TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Ключевые
слова:
компетентность,
конструкторско-технологическая
деятельность, мотивационно-ценностный, деятельностно-творческий, операционно-
технологический, рефлексивно-оценочный.
STRUCTURAL COMPONENTS OF TRAINING FUTURE TEACHERS OF PROFESSIONAL
EDUCATION FOR DESIGN AND TECHNOLOGICAL ACTIVITIES
Rajapova S. – PhD student of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
This article outlines the structural components of the components
(motivational and value, activity and creative, operational and technological, reflexive and
evaluative) of future teachers of vocational training in design and
technological activities
Keywords:
competence, design and technological activities, value motivation, creative
and operational, operational and technological, reflexive-evaluative.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kerakli bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, o‘z
bilimlarini doimiy oshirib borishga kasbiy pedagogik kompetentlikka intilish (uzluksiz ta’lim)
va bo‘lajak kasbiy faoliyatda ularni ijodiy qo‘llash bo‘lajak
pedagog shaxsining kasbiy
kompetentligini rivojlantirish imkonini beradi.
Zamonaviy pedagogikada M.I.Dyachenko va L.A.Kandibovichlarning faoliyatga
tayyorgarlik konsepsiyasi eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ular tayyorgarlikni shaxsiy muhim
sifat sifatida belgilaydilar. Bunda tayyorgarlik ma’lum bir yaxlitlikni o‘z ichiga oladi va
quyidagi komponentlar: motivatsion (kasbga
ijobiy munosabat, unga qiziqish va boshqa
barqaror kasbiy motivlar); yo‘nalganlik (kasbiy faoliyat shart-sharoitlari va o‘ziga xos
xususiyatlari haqida bilim va tasavvurlar); operatsion (kasbiy faoliyat yo‘llari va usullari,
zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar, tahlil jarayonlari, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va
boshqalarni bilish); irodali (o‘z-o‘zini
nazorat qilish, mehnat vazifalarini bajarish bo‘yicha o‘z
faoliyatini boshqara olish); baholash (o‘zining kasbiy tayyorgarligini va optimal mehnat
namunalarining kasbiy vazifalarini bajarish jarayoniga mosligini baholash);
1
. Amaliy faoliyat
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ushbu komponentlar kasbiy muhim, maqsadga yo‘naltirilgan,
yaxlit chora-tadbirlar majmuyini talab qiladi.
Psixologik va pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, biz bo‘lajak o‘qituvchilarni
konstruktorlik-texnologik faoliyatga tayyorlashning quyidagi tarkibiy komponentlarini ishlab
chiqdik va amaliyotga joriy qildik:
motivatsion-qadriyatli; ijodiy-faoliyatli; konstruktiv,
operatsion va texnologik; refleksif-baholash komponentlari.
Konstruktorlik – texnologik faoliyatga tayyorgarlik komponentlarining shakllanganligi
kasbiy kompetentlikni o‘zlashtirish va tayyorgarlik holatini ta’minlaydi. Biz bo‘lajak
o‘qituvchilarni konstruktorlik – texnologik faoliyatga tayyorgarligining
tuzilmaviy
komponentlarini aniqladik va 1-jadvalda ko‘rsatib o‘tdik.
1
Дьяченко, М.И., Психологические проблемы готовности к деятельности [Текст] / М.И. Дьяченко, Л.А.
Кандыбович. –
Минск: Изд-во БГУ, 1976. – С. 41.
109