TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
darajada badiiy ifodalashga urinadi. Uchinchi va so‘nggi bosqich – bu ijodiy o‘qish
bosqichidir. Bu bosqichda yozuvchi bir yo‘la ikki vazifani bajarishiga to‘g‘ri keladi: muallif va
o‘quvchi vazifasini. Agar bu bosqichda yozuvchi o‘quvchi darajasiga tushib fikrlamasa, o‘z
asariga nisbatan tanqidiy, obyektiv yondashishi qiyin kechadi. O‘quvchi nigohi bilan qarar
ekan o‘z kamchiliklarini ko‘radi. Bu jarayonda butun boshli jumlalar, so‘zlar, personajlar,
hatto bir butun motivlar-u badiiy manzaralardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelishi
ehtimoldan holi emas. Demak, ijodkorda ijodning uch bosqichi doimiy tarzda davom etib
turadi. Ijod kayfiyatidagi yozuvchi olam va odamlarni ijodkor nigohi bilan kuzatadi. O‘z
asarlari syujetini, obrazlarni, detallar va metaforalarni xotirasida saqlashga harakat qiladi.
Yozish jarayonida ijodining kulminatsion nuqtasiga chiqsa, qayta o‘qish jarayonida
munaqqid, adabiy taftishchiga aylanadi. Haqiqiy ijodkor, bizningcha, kamdan-kam
holatlardagina oddiy odam bo‘lib yashaydi.
Muallif ijodni yaratuvchanlik bilan bog‘lar
ekan, ijod va ijodkorlik haqida ham o‘ziga xos qarashlarni ilgari suradi. Ijodni ilohiy hodisa
deb bilgan muallif, uni mavjudlik falsafasi bilan bog‘laydi. Ijodni yozuvchi “men”ini, mustaqil
“men” mavjudligining tan oldirish vositasi deb biladi. N.Eshonqul ta’rificha, chin ijod
zo‘ravonlik, johiliyat, zulmatga qarshi isyondir.
Ko‘rinib turibdiki, N.Eshonqul ijodni inson ruhini tanazzuldan qutqaruvchi vosita deb
biladi. Masalan, adib sho‘ro davri siyosatining yozuvchi shaxsini mahv etishga qaratilgan
mafkurasi haqida fikrlar ekan, shaxssizlik oqibatini vayrona qilingan shahar tarzida
ramzlashtiradi. Uni ko‘ngil xarobalari deb ataydi. “Shaxs yo‘q joyda biz hamisha ma’naviy
xarobalikka, turlanib-tuslanishlarga duch keldik”
1
.
Ushbu konsepsiya yozuvchining “Xaroba shahar surati” asarida xuddi rassom chizgan
suratdek hikoyaga ko‘chgan.
Yozuvchi va munaqqid Xurshid Do‘stmuhammad N.Eshonqul hikoyalarini tahlil qilar
ekan, ularda shaxs tushunchasi markaziy o‘rinda turishini e’tirof etib, shunday yozadi:
“N.Eshonqul o‘z qahramonlari dunyoqarashini shaxs va jamiyat, shaxs va o‘tmish, shaxs va
muhit munosabatlarini ochiq-oshkora tahlil etish yo‘li bilan gavdalantiradi”
2
. Darhaqiqat,
N.Eshonqul qahramonlari o‘tmish, bugun va kelajakdan iborat zamon-makonlar ichra
o‘zligini qidirayotgan, nainki shaxsiy o‘zligi, hatto milliy hamda umuminsoniy o‘zlik tomon
intilayotgan murakkab obrazlardir. Ularning maishiy makonlar ichra xonanishin
qahramonlari ham umuminsoniy dard bilan qorishib istiqomat qiladilar. Bayna momo kabi
qasos va yolg‘izlik iztirobi og‘ushida yonib kul bo‘ladilar. Shu tariqa jahoniy poetik obrazlar
(G.Markes, Robeka) maqomiga ko‘tariladi.
“Shaxs sifatida o‘zini, davrini, zamonini muttasil mushohada chig‘irig‘idan o‘tkazishga
moyillik – intellektual qahramonlar obrazini yaratish N.Eshonqul hikoyalarining o‘ziga
xosligini tashkil etadi”, – deb fikrini davom ettiradi X.Do‘stmuhammad. “Adibning qaysi
hikoyasini tahlil etmaylik sujet qurilmasi, konflikt, ohang – barchasi o‘ychan va
sermushohada nasr namunasi ekanini ko‘ramiz. Ularda voqealar, taqdirlar, personajlar
ko‘lami emas, qahramon qalbi shuurida kechayotgan o‘y-mushohadalarning tahlili birinchi
planga chiqadi. Voqealarning, to‘qnashuvlarning o‘zi emas, ulardan qolgan kechinmalar
tadqiq obyektiga aylanadi”
3
. Tanqidchi bu fikrlarni N.Eshonqulning “Tobut”, “Muolaja”,
1
Эшонқул Н. Ўша асар. – Б. 8.
2
Досмуҳамедов Х. Ҳозирги ўзбек ҳикоячилигида бадиий тафаккурнинг янгиланиши. (80
-йилларнинг
иккинчи ярми ва 80
-йилларнинг аввалидаги ҳикоялар мисолида): Филол. фанлари номзоди... дисс. –
Тошкент:
- 1995. – Б.32
3
Досмуҳамедов Х. Шу манба. –
Т .: 1995. – Б.31-90.
234
Do'stlaringiz bilan baham: |