TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
pedogogikasi sohasi o‘z o‘rnini allaqachon topib olganiga shohid bo‘lamiz. Ta’lim tizimi
sohasi bo‘yicha mashhur amerikalik mutaxassis Gregori Ramsey “maktab va muzey
jamiyatga ajdodlar “hududi” sifatida qaytishi kerak deb ta’kidlab, bu zamonaviy dunyo
kattalar uchun bunyod etilgan bo‘lib, unda bolalar uchun joy yo‘q”
1
- degan edi.
O‘quvchilarga maktabda emas, balki aynan muzey ekspozitsiyalarida dars o‘tilishi ko‘proq
ijobiy natijalarni bermoqda. Muzey bu o‘qituvchi va o‘quvchini ijodiy hamkorligi, u yillar
davomida ular o‘rtasidagi aloqani mustahkamlab keluvchi maskan hisoblanadi. O‘qituvchilar
muzey orqali yosh avlodni borliqqa va dunyodagi voqealarga nisbatan e’tiborli va ma’suliyatli
bo‘lishga o‘rgatadi
2
. Muzeylarni ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida YUNESKO tomonidan
ishlab chiqilgan “Meros va dialog”, “Muzeylarni qo‘llab-qo‘vvatlashda global hamkorlik” kabi
yo‘nalishlarida hayotdagi muhim hamkor bo‘lgan muzey va u bilan bog‘liq bo‘lgan
muassasalarning madaniy siyosatni singdirishda mustahkam rivojlanish hamda xalqaro
madaniy dialog va ijtimoiy birlikni shakllantirishda yangi qarashlarni rivojlantirishga katta
e’tibor berilgan
3
. Bugun muzey pedogogikasining oldida turgan vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib,
tashrifchilarni muzey maskanidagi namoyish qilinayotgan voqea va hodisalarni his etishga,
eshitishga, mulohaza qilishga va saboq olishga o‘rgatadi. Muzey o‘quvchilarga nafaqat turli
hodisa va voqealarning sabablari va tartiblari haqida bilimlarni berish, balki uni xotirada
saqlash bilan bir qatorda, savollarga mustaqil ravishda javob topishga o‘rgatadi
4
. Hozirgi
kunda o‘quvchilarga ta’lim berish o‘qituvchidan o‘z ustida izlanishlar olib borishni va
pedagogik mahoratini shakllantirishni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan pedagogik
qobiliyatining yuqori darajada bo‘lishini so‘raydi. O‘qituvchi mavzuning maqsadiga qarab,
ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o‘z o‘rnida foydalaniladi. O‘qitish usullari
har ikkala faoliyatning o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga
bog‘liq. Metodlar o‘quvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab
tanlanadi:
O‘qitishning bosma matn ustida ishlash metodi. Demak, o‘qituvchi o‘qitishning bosma
matn ustida ishlash metodining vosita va usulini aniqlab olishi lozim bo‘ladi. Metodning
vositasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: darslik, xrestomatiya, qo‘shimcha adabiyotlar. Ushbu
vositalar o‘qituvchining darsga maqsadning qanday darajada qo‘yilganligini ko‘rsatib beradi.
Usullar quyidagicha bo‘lishi mumkin: hujjatlarni tahlil qilish, asosiy tushunchalarni yozib
olish, murakkab tushunchalar ustida ishlash, ma’lumotlarni umumlashtirish. Bu usullar ta’lim
va muzey pedagogikasi hamkorligida muhim degan fikrdamiz.
O‘qitishning og‘zaki metodi. O‘qitishning og‘zaki metodi O‘qitishning ko‘rgazmali
metodi. Ko‘rsatmalilik deganda, avvalo, o‘qitish va tarixiy bilimlarni o‘rganishning
ko‘rsatmali usuli, o‘qituvchi bayonining manbai va uning ko‘rsatmali bo‘lishi, uning
o‘quvchilardagi aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o‘quv vositasi materialini bayon qilish
1
Бонами З.А. Музей-образование-дети. //Музейная педогогика за рубежом//. М.1977. – Б.5.
2
Роль музея в формировании ценностного отношения к историко-культурному и природному наследию
региона, страны. garnett.ru
3
МФГС «Управление музеем – XXI век» по проведению регионального тематического тренинга
ЮНЕСКО/ИКОМ и первой экспертной встречи «Роль музеев в образовании и развитии культурно
-
познавательного туризма» (18
-22 октября 2011, Киев, Украина)
4
Moziydan sado (Илмий-амалий, маънавий-маърифий журнал) 1.(61).2014. –Б.19.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |