihatidan Yevropaning rivojlangan davlatlaridan
(Angliya, Fransiya, Germaniya) sanoat, ishlab chiqarish va iqtisodiyot jihatidan ortda qolib
1
O‘sha asar. 110 - 125 - бетлар.
2
Худойқулов Т.Д. XIX асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаёти. Тарих
фан. номз.... дисс. Тошкент, 2009. 194 б.
3
Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. номз.... дисс. Наманган, 2009. 188
б.
4
Зиёев Ҳ. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш (XVIII-XX аср бошлари)
Тошкент: Шарқ, 1998. 206
-б.
5
Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. номз.... дисс. Наманган, 2009. 112–
б.
230
Do'stlaringiz bilan baham: |