TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
transformatsiyasi: Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda
Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot va raqamli iqtisodiyot bо‘yicha mutaxassislar V.Pak va
K.Muhamadxanovalarlar ishtirok etib, ushbu yо‘nalishda amalga oshirilgan oxirgi
tadqiqotlar va yutuqlar bilan о‘rtoqlashdilar. Hozirgi davrda jahonning kо‘plab davlatlari,
jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Fransiya, AQSH kabi rivojlangan davlatlarda ham
raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellekt borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
О‘zbekiston ham aynan shu yо‘nalishni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, davlat siyosati
darajasiga kо‘tardi. О‘zbekiston Respublikasida 2020-yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot
yili” deb e’lon qilingani ham buning dalilidir. О‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga paxta tolasi,
qimmatbaho toshlar, qora metallar, volfram va ulardan yasalgan buyumlar eksport qilinsa,
Buyuk Britaniyadan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qand-shakar va qandolat
mahsulotlari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar mineral yoqilg‘i, farmatsevtika
mahsulotlari, shu jumladan, dori-darmon, qog‘oz va karton, mebel, optik priborlar va
apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari
import qilinadi
1
. Hozirgi paytda Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur bir qancha firmalari
va banklari respublikada faoliyat kо‘rsatmoqda. Toshkentdagi “Ren Kseroks”, “Lonro”,
“Devenport treyding and invest menje LTD”, “Meredim Jons” va “Kvik stop shoping” kabi
firmalar shular jumlasidandir. Toshkentdagi “Lonro Motors” qо‘shma korxonasi
avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda, “Meridim Jons” esa
О‘zbekistonda paxta tolasini tayyorlashdan tortib, undan tayyor mahsulot tayyorlash
loyihalarini taklif etgan. “Barklayz Bank”, “Net vest bank”lari mamlakatda neftni qayta
ishlash va yengil sanoatni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan ish olib bormoqda.
О‘zbekiston tabiiy qazilmalarga boy hududlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda respublika
rahbariyati ushbu boyliklardan xalq farovonligini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘lida
foydalanishni maqsad qilib qо‘ygan. 1994-yil oktabr oyining о‘rtalarida Londondagi
qimmatbaho toshlar bozori uyushmasi Navoiy shahridagi oltinni qayta ishlash zavodi
mahsulotlariga yuqori baho berganini e’lon qildi. 1994-yil iyunida Buyuk Britaniyaning
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bо‘yicha dunyoda yetakchi о‘rinni egallab turgan “BAT
indastriz” korporatsiyasi О‘zbekistonda tamaki ishlab chiqaradigan qо‘shma korxona
ochishga kelishib, qisqa muddatda u foydalanishga topshirildi. “О‘zbekiston havo yо‘llari”
milliy aviakompaniyasi uchuvchilari boshqarayotgan “A–310 yevroaerobusi” Toshkentdan
Londonga muntazam qatnay boshlagach, nafaqat ikki davlat о‘rtasidagi aloqalarga, balki
Osiyo–Yevropa hamkorligining rivojiga ham munosib hissa qо‘shmoqda. 1994-yil noyabrida
Buyuk Britaniyaning Manchester shahri bilan Toshkent о‘rtasida samolyot qatnovi yо‘lga
qо‘yildi. Buyuk Britaniyaning “Bat indastriz ils” korporatsiyasi 1995-yil 15- dekabrda
Samarqandda yangi tamaki fabrikasini qurish va Toshkentdagi tamaki ishlab chiqaruvchi
korxonani modernizatsiyalash bо‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi
2
. Ta’lim sohasidagi
aloqalarda Buyuk Britaniya Kengashi unumli ishlar qilmoqda. Buyuk Britaniya hukumati
qoshida faoliyat kо‘rsatayogan mazkur tashkilot jahonning 90ta mamlakatida о‘z
vakolatxonasiga ega.
1
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”,
2005. – Б. 164.
2
Президент ҳузурида қабул // Халқ сўзи. – 1995. – 15 декабрь.
225
Do'stlaringiz bilan baham: |