TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Qissada ramziy ifodalar serob. Tadqiqotchi F.Radjapova mazkur qissa tahlili asosida
N.Eshonqul o‘z ijod manerasiga ko‘ra ramziylikka moyil adib ekanini ta’kidlaydi. O‘z
tahlillarini: “Tun panjaralari” qissasi ramzlar, poetik ko‘chimlar nisbatan keng qo‘llanilgan,
hayotning turfa manzaralari falsafiy-badiiy talqin etilgan asardir”
1
, degan xulosa bilan
yakunlaydi.
“Men”ning fikriy faoliyati, asosan, tunda boshlanadi. Buning sababi nimada? Tun
nimaning ramzi? Qissani o‘qigan o‘quvchida haqli ravishda shunday savollar tug‘iladi.
Aslida tun – qorong‘ulik, zulmat, g‘aflat, shuningdek, sokinlik, osoyishtalik ramzi
hamdir. Shu sababdan asar qahramoni faqat sokin tundagina baxt-baxtiqarolik, poklik-
tubanlik, vijdon-vijdonsizlik, umid-tushkunlik, orzu va armon, g‘ussa va quvonch, yalqovlik va
shijoat, xullas, odam va uning taqdir bitigi to‘g‘risida o‘y suradi. Qahramon “men”i ongida
kechayotgan fikriy mushohadalar orqali yozuvchi inson ruhiy olamini, o‘ziga xosligi va
murakkabligini tasvirlaydi. Inson – murakkab bir tilsim ekanligi ushbu qissada o‘z aksini
topgan.
Inson qalbi va umrining muayyan qismi hisoblangan “tun” metaforasi
orqali asl mohiyat sari qadam tashlaydi.
Asardagi tasvirlar Cho‘lponning XX asr boshlarida yaratgan tun poetik obrazini yodga
tushiradi. Zero, tun o‘ziga xos bo‘lgan barcha ko‘rguliklarni pinhon tutib turadigan qora
parda. “Barcha yovuzliklar, inson ma’naviyatiga xos kirdikorlar, inson umrining yorug‘
pallalarida ko‘rinmaydigan jihatlari shu qora parda bilan berkitilgan. Yozuvchi uni panjara
deb ataydi. Bu qissada inson uchun o‘qilgan o‘ziga xos hukm, xulosa ”
2
.
Asardagi Hosila obrazi men, sen va muhabbat timsolida ijodkor konsepsiyasini
ifodalovchi vosita sifatida keladi. Asar bir kechaning tasviri va falsafiy talqinidan iborat.
Qahramon nazdida tun nafaqat shaytoniy xislatlarni namoyon qiluvchi hodisa, ayni paytda
tunning ham o‘ziga xos gulzori, ulug‘vorligi va go‘zalligi ham bor. Ana shu ikki jihatiga ko‘ra
tun insonning o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qolib, his-tuyg‘ularini namoyon qilish maydoniga aylanadi.
Yozuvchi tunning ayni xususiyatini qahramon qalbida kechayotgan kechinmalar fonida
birlashtiradi va butun ulug‘vorligi bilan namoyon qiladi. O‘ttiz bir yoshli qahramon bir
kechada butun hayotini qayta yashaydi. Assotsiativ tasvir etilgan asar voqeligi jarayonida
ham insoniy tuyg‘ular, ham shaytoniy vasvasalar og‘ushida to‘lg‘onadi. Yozuvchi qalbi bir
vaqtlar yuragida cho‘g‘ bo‘lib ilingan muhabbat rishtalari bilan Senga intiladi. Senga intilish
asnosida bolalik xotiralari yodga tushadi. Yozuvchi Senning dastlabki suratini yetti-sakkiz
yasharlik bola paytida his etadi. Bu bolaligida momosiga qo‘shilib ro‘za tutganda, kuni bilan
och yurishga chiday olmay oyisi bergan qaynatilgan tuxumni molxonaga kirib yashirincha
yeyishlari tasvirida aks etadi. O‘sha kezlarda molxona tirqishidan tushayotgan ignadek yorug‘
nur bola nazarida uning qilmishini kuzatib, fosh qiluvchi qudratli kuch sifatida namoyon
bo‘ladi. Shu bir tutam yorug‘ nur asarning asosiy leytmotivini tashkil etuvchi, Sen darajasiga
ko‘tarilib asarda osmon-u falakda kezuvchi Sen bilan kundalik hayotida yonma-yon yurib
yo‘ldan ozdirishga urinayotgan shayton timsollariga munosabat tarzida aks ettiriladi.
Umuman olganda, N.Eshonqulning shu turkumga mansub asarlarining aksariyatida shayton,
iblis obrazlari ko‘p uchraydi. Shayton obrazi yo‘ldan uruvchi, gunoh ishlarga boshlovchi
sifatida keladi. Qissada shayton uning dastlabki asarlarini tan olmagan muharrir yoki
bo‘lmasa unda-bunda ilk sevgilisi Hosilaning yonida pak-pakana yarashiqsiz bo‘lib hamrohlik
1
Раджапова Ф. Истиқлол даври ўзбек қиссачилигида услуб ва поэтик тил: Филол. фанлари бўйича
фалсафа доктори (Ph D) дисс. автореферати –
Т ., 2018. – Б. 17.
2
Эшонқул Н. Мендан “Мен”гача . – Тошкент: Akademnashr, 2014. – Б. 113.
236
Do'stlaringiz bilan baham: |