TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
1-jadval
Bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktorlik – texnologik faoliyatga tayyorgarligining
tuzilmaviy komponentlari
Mezonlar
Konstruktorlik - texnologik faoliyatga tayyorgarlik
ko‘rsatkichlari
Motivatsion –
qadriyatli (talablar,
motivlar, qadriyatlar
va shaxsiy sifatlar)
1. Dizayn sohasida bo‘lajak kasbiy faoliyatning o‘ziga xosligi va
ijtimoiy ahamiyatini tushunish.
2.
Kelajakdagi
kasbiy
faoliyat
uchun
zarur
bo‘lgan
kompetentliklarni egallash uchun motivatsiyaning shakllanganligi.
3. Konstruktorlik-texnologik faoliyatiga qiziqishning mavjudligi.
4. Konstruktorlik-texnologik faoliyatga ijobiy va hissiy munosabat.
5. Qadriyatli munosabat va shakllangan kasbiy sifatlar: ijodkorlik,
kompetentlik, harakatlilik, kirishuvchanlik, bilimdonlik.
6. Shakllangan shaxsiy fazilatlar: ta’lim olish, o‘z-o‘zini
rivojlantirishga intilish, konstruktorlik-texnologik faoliyatda o‘z-
o‘zini tasdiqlash.
7. Konstruktorlik-texnologik faoliyatda (portfolio) individual va
shaxsiy talablarning namoyon bo‘lishi.
Ijodiy – faoliyatli
(konstruktorlik-
texnologik faoliyatda
ko‘nikma va
malakalardan
ijodkorona
foydalanish tajribasi)
1.
O‘zini konstruktorlik-texnologik faoliyatning ijodiy subyekti
sifatida anglashi.
2.
Konstruktorlik-texnologik faoliyatda kasbiy muammolarni
ijodiy hal qilish qobiliyati.
3.
Badiiy dizayn uchun original portfolio ishlab chiqish, g‘oyalar
yaratish, original yechimlarni taqdim etish qobiliyati.
4.
Tadqiqot va loyiha ishlarini mustaqil tashkil etish va
rejalashtirish qobiliyati.
5.
Yakuniy natijani oldindan taxmin qilish qobiliyati.
6.
Konstruktorlik-texnologik faoliyatni tashkil etish uchun
innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash qobiliyati.
7.
Ijodiy jamoada ishlash bilan bog‘liq muloqot ko‘nikmalarining
shakllanganligi.
8.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llay olish.
Operatsion –
texnologik
(konstruktorlik –
texnologik bilim,
ko‘nikma va
kompetentlik)
1. Konstruktorlik - grafik ko‘nikmalar va vositalarni ijodiy egallash.
2. Loyihalangan obyektga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, tarixiy va
zamonaviy yo‘nalish, iste’molchilarning sifat ko‘rsatkichlarini
aniqlash.
3. Yangi mahsulotni ishlab chiqishning turli bosqichlarida turli
axborot manbalarini aniqlash va tahlil qilish qobiliyati.
4. Iste’molchi xususiyatlari va estetik sifatlarini yuqori darajada
ta’minlashni e’tiborga olgan holda buyumlarni loyihalash,
konstruksiyalash, modellashtirish, tayyorlash qobiliyati.
5. Ijodiy fikrni (for-eskiz, ijodiy eskiz, ishchi eskizlar) namoyish
qilish uchun eskizlarni taqdim etish va ishlatish qobiliyati.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |