Ключевые слова:
непрерывное повышение квалификации, смешанное обучение
(Blended Learning) и технология обучения на протяжении жизни (life-long learning, LLL),
самостоятельное повышение квалификации, профессиональная компетентность и
профессиональная способность учителя, общая и профессиональная культура.
THE CONTINUOUS EDUCATION IN PUBLIC EDUCATION PERSONNEL AND ITS
ORGANIZATIONAL SIDES
Shodiyeva M. - The head of the Department of the Qashkadarya Regional Center for
Retraining and Advanced Training of Public Education Workers, Doctor of Philosophy in
pedagogical sciences, PhD
Annotation:
In this article organizational sides of activating and supporting teachers’
needs for regular qualification development and their self-development, forming and
increasing personal qualities playing important professional role for professor-teachers in
the continuous qualification development process is widely enlightened.
Keywords:
continuous qualification development, Blended Learning and life-long
learning, LLL technologies, self- development of qualification, professional competence and
skill of the teacher.
Dunyoda ta’lim tizimini axborotlashtirish sharoitida qayta tayyorlash va malaka
oshirish jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga motivatsiyani oshirish, masofadan
o‘qitishning psixologik-androgogik jihatlarini aniqlashtirish kabi vazifalarni hal qilish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shunga muvofiq kurslarning o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, ularni
innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish, pedagogik shart-sharoitlar yaratish hamda
62
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishda aralash ta’lim (Blended Learning) va hayot
davomidagi ta’lim (life-long learning, LLL) texnologiyalarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi.
Mazkur vazifalarni davriy malaka oshirish kurslari bilan birgalikda, mustaqil ta’lim orqali
uzluksiz malaka oshirish shakllarini joriy qilish asosida bajarish mumkin. Bunda o‘z navbatida
“masofaviy malaka oshirish” tushunchasidan “kasbiy faoliyat davomida uzluksiz masofaviy
malaka oshirish” tushunchasiga o‘tish lozimligi ko‘rinadi
1
.
Mavjud holatning tahlili shuni ko‘rsatdiki, pedagogning maktabda va keyinchalik oliy
o‘quv yurtida olgan bilim, ko‘nikma va malakalari, shuningdek, hatto malaka oshirish davrida
egallagan ko‘nikma va malakalari ham kasbiy hamda umummadaniy bilimlilik darajasini
yangilash va kengaytirishni to‘la qoplay olmaydi. Bu esa uzluksiz malaka oshirish ehtiyojini
yuzaga keltiradi.Katta yoshdagi insonlarga nisbatan uzluksiz ta’lim deganda “ham umumiy
va maxsus o‘quv muassasalarining istalgan turi, ham shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish
vositasi sifatida bilim va malakalarini takomillashtirish va unga ega bo‘lishdagi
tizimlashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni tushunmoq zarur.
Quyidagilar uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amalga oshirishning umumiy tamoyillarini
shakllantirishga imkon yaratuvchi muayyan bir vazifani bajarilishi tushuniladi
2
:
1.
Maqsadga yo‘naltirilganlik, u, asosan, uslubiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, insonning
tabiiy rivojlanishini differensiyalash va uning rivojlanishi bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyati uchun zarur bo‘lib, uzluksiz ta’lim mazmuni asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’lim
tizimi chegaralarini asoslashga xizmat qiladi.
2.
Ta’limga individual yondashuv har bir insonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda nafaqat alohida yondashuv va ta’lim uslublari, balki ta’lim mazmunining
individualligini talab etadi.
3.
Uzluksiz ta’lim alohida shaxsga nisbatan qo‘llaniladi va unga individual ta’lim
trayektoriyasini tanlash imkoniyatining berilishini ko‘zda tutadi.
4.
Uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amaliy jihatdan amalga oshirishning tizimliligi uzluksiz
ta’lim tizimini yaratish, tashkiliy tamoyillar va uning tuzilishida tizimiy yondashuv asosini
anglatadi.
5.
Uzluksiz malaka oshirish jarayonlari – xalq ta’limi xodimlarini o‘z sohasi bo‘yicha fan
va texnologiya yutuqlari, yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish asosida kasbiy va
pedagogik mahoratini, o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning
innovatsion metodlaridan foydalanish bo‘yicha ularning kasbiy bilimlari, malaka va
ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirib borish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish
bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari, sayyor malaka oshirish, o‘quv seminarlari, seminar-
treninglar, ochiq darslar, o‘zaro dars kuzatishlar, fan kechalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar
tashkil etish, ilmiy-metodik mahsulotlar tayyorlash, shuningdek, malaka oshirish
muassasalaridagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda masofadan malaka oshirish
jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
1
Ibraymov A.Y. Umumta’lim maktabi fizika о‘qituvchilari masofaviy malaka oshirishlarining ilmiy
-metodik
asoslarini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori diss. –
T, 2017. – 163 b.
2
Jо‘rayev R., Yuldashev M., Rahmonqulova N., Bahromov A., Zokirov A. Pedagog kadrlar malakasini uzluksiz
oshirish mexanizmini takomillashtirish. О‘quv
-metodik qо‘llanma. –Toshkent.: Adabiyot uchqunlari, 2014, –160
b.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |