TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilida morfemalarning etimologiyasi va hozirgacha
morfologik jihatdan qanday o‘zgarishlarga uchragani chuqur o‘rganilmagan.
Bu masalani o‘rganish katta ilmiy qiymatga ega. Chunki, o‘zbek tilidagi so‘z asosi bilan
so‘z formasini aniq chegaralashda ko‘pgina noqulayliklar mavjud.
So‘z tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni semantik-fonetik hodisa deb asoslash
turkiyshunoslikda, xususan, oltoy tilshunosligida O.P.Sunik, A.N.Kononov, A.G‘.G‘ulomov,
E.V.Sevortiyan, V.A.Avronin, T.A.Bertagayev, G.F.Blagova va I.V.Kormushin kabi olimlarning
ishlarida uchraydi. O‘zbek tili morfemikasining diaxron va sinxron o‘zgarishlari haqida
A.G‘ulomov, A.Berdialiyev, Y.Tojiyev, A.Nurmonov, Sh.Mirzaqulov, T.Mirzaqulov, A.O‘rolov
va Sh.Rahmatullayev kabi olimlarning qarashlari mavjud. O‘zbek tilida so‘z tarkibining
sinxron va diaxron o‘zgarishi bo‘yicha, ayniqsa, A.Hojiyevning xizmatlari beqiyosdir.
1
Til ichki
o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan bu jarayon tilshunoslik tarixida V.V.Radlov tomonidan
giperaglyutinatsiya, N.V.Krushevskiy tomonidan morfologik absorbatsiya hamda
pereintegratsiya, V.A.Bogorodskiy tomonidan soddalanish hamda morfologik qayta
bo‘linish, E.Sepir va A.N.Kononov tomonidan fuziya atamalari bilan nomlanib keladi. Bular
orasidan soddalanish hodisasida morfemalarning yangi birlik tarkibiga zich birikib ketishi,
to‘g‘ridan to‘g‘ri qismlarga ajralishning mumkin emasligi, morfemalar orasidagi chegara
signallarining yo‘qolishi kabi holatlar kuzatiladi.
2
Soddalanish qismlarga ajraladigan
so‘zlarning davrlar o‘tishi bilan qismlarga ajralmaydigan so‘zga aylanishidir.
3
V.V.Radlovning fikricha, “So‘z uzaygan sari qisqarishga intiladi”.
4
U 1906-yilda nemis
tilida e’lon qilingan “Turkiy tillar morfologiyasiga kirish” nomli maqolasida so‘z tarkibida
morfemalararo yuz beruvchi jarayonlarni giperaglyutinatsiya deb nomlaydi. Bu jarayonda
morfemalararo tutashtiruvchi unlining paydo bo‘lishi, ikki o‘zaro duch kelgan unlining qisqa
yoki cho‘ziq unliga aylanishi, bir unlining tushib qolishi, talaffuz noqulayligini yo‘qotish
maqsadida bir undoshning orttirilishi, o‘zak yoki qo‘shimcha tarkibidagi jarangsiz undoshni
jarangliga aylantirish, o‘zak oxirining affiksal morfemadagi tovush bilan assimilyatsiyasi kabi
qator hodisalar yuz beradi.
Оdаtdа, so‘zlаrni mоrfеmаlаrgа аjrаtishdа, аsоsаn, uning аdаbiy tildа аnglаtgаn
mа’nоlаri vа grаmmаtik хususiyatlаri hisоbgа оlinаdi. Bа’zi so‘zlаr tarixan yasalmalik
xususiyatini yo‘qotib, bоrа-bоrа turli sаbаblаr nаtijаsidа morfemalarga аjrаlmаydigan tub
so‘zgа аylаngаn.
Professor A.G‘ulomov o‘zbek tili va turkiy tillar misolida tilning morfemik sathlarida
uchraydigan nomutanosiblikni diaxron va sinxron nuqtayi nazardan tadqiq etgan olimlardan
hisoblanadi. Morfem analizda tarixiylik va hozirgi holat masalasini aniq chegaralay bilish
kerak. Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan u turli xil o‘zgarishlarga uchrashi, ikki morfemadan
tashkil topgan so‘z endi bir morfema sifatida qaralishi, ya’ni o‘zak va affiks o‘rtasidagi
chegara yo‘qolib, yangi bir o‘zak hosil bo‘lishi mumkin.
Hozirgi o‘zbek tilida morfem jihatdan tarkibiy qismlarga ajralmaydigan so‘zlar tuzilishi
jihatidan tub so‘z sifatida qaraladi. Bunday so‘zlarning ko‘pchiligini, haqiqatan ham,
etimologik tahlil qilish orqali tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Chunki, ularning o‘zak qismi
1
O‘rolov A. O‘zbek tili morfem qurilishida struktura assimmetriya masalalari. magistr darajasini oshirish uchun
tayyorlangan dissertatsiya. –Guliston: 2009. –B. 19.
2
Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. –Toshkent, Fan
nashriyoti, 2010. –B. 43.
3
Ғуломов A. ва бошқалар. Ўзбек тили морфем луғати. –Toshkent: 1977. –B. 9.
4
O‘rolov A. O‘zbek tili morfemikasining tarixiy jarayonlarini o‘rganishda lingvistik kompetentlik. // Xalq ta’limi.
240
Do'stlaringiz bilan baham: |